16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:45
Iqtisodiyot 👁 1,602

Isteʼmolchilik madaniyati — halollik va farovonlik sari yoʻldir

Isteʼmolchilik madaniyati — halollik va farovonlik sari yoʻldir

Mamlakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Asosiy Qomusimiz — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham iqtisodiy faoliyatda davlat isteʼmolchilar huquqi ustunligini hisobga olishi kafolatlab qoʻyilgan. Shuningdek, 1996-yilning 26-aprel sanasida bu boradagi yaxlit huquqiy hujjat — “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Bugungi kunda zamon taraqqiyoti bilan yangi ish, xizmatlar va tovarlarning yangi turlari paydo boʻlishi isteʼmolchilarning turli sohalar boʻyicha huquqlarini samarali himoya qilishni, bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shunga muvofiq mavjud qonunchilikka oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, isteʼmolchi va sotuvchi, ishlab chiqaruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarga ustuvorlik berilib, shartnoma hujjatlariga isteʼmolchilarning huquqlarini kamsitadigan shartlar kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik talablari kiritilgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tizimidagi Amudaryo tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan sohaga oid qonunchilik hujjatlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati yuzasidan amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari tufayli tuman hududida isteʼmolchilar huquqlari buzilishining oldi olinib, bu boradagi muammoli masalalar joylarda ijobiy hal etilmoqda.

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan uchrashuvda taʼkidlanganidek, 2025-yil davomida isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilish maqsadida jamiyat tomonidan tumandagi ovul va mahallalarda faoliyat olib boruvchi “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamda korxona va tashkilotlar hamkorligida 4 ta tayanch guruhi tashkil etilib, ular tarkibidagi koʻngilli aʼzolar soni 2000 nafarga yetkazildi. Ushbu tayanch guruhlari tomonidan tumanning barcha hududlarida “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan isteʼmolchilarga keng tushunchalar berilib, huquqiy savodxonlik mashgʻulotlari olib borildi. “Yuksak isteʼmol madaniyati sari”, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda qonun ustuvorligi” mavzularida tumanning 35 ta hududidagi ovul va mahallalarida davra suhbatlari tashkil etilib, ularga barcha yosh toifalaridagi isteʼmolchilar qamrab olindi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan nazorat tadbirlarida aholining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu sababli aholi gavjum joylarda tushuntirish-targʻibot ishlari tashkil qilinmoqda. Bozorlar va boshqa jamoat joylarida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda aholiga amaldagi qonunchilik va isteʼmolchilarning qonun bilan kafolatlangan huquqlari haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Jamiyat tomonidan 2025-yil davomida tumanning 6 ta mahallasida jamoatchilik tartibida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida rasmiylashtirilgan isteʼmolchilar huquqlari buzilishi bilan bogʻliq maʼlumotlar zarur choralar koʻrish uchun tuman hokimligiga, nazorat qiluvchi organlarga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi markaziy apparatiga kiritildi.

“Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholining isteʼmolchi sifatidagi bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlar doirasida olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar natijasida Amudaryo tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan 26 ta murojaat joylariga chiqqan holda oʻrganilib, ularning barchasi ijobiy hal etildi va isteʼmolchilarga tegishli mablagʻlar undirib berildi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlari bilan ishlashda shaffoflik va samaradorlikni taʼminlash borasidagi ishlarni yanada yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlar nafaqat jamiyat aʼzolarining, balki har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir. Zero, isteʼmolchilik madaniyati — halollik va farovonlik sari yoʻldir.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026