16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:21
Fan va taʼlim 👁 258

Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkillashtirildi

Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkillashtirildi

Mamlakatimizda har bir voyaga yetayotgan oʻgʻil bolani harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbga yoʻnaltirish borasida barcha shart-sharoitlar, zarur imkoniyatlar yaratilgan. Aynan ana shu maqsadda mamlakatimizda bir necha yoʻnalishlardagi oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy akademik litseylar, maxsus ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat olib bormoqda.

Amudaryo tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabi binosida umumtaʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari orasidan harbiy sohaga qiziquvchi iqtidorli oʻquvchilarni Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyiga oʻqishga taklif qilish maqsadida mazkur akademik litseyning malakali mutaxassislari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda mazkur akademik litsey oʻqituvchilari va bir guruh oʻquvchilari, harbiy xizmatchilar hamda maktablarning chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari, shuningdek, 38-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ishtirokchilarga mamlakatimizda faoliyat olib boruvchi oliy harbiy bilim yurtlari va ularga qabul qilish tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyida oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim-tarbiya jarayonlari, nazariy va harbiy-amaliy mashgʻulotlar, sport-sogʻlomlashtirish ishlari jahon andozalari darajasida tashkil etilganligini alohida taʼkidlab, ayni paytda mazkur harbiy bilim yurtini tamomlab, mamlakatimizning turli hududlarida namunali xizmat qilayotgan harbiy zobitlar, taniqli qoʻmondonlar borligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Seminar-trening davomida mazkur harbiy akademik litsey faoliyati va Qurolli Kuchlar jangovarligi haqida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etilib, targʻibot bukletlari tarqatildi. Shuningdek, chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari hamda oʻquvchi-yoshlar tomonidan tushgan savollar doirasida ochiq muloqot tashkil etilib, barcha savollarga harbiy akademik litsey oʻqituvchilari batafsil javoblar berdilar.

Shu kunning oʻzida harbiy akademik litsey mutaxassislari tumandagi 16-, 40-, 55-, 76- va 82-sonli maktablarda ham boʻlishib, mazkur maktablarning 9-sinf oʻquvchilari bilan uchrashdilar. Biri-biridan qiziqarli taassurotlarga boy oʻtgan uchrashuv tadbirlarida harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi targʻibot-tashviqot suhbatlari olib borilib, 9-sinf bitiruvchilariga Qurolli Kuchlarimizning jangovar qudrati, ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbning masʼuliyati haqidagi tushunchalar berildi hamda maxsus bukletlar tarqatildi.

Bu kabi targʻibot tadbirlari chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ular qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019