16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Sport 👁 408

DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Sport va harbiy intizom — kelajak avlod poydevori” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Sport va harbiy intizom — kelajak avlod poydevori” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

Mamlakatimizda konstitutsiyaviy tuzum, huquq-tartibot va jamiyat xavfsizligini saqlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qodir boʻlgan yuksak madaniyatli, ijtimoiy faol, jismonan va aqlan yetuk, mustaqillik gʻoyalariga sadoqatli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta, kuchli va irodali, mard va jasur, elparvar yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda sportning ahamiyati katta. Shu bois, oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy yetukligini taʼminlash, ularni oʻzlari qiziqqan sport turlariga keng jalb qilish maqsadida mamlakat va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari bilan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining uchrashuvlari tashkil etilib, sportsevar yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 24-dekabr sanasida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Sport va harbiy intizom — kelajak avlod poydevori” mavzusida oʻtkazilgan tadbir ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Uchrashuvda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktablarda oʻqish bilan birga mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi turli sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikka erishgan yosh sportchilar ishtirok etdi. Mavzkur tadbir oʻquvchi-yoshlarni olimpiya sport turlari bilan shugʻullanishga, harbiy sport oʻyinlarida faol ishtirok etish orqali oʻz kuch va irodasini namoyon qilishga qaratilgan daʼvatkor ruhda oʻtgani bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuvda davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari, taniqli sportchi-yoshlar, tumandagi 36-sonli maktab oʻquvchilari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi Mirjahon Majidov soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularning qobiliyat va alohida iqtidorlarini yuzaga chiqarish, harbiy-vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan eʼtibor va ragʻbat xususida toʻxtalib oʻtdi. U oʻz nutqida sport tadbirlari hamda harbiy intizomning har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazishdagi ahamiyati xususida batafsil soʻz yuritib, tadbir ishtirokchilarini muntazam ravishda biror bir sport turi bilan shugʻullanishga daʼvat etdi.

Uchrashuv tadbiri davomida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi, turli darajadagi harbiy sport musobaqalari sovrindori Umarbek Norboyev soʻzga chiqib, oʻz hayotida erishayotgan yutuqlarda sportning oʻrni muhimligini alohida qayd qildi. U oʻquvchi-yoshlarga sport nafaqat insonni jismonan, balki aqlan shakllantirishi, kuchli va irodali boʻlishga odatlantirishi haqida qimmatli fikr va maslahatlar berdi.

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarishga muvaffaq boʻlgan sovrindor sportchilar Durdona Ibodullayeva, Dilyora Bektemirova, Jahonsher Abdurasulovlar ham tengdoshlari oldidasoʻzga chiqdilar. Ular sportchi boʻlish avvalo inson qalbida ona Vatanga mehr-muhabbat tuygʻusini mustahkamlashini, masʼuliyat hissi bilan yashashga oʻrgatishini, bundan ham muhimi, fanlarni oʻzlashtirishdagi ahamiyatini alohida taʼkidlab, sport va harbiy intizom kuch-qudrat manbai ekanligini hayotiy misollar bilan izohladilar.

Oʻzaro samimiy muloqot, qiziqarli savol-javoblar, sovrindor sportchi-yoshlarning maroqli suhbatlari asosida oʻtgan “Sport va harbiy intizom — kelajak avlod poydevori” mavzusidagi uchrashuv ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019