17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Jamiyat 👁 390

Ijtimoiy xodimlarga kompyuter jamlanmalari tarqatildi

Ijtimoiy xodimlarga kompyuter jamlanmalari tarqatildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash choralari, ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishning shaffof va raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy etish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish, hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangicha yondashuvlarni joriy etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tuman va shaharlar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalarini tashkil etish belgilangan hamda ushbu mablagʻlar joylardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda iqtisodiyot va moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda aholi hayotiga doir ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi koʻpdan-koʻp ijtimoiy muammolar yechimini topish imkonini bermoqda.

Amudaryo tumanida ham Prezident Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, aholining farovon hayot kechirishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda, albatta, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda faoliyat olib boruvchi kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining saʼy-harakatlari muhim ahamiyatga ega.

Yangi yil bayrami arafasida Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar va yordamlar qamrovini yanada kengaytirish hamda aholiga mahalla darajasida namunali xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida ularni axborot texnologiyalari bilan taʼminlash choralari koʻrildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 17-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 2-oktyabrdagi maxsus topshiriq xati ijrosini taʼminlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi hisobidan jami 366 mln 765 ming soʻm mablagʻ ajratilib, ijtimoiy xodimlarga xizmat bobida foydalanish uchun kompyuter jamlanmalari olib berildi. Bu endilikda ijtimoiy xodimlar ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.

Chindan ham, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturining muvaffaqiyati bevosita mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarning fidoyiligi va ularga yaratilgan sharoitlarga bogʻliq. Zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan taʼminlangan ijtimoiy xodimlar endilikda muhtoj qatlamning dardini nafaqat eshitadi, balki ularning muammolarini tizimli ravishda, tezkor hal qilish imkoniga ega boʻladi. Bu kabi islohotlar inson qadrini ulugʻlash va jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirish yoʻlidagi izchil harakatlarning mevasidir. Zero, davlatning ijtimoiy siyosati har bir xonadonga, har bir inson hayotiga kirib borishi farovon va barqaror jamiyat qurishning asosiy garovi sanaladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019