16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:10
Fan va taʼlim 👁 371

“ILK RIVOJLANISh MARKAZI”: BOLALAR UChUN YaNGI IMKONIYaTLAR MASKANI

“ILK RIVOJLANISh MARKAZI”: BOLALAR UChUN YaNGI IMKONIYaTLAR MASKANI

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, xususan, maktabgacha taʼlim tizimi qamrovini kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Zero, bolaning dunyoqarashi, intellektual salohiyati va jamiyatga moslashuvi aynan maktabgacha boʻlgan davrda shakllanadi. Shu maqsadda Amudaryo tumanida ham “Ilk rivojlanish markazi” tashkil qilinib, samarali faoliyat yuritmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli qarori ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirildi.

Yuqoridagi qarorlar asosida 2025-yil 28-iyul kuni Amudaryo tumani hokimining tegishli qarori qabul qilinib, Mangʻit shahri Olmazor mahallasi, "Barkamol avlod" shoh koʻchasi 25-uy manzilida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi yangi “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etildi.

“Ilk rivojlanish markazi”ning asosiy vazifasi — shu kunga qadar bogʻchaga bormagan, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarga teng imkoniyatlar yaratishdan iborat. Bu markaz shunchaki bolalarni vaqtinchalik nazorat qiladigan joy emas. Bu yerda bolaning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, tengdoshlari bilan muloqot qilish koʻnikmasi shakllantiriladi va eng muhimi — ular maktab taʼlimiga tayyorlanadi. Markaz faoliyati har bir bolaning yoshi, individual qobiliyatlari va oʻziga xos ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularning har tomonlama kamol topishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.

Hududning ehtiyojidan kelib chiqib, markaz tomonidan bosqichma-bosqich 240 nafar bolajonlarni qamrab olish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda markazda 4 ta guruh shakllantirilgan boʻlib, ularda 10 nafar malakali pedagog-tarbiyachilar faoliyat olib bormoqda.

Taʼkidlash joizki, Prezidentimizning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturiga hamohang ravishda, markazga qabul jarayonida birinchi navbatda “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga ustuvorlik berilmoqda. Bu esa ijtimoiy adolat tamoyilining amaldagi yorqin ifodasidir.

Yangi markazda taʼlim-tarbiya jarayonlari ikki xil innovatsion model asosida tashkil etilgan boʻlib, bu ota-onalar va bolalar uchun katta qulaylik yaratadi. “Oʻyin guruhlari” 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Mashgʻulotlar qisqa muddatli, yaʼni kuniga 3 yarim - 4 soat davomida tashkil etiladi. Bu vaqt davomida bolalar turli rivojlantiruvchi oʻyinlar orqali bilim oladilar. Eng muhimi, tarbiyalanuvchilarga yengil tamaddi beriladi va barcha xizmatlar uchun ota-onalardan badal toʻlovi undirilmaydi. Bu — oila byudjetiga sezilarli yordam deganidir.

“Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli alohida eʼtiborga loyiq. Unda 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan, alohida taʼlim ehtiyojlari bor boʻlgan, yaʼni imkoniyati cheklangan yoki salomatligida muammosi bor bolalar qamrab olinadi. Bunda pedagoglar bolaning yashash xonadoniga borgan holda, individual dastur asosida taʼlim-tarbiya beradilar. Bu usul bolaning oʻz uyidagi qulay muhitda rivojlanishiga va jamiyatdan uzilib qolmasligiga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Ilk rivojlanish markazi” — kelajagimiz egalari boʻlgan bolajonlar uchun yangi hayot, yangi imkoniyatlar eshigidir. Bu maskan nafaqat bolalarning sifatli taʼlim olishiga, balki ularning sogʻlom va barkamol inson boʻlib voyaga yetishishiga munosib hissa qoʻshishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026