16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Jamiyat 👁 389

Moʻynoq ekologiya muzeyida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab tadbir tashkil qilindi

Moʻynoq ekologiya muzeyida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab tadbir tashkil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni Orolboʻyining eng chekka hududlarida ham oʻzgacha koʻtarinkilik, faxr va iftixor ruhida nishonlanmoqda. Ana shunday maʼnaviy yuksak ruhdagi tadbirlardan biri bayram arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali — Moʻynoq ekologiya muzeyida tashkil etildi. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv yosh avlod bilan harbiy xizmatchilar oʻrtasida jonli muloqot maydoniga aylanib, vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Choʻqqilarda hilpirasin Vatan bayrogʻi” mavzusida oʻtkazilgan tadbir nafaqat bayram tantanasi, balki yoshlar uchun oʻziga xos vatanparvarlik darsi vazifasini oʻtadi. Unda Moʻynoq tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining “Jasorat” maxsus sinf oʻquvchilari hamda hududda joylashgan strategik ahamiyatga ega Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi va ixtisoslashtirilgan tabiatni tiklash bataloni harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar. Bu esa tadbir mazmuniga yanada salmoq va amaliy ruh bagʻishladi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat madhiyalari sadolari ostida boshlandi. Davlat madhiyasi — mustaqillik, erkinlik va milliy gʻurur ramzi sifatida yosh avlod qalbida Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlaydi. Madhiya yangragan onlarda ishtirokchilarning yuzlarida faxr, koʻzlarida esa kelajakka ishonch aks etdi. Zero, madhiya har bir fuqaroni Vatan taqdiriga daxldor ekanini his ettiruvchi muqaddas qoʻshiqdir.

Tadbirning aynan Moʻynoq ekologiya muzeyida oʻtkazilishi esa chuqur ramziy maʼnoga ega. Bu maskan bir tomondan Orol dengizining ogʻriqli tarixi va inson faoliyatining tabiatga taʼsirini yodga solsa, ikkinchi tomondan, tadbirda ishtirok etgan “Tabiatni tiklash bataloni” harbiy xizmatchilari bugungi kunda Orolning qurigan tubida “yashil qoplama”lar barpo etib, ekologik falokat oqibatlariga qarshi mardonavor kurash olib borayotganliklarini namoyon etdi. Bu esa “Vatan himoyasi” tushunchasi faqat qurol bilan emas, balki mehnat, masʼuliyat va fidoyilik bilan ham amalga oshirilishini yaqqol koʻrsatdi.

Bayram dasturi davomida maktabning “Jasorat” sinfi oʻquvchilari oʻz isteʼdodlarini namoyon etdilar. Ular ijro etgan Vatanni madh etuvchi jangovar ruhdagi qoʻshiqlar, milliy raqslar va sahna chiqishlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Oʻquvchilarning harbiycha intizomi, oʻzlariga boʻlgan ishonchi va chiqishlardagi jipsligi ularning kelajakda harbiy sohani tanlashga boʻlgan qiziqishi yuqori ekanligidan dalolat berdi.

Uchrashuvning eng qiziqarli qismi harbiylar va oʻquvchilar oʻrtasida tashkil etilgan viktorina boʻldi. Oʻzbekiston tarixi, buyuk sarkardalarimiz hayoti va harbiy xizmatga oid savollar yoshlarning bilim saviyasini sinovdan oʻtkazdi. Qiziqarli bahs-munozaralarga boy boʻlgan savol-javoblar jarayonida faol ishtirok etgan oʻquvchilar va harbiylar muzey maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yoshlarda Milliy Armiyamizga boʻlgan faxr tuygʻusini yanada oshirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatning sharafli va masʼuliyatli burch ekanligini chuqur his etishlariga xizmat qildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019