16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 397

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI

GʻALLANGIZGA QOʻShIMChA OʻGʻIT BERING HAMDA AGROTEXNIK TADBIRLARNI OʻZ VAQTIDA QOʻLLAB, GʻALLADAN MOʻL HOSIL OLIShGA ERIShING!

Qadrli yurtdoshlar!

Hurmatli dehqon va fermerlar!

Qishloq xoʻjaligida global iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi sharoitida mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish orqali xalqimizni sifatli oziq-ovqatga ehtiyojini taʼminlash ustuvor vazifamizdir.

Davlatimiz rahbari 2025-yil 26-dekabrdagi murojaatnomada qishloq xoʻjaligida hosildorlikni yangi texnologiyalar asosida oshirish va sohani qoʻllab-quvvatlash borasida muhim vazifalarni belgilab berdilar.

Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan agrar sohada mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarning iqtisodiyotimizni yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ulkan xizmatlarini eʼtirof etdilar. Bu, albatta fermer, dehqonlarimizni yuksak marralar va yuqori natijalar sari ruhlantiradi, oʻz vazifasiga katta masʼuliyat bilan yondoshishga undaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan koʻplab Farmon va qarorlar Siz, dehqon va fermerlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulkan yutuqlaringizga mustahkam zamin yaratmoqda.

Aynan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi “Paxtachilik va gʻallachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-370-sonli qarori bilan fermerlarga katta imtiyoz va vakolatlar berildi. Jumladan, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird anʼanalariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali hosildorlikni oshirish, hosildorlikni gʻallachilikda 100 tsentnergacha yetkazish borasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari belgilandi.

Gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil hosilidan boshlab gʻallani oʻz mablagʻlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uchun realizatsiya qilgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

Bu imtiyozli kreditni olmasdan gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari uchun katta imkoniyat, degani.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida katta imtiyozlar berilgani ham fermerlarimizni suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga va gʻalladan yuqori hosil olishiga ragʻbatlantiradi.

Yangi Oʻzbekistonimizning bu yilgi ulkan gʻalla xirmonini omilkor dehqonlar, fermerlar, suvchilar, agronom va mexanizatorlar hamda sohaning fidoiy olimlari, tajribali mutaxassislarning zahmatli mehnatlari evaziga yaratilishini hammamiz his qilib turibmiz.

Mamlakatimizda fermer xoʻjaliklariga gʻalla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish hamda xizmat koʻrsatuvchi va resurs yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash huquqining berilishi, shuningdek, donni xarid qilish hamda sotishda birja mexanizmining joriy etilganligi Siz fermerlarga katta manfaatdorlikni taʼminlamoqda.

Dehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “Yil yilga oʻxshamaydi”, bugungi kunda gʻalla maydonlarini parvarishlashda oʻzgacha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni davr shiddati taqoza etmoqda.

Aziz mirishkor dehqon va fermerlar!

Yuqoridagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish uchun Oʻzbekiston fermerlari kengashi rayosati aʼzolari, tegishli soha olim va mutaxassislari tomonidan gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga va klasterlarga 2026-yilda har bir gektar gʻalladan 100 tsentnergacha hosil olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

birinchidan, har bir fermer xoʻjaligi tomonidan gʻalla maydonlarini yana bir bor koʻrib, rivojidan orqada qolayotgan maydonlarni aniqlab oling;

ikkinchidan, qisqa muddatda barcha maydonlarga yetarli azotli oʻgʻitlar zaxirasini yarating va kechki hamda qoloq gʻalla maydonlarini yaxshilash maqsadida gektariga qoʻshimcha 100-150 kg azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirishni tashkil etib, gʻalladan barakali hosil olishga erishing;

Uchinchidan, sugʻorilmagan gʻalla maydonlarida oʻq ariqlar oraligʻini 60-70 metrdan olish va qisqa muddatda yengil sugʻorishni tashkil eting;

toʻrtinchidan, ekilgan gʻalla maydonlarida kunduzi va kechki paytlarda ham dalalarda chorva mollarini boqish holatlari koʻpaymoqda, shuning uchun maysani payhondan himoyalash maqsadida dala chetlarini chetan bilan oʻrashni tashkil eting;

beshinchidan, yanvar oyida mavsum davomida talab etiladigan mineral oʻgʻitlar, biostimulyatorlar va kimyoviy vositalar zaxirasini shakllantirish, texnikalarni taʼmirlash ishlarini amalga oshirib, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, suspenziya sepishni tashkil eting;

oltinchidan, gʻalla maydonida yomgʻirlatib sugʻorishni yoʻlga qoʻyib, davlat tomonidan beriladigan subsidiya mablagʻini oling hamda hosildorlikni har gektariga 10-12 tsentnerga oshiring va suvni 35-45 foizga tejang;

 yettinchidan, dalangizning suv kirish qulogʻiga handak oʻra qazib, gektariga 3 tonnadan mahalliy oʻgʻit jamgʻarishni tashkil eting;

sakkizinchidan, kechki va unib chiqmagan gʻalla maydonlariga quruq, chirigan mahalliy oʻgʻit sepishni tashkil eting, bunda, gektariga 5 tonnadan mahalliy oʻgʻit qoʻllanilganda kuzgi bugʻdoy hosildorligi 6-10 tsentnerga oshishi va mahalliy, mineral oʻgʻitlar bilan birgalikda qoʻllanilganda samaradorlik yanada yuqori boʻlishini aslo unutmang;

toʻqqizinchidan, 10 kun muddatda gʻoʻza qator orasiga ekilgan maydonlarni gʻoʻzapoyadan kesish agregatlari yordamida tozalang, bunda gʻoʻzapoyani qoʻlda sugʻurib olishga yoʻl qoʻymang;

oʻninchidan, aholi xonadonlari va chorva komplekslaridagi mahalliy oʻgʻitlarni jamgʻarib, dalalarga chiqarishni tashkil eting;

oʻn birinchidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, ichki va xoʻjalik ariqlarini tozalang hamda parallel ravishda betonlashtirish ishlarini yakunlang;

oʻn ikkinchidan, har bir fermer xoʻjaligi boshligʻi gʻallachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, gʻallaga qoʻshimcha ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirib joriy yilda gʻalla hosilini gektariga 100 tsentnergacha yetkazib, yuqori daromad olishga erishing.

Aziz fermer va dehqonlar!

Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning shijoati, gʻayrat va matonatiga koʻz tikib turibdi. Buni bir zum boʻlsa-da, yoddan koʻtarmaylik. Dasturxonimiz toʻkin-sochin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga toʻla va arzon, turmushimiz yanada farovon boʻlishi ayni paytda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliqligini unutmang.

Oʻz daromadingizni oshirish hamda mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qoʻshish uchun barchangizni sidqidildan ishlashga, fidoyilik namunasini koʻrsatishga chaqiramiz!

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosat aʼzolari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026