16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Fan va taʼlim 👁 261

Harbiylikdan muallimlikka: boʻlajak Vatan himoyachilarining ustozi

Harbiylikdan muallimlikka: boʻlajak Vatan himoyachilarining ustozi

Vatan himoyachisi boʻlish — sharafli burch. Yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash esa ikki karra masʼuliyat talab etadi. Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan zaxiradagi ofitser Davronbek Davletmurotov ana shunday yuksak masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan fidoyi ustozlardan biridir. U harbiy xizmatda orttirgan boy tajribasini taʼlim sohasiga tatbiq etib, yoshlarda vatanparvarlik, intizom va jasorat fazilatlarini shakllantirib kelmoqda.

Davronbek Davletmurotovning hayot yoʻli harbiy intizom va vatanga sadoqat muhitida kechgan. U 2004-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, “Motooʻqchi qoʻshinlar taktik qoʻmondonligi” mutaxassisligini egallagan. Shundan soʻng Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari saflarida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi.

Jumladan, 2004–2007-yillarda harbiy qismlardan birida maʼlumotlarni qayta ishlash yoʻnalishi boshligʻi, 2006–2007-yillarda 530-safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida vzvod komandiri sifatida faoliyat yuritdi. 2007–2021-yillar davomida esa bir qator harbiy qismlarda kadrlar va saf boʻlinmasi boshligʻi lavozimlarida xizmat qilib, shaxsiy tarkib bilan ishlash, harbiy intizomni mustahkamlash borasida katta tajriba orttirdi.

2021-yildan boshlab Davronbek Davletmurotov oʻz faoliyatini taʼlim sohasiga bagʻishladi. Avvaliga Amudaryo tumanidagi 51-sonli maktabda ish boshlagan mutaxassis 2023-yildan buyon Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritmoqda. 2023–2025-yillarda u maktabda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari sifatida samarali mehnat qildi. 2025-yildan esa chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Ustozning talabchanligi va masʼuliyatli yondashuvi qisqa vaqt ichida oʻz samarasini berdi. Uning shogirdi, 2023-yilda 9-sinfda oʻqigan Sherali Qurbonboyev Fargʻona shahridagi “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirib, 2025-yilda mazkur taʼlim muassasasini muvaffaqiyatli tamomladi. Ayni paytda u Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Chegara qoʻshinlari fakultetining 1-bosqichida tahsil olmoqda. Bu — ustoz va shogirdning birgalikdagi mehnati samarasidir.

Shuningdek, 2025-yilda maktabning 10-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoa Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida oʻtkazilgan “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Davronbek Davletmurotov nafaqat namunali ofitser va ustoz, balki mehribon ota hamdir. U turmush oʻrtogʻi Zulxumor Artiqboyeva bilan birgalikda toʻrt nafar farzandni vatanga sadoqatli, komil insonlar etib tarbiyalamoqda.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash boʻyicha masʼul shaxs sifatida u oʻquvchilarda Vatanga muhabbat va fuqarolik burchini anglash tuygʻularini shakllantirish, harbiy-sport musobaqalariga tayyorlash, harbiy kasbga yoʻnaltirish, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi va harbiy qismlar bilan hamkorlikda qator tadbirlarni tashkil etish ishlarini amalga oshirmoqda.

Davronbek Davletmurotovning faoliyati yana bir bor shuni tasdiqlaydiki, haqiqiy vatanparvarlik — bu shunchaki shior emas, balki tinimsiz mehnat, yuksak intizom va yoshlar qalbiga ezgu gʻoyalarni singdirishdir. Ana shu vazifani sharaf bilan oʻtayotgan lavhamiz qahramoni va yurtimizdagi barcha harbiylarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganining 34 yilligi bilan chin qalbimizdan tabriklab, ularning ishlariga omad va zafarlar, oilalariga esa tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019