16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:54
Jamiyat 👁 495

Amudaryoda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda

Amudaryoda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Amudaryo tumanida ham aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari yuqori uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Har qanday davlatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, avvalo, aniq statistik maʼlumotlarga, demografik koʻrsatkichlarga va mavjud resurslarning haqqoniy hisob-kitobiga tayanadi. Shu maʼnoda, 2026-yilning ilk oyidan start olgan ushbu yirik kampaniya mamlakatimizda demografik jarayonlarni chuqur tahlil qilish, mehnat resurslarini toʻgʻri taqsimlash, ijtimoiy infratuzilma obʼektlari — maktab, shifoxona va yoʻllar qurilishini hamda hududiy rivojlanishni ilmiy asosda rejalashtirishda muhim poydevor vazifasini oʻtaydi. Taʼkidlash joizki, mazkur jarayonlar xalqaro standartlarga toʻliq mos ravishda, eng ilgʻor xorijiy tajribalar va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilayotgani bilan avvalgi yillardagi tadbirlardan tubdan farq qiladi.

Roʻyxatga olish ishlari joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar ikki asosiy bosqichda amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, ayni paytda birinchi bosqich ishlari qizgʻin tus olgan. 15-31-yanvar kunlarini oʻz ichiga olgan ushbu bosqichda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari ishga solingan: aholi maxsus axborot tizimi orqali masofadan turib, onlayn shaklda roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.

Ikkinchi bosqich esa fevral oyida bevosita joylarda, yaʼni “Mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, maxsus planshet qurilmalari yordamida savolnomalarni toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Bunda census.stat.uz portali va OneID identifikatsiya tizimidan foydalanilayotgani maʼlumotlarning aniqligi va shaffofligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, barcha jarayonlar geoaxborot tizimi asosida monitoring qilinmoqda. Xususan, respublika boʻyicha 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar joylarning geomanzillari shakllantirilib, maxsus monitoring uskunalari orqali jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Amudaryo tumani hokimligida tashkil etilgan maxsus shtab aʼzolari ham ushbu jarayonga jiddiy tayyorgarlik koʻrgan holda, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarini tizimli tashkil etish, yuzaga kelayotgan savollarga tezkor javob berish va aholiga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida uzluksiz faoliyat olib bormoqdalar. Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 20-yanvar soat 12:00 holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami 232 mingga yaqin xonadon muvaffaqiyatli roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, shundan 23,5 mingdan ortigʻi aynan Amudaryo tumani hissasiga toʻgʻri kelayotgani tuman ahlining jarayonga naqadar masʼuliyat bilan yondashayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunga qadar mamlakat miqyosida maxsus portal orqali 2,48 million xonadon hamda 31 mingta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatga olingani ham aholining faolligi oshib borayotganini koʻrsatadi.

Tumanning barcha hududlarida, jumladan, chekka ovullarda ham ishlar jadal surʼatlarda tashkil etilgan. Jumladan, Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida yashovchi fuqarolar ushbu jarayonda yuksak uyushqoqlik namunasini koʻrsatmoqdalar. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining xonadonma-xonadon yurib olib borgan samarali targʻibot ishlari natijasida ovul hududidagi maktabda joylashgan shtabda ish qizgʻin davom etmoqda. Fuqarolar oʻz kelajagiga befarq boʻlmagan holda, savolnomalarni onlayn toʻldirishda faol ishtirok etmoqdalar. Shu oʻrinda aholi xavfsizligi va maʼlumotlar maxfiyligi masalasiga alohida toʻxtalib oʻtish zarur. Fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan barcha shaxsiy maʼlumotlar qonunchilik talablariga muvofiq qatʼiy himoya qilinadi va ulardan faqat umumlashtirilgan holda, statistik maqsadlarda foydalaniladi. Bu esa har bir fuqaroning jarayonda xotirjam va ishonch bilan ishtirok etishi uchun huquqiy kafolatdir.

Ushbu yirik tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun mamlakat miqyosida ulkan tayyorgarlik koʻrildi. Respublika boʻyicha 14 ta hududiy hamda 208 ta tuman va shahar shtablari tuzilib, jarayonga 60 ming nafarga yaqin maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar jalb etildi. Ular safida 54 ming nafar “Mahalla yettiligi” vakillari, 2,6 ming nafar zaxira xodimlar, shuningdek, vazirlik va idoralardan biriktirilgan trenerlar hamda oliy taʼlim muassasalarining volontyor talabalari borligi bu ishning umumxalq harakatiga aylanganini koʻrsatadi. Aholini xabardor qilish maqsadida yuzlab videoroliklar, minglab targʻibot materiallari tayyorlanib, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar va jamoat joylarida keng namoyish etilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari — bu shunchaki statistik maʼlumot toʻplash emas, balki ertangi kunimiz, farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz ravnaqi uchun muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. Shunday ekan, aziz hamyurtlar, Siz ham onlayn tarzda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarida faol ishtirok eting!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026