16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Qishloq xoʻjaligi 👁 256

Texnikaning sozligi – moʻl hosil garovi

Texnikaning sozligi – moʻl hosil garovi

Xalqimizda “Qish gʻamini yozda koʻr”, degan hikmat bejiz aytilmagan. Zero, qishloq xoʻjaligida har bir daqiqa gʻanimat, ayniqsa, bahorgi ekish mavsumi yaqinlashgani sayin dala mehnatkashlari zimmasidagi masʼuliyat ikki hissa ortadi.

Amudaryo tumanida ham ayni kularda bahorgi dala ishlariga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Ushbu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi xodimlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda. Maʼlumki, sifatli va oʻz vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlarning muvaffaqiyati, avvalo, qishloq xoʻjaligi texnikalarining sozligiga, ularning mavsumga shayligiga bevosita bogʻliq. Shu bois, tumandagi barcha mutasaddi tashkilotlar va fermer xoʻjaliklari kuch-gʻayrati texnikalarni taʼmirlash va sozlash ishlariga safarbar etilgan. Bu jarayon ertangi kun xirmonining barakasi uchun qoʻyilayotgan mustahkam poydevordir.

Tuman boʻyicha 2026-yilgi bahorgi dala ishlari mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, mavjud 16 ta ustaxonalarda keng koʻlamli taʼmirlash ishlari tashkil qilingan. Rejaga asosan, tuman boʻyicha jami 150 dona chigit ekish seyalkalari, 325 dona kultivator, 1700 dona tishli borona va 293 dona yer tekislagich molalar toʻliq taʼmirdan chiqarilishi belgilangan.

Eʼtiborli jihati shundaki, bu yilgi mavsumda texnika va agregatlarni zamonaviy agrotexnologiya talablariga moslashtirishga alohida urgʻu berilmoqda. Xususan, chigit ekish va ishlov berish texnikalarini 76 santimetrli oraliq sxemasiga oʻtkazish va moslashtirish ishlari olib borilayotgani, kelajakda gʻoʻza parvarishida qator oralariga ishlov berish sifatini oshirishga, oʻsimlikning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu sxemaning qoʻllanilishi texnikalarning daladagi harakati davomida koʻchatlarga shikast yetkazmasligini va agrotexnik tadbirlarning yuqori aniqlikda bajarilishini taʼminlaydi.

Taʼmirlash ishlarining borishi ayrim hududlarda namunali tashkil etilganini alohida qayd etish joiz. Jumladan, Oq oltin ovulidagi fermerlarning texnikalari jamlangan ustaxonada faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlar va tajribali chilangarlarning saʼy-harakati bilan taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda yakuniga yetkazilmoqda.

Mazkur maskanda rejalashtirilgan texnikalardan 12 dona chigit ekish seyalkasi, 16 dona kultivator, 88 dona tishli borona hamda 16 dona temir molalar mavsumga toʻliq shay holatga keltirildi. Ushbu agregatlarning barchasi koʻrikdan oʻtkazilib, eskirgan qismlari yangisiga almashtirildi, boʻyoqlash va moylash ishlari sifatli bajarildi.

Xuddi shunday uyushqoqlikni Xolimbeg ovulida hududida ham kuzatish mumkin. Ushbu hududda ham bahorgi mavsum oldidan texnika parkini yangilash va sozlash ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Bugungi kunga kelib, mazkur ustaxonada 9 dona chigit ekish seyalkasi, 13 dona kultivator, 72 dona tishli borona va 12 dona temir molalarni taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlandi.

Bu kabi amaliy ishlarning zamirida birgina maqsad yotibdi: bahorning gʻanimat damlarida, tuproqda namlik saqlanib turadigan qisqa muddat ichida chigitni yerga qadash va uni parvarishlash ishlarini kechiktirmasdan amalga oshirishdir. Texnika soz boʻlsa, ishda unum, dehqonning koʻnglida xotirjamlik boʻladi. Agregatlarning, ayniqsa, borona va molalarning sozligi esa yerga sifatli ishlov berish, tuproqni mayin holatga keltirish va namlikni saqlashda muhim rol oʻynaydi.

Amudaryo tumanida olib borilayotgan bunday tizimli ishlar, texnikalarni mavsumga tayyorlash jarayonlari 2026-yilda moʻl va sifatli paxta hosili yetishtirish uchun mustahkam zamin yaratadi, deyishga toʻliq asos boʻla oladi. Zero, bugungi harakat – ertangi baraka demakdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019