16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:10
Siyosat 👁 976

Amudaryo tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida yoshlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda kelajak sari dadil qadam tashlashlariga koʻmak berish maqsadida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbir Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida ochiq, samimiy muloqot ruhida oʻtkazildi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman prokurori Bahram Masharipov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Timur Doshumbayev, Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi Bekzod Oʻrinboyev, shuningdek, kasb-hunar texnikumlari, tijorat banklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvni ochib bergan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov oʻz soʻzida yoshlar bilan ishlash davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

“Bugun yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har qachongidan ham keng. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish, bilim va kasb egallash, tashabbus koʻrsatish zarur. Rahbarlar sifatida biz yoshlarning har bir muammosiga yechim topishga tayyormiz”, — dedi tuman hokimi.

Shuningdek, hokim yoshlar bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari doimiy nazoratda ekanini qayd etdi.

Hokim oʻrinbosari Nodirbek Kamolov yoshlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, boʻsh ish oʻrinlari, kasb-hunar texnikumlarida mavjud yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. U yoshlarni qisqa muddatli kasb oʻrgatish kurslariga jalb etish, “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida hunar oʻrganish imkoniyatlari kengayib borayotganini taʼkidladi.

Hokim oʻrinbosari oʻz soʻzida yoshlar daftari orqali moddiy va ijtimoiy yordamlar, startap va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya mexanizmlari, yosh tadbirkorlarga yer maydonlari va bino-inshootlardan foydalanish imkoniyatlari haqida atroflicha tushuntirish berdi.

Tuman prokurori Bahram Masharipov yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga rioya qilish, huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga alohida toʻxtaldi. U yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Timur Doshumbayev esa yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda yoshlarning faolligi muhim ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, bandlik, taʼlim, kredit olish, tadbirkorlikni boshlash, huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bilan chiqishdi. Masʼullar tomonidan har bir murojaat atroflicha koʻrib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro qilingan betakror kuy-qoʻshiqlar barcha ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Mazkur “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, muammo va takliflarini bevosita tinglashda muhim maydon boʻlib xizmat qildi. Eng asosiysi, bu muloqot yoshlarning oʻz kelajagiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlab, yangi marralar sari undadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026