16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:56
Jamiyat 👁 295

Amudaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalasi kun tartibida

Amudaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalasi kun tartibida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Shohruh Aminov tomonidan Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar chuqur va tanqidiy muhokama qilindi.

Tuman prokuraturasi hamda huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda hududda jinoyatchilik holati, ayniqsa, mahallalarda profilaktika ishlarining samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Muhokamalar davomida tumanda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 74 foizi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar ekani alohida qayd etilib, bu holat masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganidan dalolat berishi keskin tanqid qilindi.

Yigʻilishda, ayniqsa, oilaviy zoʻravonlik holatlarining keskin oshib borayotgani jiddiy tashvish uygʻotdi. Ushbu salbiy holatlarning asosiy sababi sifatida masʼul idoralar hamda mahallalarda faoliyat yurituvchi “mahalla yettiligi” oʻrtasida samarali hamkorlikning yoʻqligi, masalalarga yuzaki yondashuv va muammolarni barvaqt aniqlamaslik holatlari koʻrsatib oʻtildi. Prokuror tomonidan bunday loqaydlikka mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasligi qatʼiy taʼkidlandi.

Masʼullarga ijtimoiy profilaktika ishlarini tubdan kuchaytirish, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha keskin va manzilli choralar koʻrish, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini chuqur oʻrganib, ularni barvaqt bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, har bir mahalla kesimida jinoyatchilikka qarshi ishlashning yangi mexanizmlarini joriy etish zarurligi qayd etildi.

Muhokama jarayonida huquq-tartibot idoralari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborot va tushuntirishlari tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi. Har bir rahbar oʻz yoʻnalishi boʻyicha shaxsiy masʼuliyatni chuqur his etishi lozimligi yana bir bor eslatib oʻtildi.

Shundan soʻng, tuman prokuraturasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor xizmat xodimlari ishtirokida Prezidentimiz tomonidan joriy yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan alohida muhokama boʻlib oʻtdi. Unda uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani keskin tanqid qilindi.

Xususan, sintetik va psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi bilan bogʻliq holatlar umuman aniqlanmagani, giyohvand moddalar noqonuniy muomalasi boʻyicha esa juda kam holatlar fosh etilgani masʼul idoralar faoliyatidagi jiddiy kamchilik sifatida baholandi. Bu yoʻnalishlarda ishlarni faqat statistik koʻrsatkichlar uchun emas, balki real xavf-xatarlarni bartaraf etish maqsadida olib borish lozimligi taʼkidlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Shohruh Aminov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar holati mahallalarga bevosita chiqilgan holda joyida oʻrganildi. Aholi bilan muloqotlar oʻtkazilib, mavjud muammolar, ularning sabab va omillari yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Xulosa oʻrnida aytish joizki, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq-tartibot idoralarining vazifasi emas, balki barcha masʼul tashkilotlar, mahalla faollari va jamoatchilikning hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini talab etadi.

Bu borada tanqidiy tahlil va qatʼiy nazorat esa natijadorlikni taʼminlashning eng muhim omillaridan biri boʻlib qolmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019