17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 07:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 114

RAQAMLAR SOʻZLAGANDA: TUMANDA VETERINARIYa VA ChORVAChILIK RIVOJI

RAQAMLAR SOʻZLAGANDA: TUMANDA VETERINARIYa VA ChORVAChILIK RIVOJI

Aholini sifatli goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish hamda qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirish borasida Amudaryo tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mavjud salohiyat va imkoniyatlar

Ayni paytda tumanda faoliyat yuritayotgan chorvachilik subʼektlari tarmoqlar boʻyicha ixtisoslashgan boʻlib, ularning soni va sifati ortib bormoqda. Xususan, tumanda 54 ta qoramolchilik, 1 ta qoʻychilik, 3 ta asalarichilik va 9 ta parrandachilik yoʻnalishidagi subʼektlar mavjud. Ushbu xoʻjaliklar ixtiyorida jami 2 ming 345 gektar yer maydoni boʻlib, uning asosiy qismi, yaʼni 1 ming 503 gektari ekin yerlari, 331 gektari yaylovlar hamda 666 gektarini boshqa turdagi yerlar tashkil etadi.

Tumandagi mavjud xoʻjaliklarda parvarish qilinayotgan chorva mollari bosh soni ham barqaror oʻsib bormoqda. Jumladan, xoʻjaliklarda jami 5 ming 262 bosh qoramol (shundan 2702 boshi sigirlar), 3 ming 62 bosh qoʻy va echkilar, 69 bosh otlar hamda minglab parrandalar boqilmoqda. Eʼtiborli jihati, sohaga raqamlashtirish tizimi keng joriy etilib, 54 ta ixtisoslashgan xoʻjalikdagi 4 ming 88 bosh qoramol identifikatsiya qilinib, yagona elektron bazaga kiritilgan.

Mustahkam ozuqa bazasi – moʻl hosil garovi

Chorvachilik rivojini mustahkam ozuqa bazasisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu maqsadda tumandagi subʼektlar tomonidan 2025-yil hosili uchun 1 ming 503 gektar maydonga turli xildagi ozuqabop ekinlar ekilgan. Xususan, toʻyimli ozuqa hisoblangan beda 99 gektar, makkajoʻxori 474 gektar, xashaki lavlagi 29,8 gektar, oq joʻxori 115,4 gektar, gʻalla 316 gektar maydonlarga ekilgan boʻlib, ulardan moʻl hosil olindi. Bu esa qish-bahor mavsumida chorva mollarini sifatli ozuqa bilan taʼminlash imkonini beradi.

Investitsiya va yangi loyihalar

2025-yil Amudaryo tumani chorvachiligi uchun ulkan burilish yasalgan davr boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Tuman dasturi doirasida umumiy qiymati 11 milliard 510 million soʻmlik 17 ta yirik loyiha toʻliq ishga tushirildi. Ushbu loyihalarning 5 milliard 850 million soʻmi bank kreditlari hisobidan moliyalashtirildi.

Qoramolchilik yoʻnalishida "Mahmud Mansur Muzaffar" (200 bosh), "Ilhom Shohrux" (98 bosh), "Nurullayev Lazizbek Farruxbek" (16 bosh), "Rasulov Nurbek" (10 bosh), "Matrasul" (10 bosh), "Shavkat Qoʻchqorovich" (16 bosh) kabi fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan zotdor qoramollar xarid qilindi.

Tuman dasturiga qoʻshimcha ravishda Rossiya Federatsiyasi va Dogʻiston Respublikasidan “ORTA-QALA GHORVA MOLLARI” (915 bosh) va “Avazbek Gʻayrat” (30 bosh) masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Ilhom Shohrux” fermer xoʻjaligi (98 bosh) tomonidan jami 1043 bosh zotdor mollar olib kelindi. Buning uchun ushbu subʼektlar tomonidan jami 6,5 mlrd soʻm (shundan 2 mlrd soʻm kredit) investitsiyalar yoʻnaltirildi.

Parrandachilik tarmogʻida ham sezilarli oʻsish kuzatildi. Xususan, "Qoraqalpoq mahsulotlari" MChJ tomonidan 1,5 milliard soʻm evaziga 54 ming bosh hamda "Sojida Imronbek" MChJ tomonidan 300 mln soʻm evaziga 3 ming bosh parranda parvarishi yoʻlga qoʻyildi.

Baliqchilik va asalarichilik sohalari ham faol rivojlanmoqda. "Abdirasul Jayxun", "Mangʻit Fish", "Mangʻit-Doʻstlik baligʻi" va "Amu akva brend" MChJlari tomonidan jami 3,8 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga 200 mingga yaqin baliq chovoqlari, "Farxod Kuchkarovich" va "Kuchkar bolchi" MChJlari tomonidan esa jami 400 mln soʻm mablagʻ evaziga 100 ta asalari oilalari xarid qilndi.

Epizootik barqarorlik

Chorvachilikda eng muhim masala – bu epizootik barqarorlikni taʼminlashdir. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan 2025-yil davomida oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, brutsellyozga qarshi 63 mingdan ortiq yirik shoxli va 15 mingdan ortiq mayda shoxli mollar tekshiruvdan oʻtkazildi. Kuydirgi kasalligiga qarshi 173 ming boshdan ortiq yirik shoxli mol, 116 ming bosh qoʻy-echki, shuningdek, otlar, eshaklar va tuyalar emlandi. Qutirish, nodulyar dermatit va oqsil kasalliklariga qarshi emlash ishlari ham reja asosida toʻliq bajarildi. 14 ming 776 ta obʼektda jami 809 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda dezinfektsiya va dezinsektsiya ishlari olib borildi.

Amudaryo tumanida chorvachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan bunday keng koʻlamli ishlar aholi dasturxoni toʻkinligini taʼminlash va tuman iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Sherali Matiyakubov, Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019