16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 112

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI

"GʻALLANING ZANG KASALLIGIGA QARShI KURAShISh  VA HOSILNI PARVARIShLASh BORASIDA KEChIKTIRIB  BOʻLMAYDIGAN VAZIFALAR"
Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha fidoyilari xodimlari!

Respublikamizda boshoqli don ekinlarida 30 turdan ortiq kasallik va zararkunandalar zarar keltirishi aniqlangan boʻlib, shundan asosiy 4 turdagi kasallik va 6 turdagi zararkunandalar yuqori iqtisodiy hafli turlari hisoblanadi. Ushbu zararkunandalarga qarshi kurashilmaganda  oʻrtacha 15-20% gacha, iqlim sharoiti qulay kelgan yillari esa 45-50% gacha hosilni nobud qilishi mumkin. Shu bilan birga yetishtirilayotgan don sifatining yomonlashishga olib keladi.

 Natijada bunday donning oziq-ovqat sanoati va urugʻlik uchun yaroqsiz boʻlib qolishiga olib keladi. Respublikamiz gʻallazorlarida tarqalib, zarari yil sayin oshib borayotgan asosiy zararkunanda-hasharotlar sifatida, zararli xasva, gʻalla shiralari, bugʻdoy tripsi va shilimshiq qurt hisoblanadi. Bu zararkunandalar keyingi 4-5-yil davomida Respublikamiz sugʻoriladigan gʻalla maydonlarida tobora keng tarqalib yetishtirilayotgan donning sifati va miqdoriga sezilarli salbiy taʼsir qilmoqda.

Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, gʻalla bozorini erkinlashtirish boʻyicha islohotlarni izchil davom ettirish, ichki bozorni bugʻdoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda ularning narxlari barqarorligini saqlashimizda bugungi kunda Siz aziz gʻallakorlardan kuzgi bugʻdoyni kasalliklardan oʻz vaqtida, tizimli ravishda himoya qilishni taqozo etmoqda.

Bugungi murakkab global iqtisodiy oʻsish sharoitda, oziq-ovqat xavfsizligi dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir davrda, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida mavjud resurslar va imkoniyatlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga koʻpaytirish, sifatli hosil olish, agrar sohada yangi ish oʻrinlarini yaratish muhim vazifalardan biri ekanligini barchamiz his etib turibmiz.

Shunday murakkab pallada Siz dehqonu-fermerlar tomonidan har qachongidan koʻproq masʼuliyat bilan yondoshib ishlashni davr taqozo etmoqda.

Amudaryo tumani boʻyicha 2026-yil hosili uchun 4800 gektardan ortiq sugʻoriladigan maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan.

Bugungi kunda, ekilgan gʻalla jami 4800 ga tuplash, (100%), fazasida rivojlanmoqda.

Soha olim va mutaxassislari hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi rayosati aʼzolarining kuzatuvlariga koʻra bu yil barcha gʻalla maydonlarda zang kasalligi birinchi navbatda oʻgʻitlamagan va rivojdan orqada qolgan gʻalla maydonlarga keng tarqalishi bashorat qilinmoqda.

Koʻp yillik kuzatuvlar natijasida respublikada kuzgi bugʻdoyni yetishtirishni tahlil qilindi. Unga koʻra, 1999, 2004, 2009, 2010, 2016, 2024-yillarda sariq zang kasalligi uchun epifitotiya yillar, yaʼni sariq zang kasalligi oʻta avj olib, mazkur yillarda 50-60 foizgacha, hatto 1999 yilda Surxondaryoda 100 foizgacha bugʻdoy hosildorligini yoʻqotilishiga sabab boʻlgan.

Sariq zang kasalligining avj olishiga asosiy sabab, oʻsha yillari qish oylari iliq va seryogʻin kelib, kuzgi bugʻdoy sovuqli kunlar boʻlmaganligi uchun “tinim davri”ga kirmagan va sariq zang kasalligi janubiy viloyatlarda yanvar, fevral oylarida, boshqa viloyatlarda mart oyida kuchli rivojlanganligi sababli, kasallikni toʻxtashishning imkoni boʻlmagan.

Sariq zangning keng tarqalishi va rivojlanishiga seryomgʻir va ochiq havoning surunkali almashib turishi qulay sharoit tugʻdiradi. Yuqori namgarchilikda uning sporalari oʻsa boshlaydi, +2 daraja haroratda esa oʻsimlik toʻqimasiga kiradi.

Kasallikning tez tarqalishi va rivojlanishi uchun 10-15 daraja iliq havo eng qulay vaziyat hisoblanadi. Keyingi yillarda qator mamlakatlarda mazkur kasallikning bundan ham yuqoriroq haroratlarda rivojlanishga moslashgan ekotiplari paydo boʻldi. Xatto ayrim mintaqalarda kasallik oʻta kuchayib, epifitotiya shaklida tarqalmoqda.

Joriy yil hosili uchun ekilgan gʻalla (bugʻdoy) “tinim davri”ga kirmadi. Qish oylari iliq va seryogʻin boʻlganligi sababli, sariq zang rivojlanishi uchun qulay sharoit boʻlmoqda.

Hurmatli dehqon va fermerlar!

Shuning uchun, bugundan boshlab barcha gʻallachilik fermer tomonidan bugʻdoy parvarishida zang kasalligiga qarshi “Bir oylik zarbdor oyi” deb eʼlon qilib, ushbu mavsumda quyidagi ishlarni amalga oshirishni tavsiya etamiz.

Birinchidan, gʻallani azotli oʻgʻitlar bilan bahorgi birinchi oziqlantirish gektariga 200-250 kg (fizik holda) berishni, hamda stimulyatorlar sepishni tashkil eting. Bunda, azotli oʻgʻit va stimulyatorlar  bugʻdoy oʻsimligini baquvvatlashtiradi va  kasallikka, zararkunanda hashoratlarga chidamlilikni oshiradi.

Ikkinchidan, sariq zang kasalligiga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan fungitsidlarni kamida ikki marta sepishga yetadigan zahirasini yaratish choralarini koʻring. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari bilan birgalikda kasallik alomatlarini aniqlash boʻyicha monitoring ishlarini boshlang va qayerda kasallik alomatlari paydo boʻlsa, kimyoviy kurash choralarini amalga oshiring.

Uchinchidan, zang kasalligi keng tarqalib ketishini oldini olish uchun barcha gʻalla maydonlariga bir marta toʻliq kimyoviy ishlov oʻtkazing.

Bunda, bugʻdoyda zang va boshqa kasalliklariga qarshi kimyoviy kurash kuzatuv asosida oʻsimliklarni himoya qilish mutaxassislarini tavsiyasi bilan amalga oshirilishi hamda fungitsidlar samaradorligini taʼminlash uchun fungitsidlarni tizimli ravishda navbatlab qoʻllash lozim. Birinchi ishlovda propikonozol taʼsir etuvchi moddali preparatlarni, ikkinchi ishlovda tebukonozol+propikonozol va uchinchi ishlov propikonozol+ tsiperkonozol taʼsir etuvchisi boʻlgan preparatlardan biri bilan ishlov berish tavsiya etiladi. Preparatlar bilan ikkinchi va uchinchi ishlovlar faqatgina kasallik belgilari kuzatila boshlaganda ishlov berish tavsiya etiladi.

Toʻrtinchidan, Respublikamizda koʻp yillik kuzatishlarga koʻra fevral oyida gʻalla ekinlari bilan birga gʻalladosh begona oʻtlar rivojlanadi va ularga qarshi fevral oyida oʻrtacha harorat +12-15 oS dan yuqori boʻlganda gerbitsidlar bilan ishlov berish katta samara beradi. Shuning uchun, fevral oyining uninchi oʻn kunligi va mart oyida gʻalladosh begona oʻtlarga qarshi kimyoviy preparatlar sepishni tashkil eting.

Beshinchidan, Oʻsimliklarni kasalliklardan himoyalash maqsadida fungitsidlar hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi insektitsidlar va oʻsimliklar rivojini tezlashtirish (qoʻshimcha barg orqali oziqlantirish) maqsadida stimulyatorlar zahirasini yaratib koʻying va dalada zararli xasva va boshqa zararkunandalar aniqlanishi bilan sistemali insektotsidlar va stimulyatorlar bilan profilaktik ishlov oʻtkazing.

 Karantin agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Agroko‘makchi” bepul mobil ilovasidagi onlayn bashorat tizimidan kasalliklar, begona oʻtlar va zararkundalar boʻlimlarida aniqlab berish imkoniyatlaridan keng foydalaning.

Aziz fermer va dehqonlar!

Prezidentimizning 2025-yil 9-dekabrdagi “Paxtachilik va gʻallachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  PQ-370-sonli hamda 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–47-sonli qarorlari bilan Siz fermerlarga katta imtiyoz va vakolatlar berilganligini esdan chiqarmang. Jumladan:

- 2026-yil hosilidan boshlab gʻallani oʻz mablagʻlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uchun realizatsiya qilgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi;

-2026-yil 1-oktyabrdan bank kreditlarini olmasdan, oʻz mablagʻlari hisobidan suv tejovchi texnologiyalarni jumladan, yomgʻirlatib sugʻorishni  joriy qiladigan fermerlar uchun subsidiya ajratishning yangi tizimi joriy etiladi: Yaʼni,

- hujjatlar va shartnomalar asosida subsidiyaning 50 foizi oldindan Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan ajratiladi;

-texnologiyalar oʻrnatilib, ishga tushirilgandan soʻng qolgan 50 foizi toʻlab berilishi siz fermerlarning gʻalladan yuqori hosil olishingizga zamin yaratiladi.

Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning shijoati, gʻayrat va matonatiga koʻz tikib turibdi. Buni bir zum boʻlsa-da, yoddan koʻtarmaylik. Dasturxonimiz toʻkin-sochin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga toʻla va arzon, turmushimiz yanada farovon boʻlishi ayni paytda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliqligini unutmang.

Oʻz daromadingizni oshirish hamda mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qoʻshish uchun barchangizni sidqidildan ishlashga, fidoyilik namunasini koʻrsatishga chaqiramiz!

Amudaryotumani fermerlari kengashi Rayosat aʼzolari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019