16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Adabiyot 👁 127

14-sonli maktabda Navoiy va Bobur ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi

14-sonli maktabda Navoiy va Bobur ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 14-sonli umumtaʼlim maktabida oʻzbek adabiyotining ikki ulugʻ namoyandasi — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy kecha tashkil etildi. Tadbir yosh avlod qalbida milliy merosga hurmat, ona tiliga muhabbat va adabiyotga qiziqishni kuchaytirish maqsadida oʻtkazildi.

Mazkur tadbir maktabning oʻzbek tili hamda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Dilfuza Gʻaipova, Feruza Xoʻjamuratova, Sadoqat Davletova va Dilnoza Safarboyevalar rahbarligida tayyorlandi. Ular oʻquvchilar bilan birgalikda buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodiga bagʻishlangan mazmunli dastur ishlab chiqib, kechani haqiqiy adabiyot bayramiga aylantirdilar.

Kecha davomida oʻquvchilar Alisher Navoiyning gʻazal va ruboiylarini ifodali oʻqib, uning insonparvarlik, ezgulik va komillik gʻoyalariga yoʻgʻrilgan hayot yoʻli va ijodi haqida batafsil maʼlumotlar berdilar. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida sahna koʻrinishlari namoyish etilib, uning sarkardalik jasorati, Vatanga muhabbati va yurt sogʻinchi badiiy obrazlar orqali yoritib berildi. Sahna chiqishlari oʻquvchilarning isteʼdodi va tayyorgarligi yuqori darajada ekanini namoyon qildi.

Tadbirda maktabning 5-“A”, 5-“B”, 6-“B”, 4-“A” va 7-“B” sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, maktabning faol va aʼlochi oʻquvchilari Anargul Uzoqboyeva, Madina Jiyanboyeva, Charosxon Amanbayeva, Aydana Abatova, Jasmina Tazaboyeva, Ulmeken Toʻxtasinova hamda 7-“B” sinf oʻquvchilari Charos Tursunbayeva, Farangiz Gʻaypova, Umida Yusupboyeva tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar va musiqalarga ijro etilgan raqslar kechaga yanada fayz bagʻishladi.

Aytish joizki, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur — oʻzbek maʼnaviyati va davlatchilik tarixining ikki ulugʻ ustunidir. Navoiy Hirotda kamol topib, davlat ishlarida faol qatnashgan, ilm-maʼrifat va bunyodkorlikni qoʻllab-quvvatlagan arbob sifatida tanilgan. Bobur esa Fargʻonada hukmdor boʻlib, ogʻir siyosiy kurashlardan soʻng Qobul va Hindistonda yangi davlat — Boburiylar saltanatiga asos solgan.

Navoiy ijodi turkiy adabiyotni yuksak pogʻonaga koʻtardi: uning gʻazallari, dostonlari va maʼrifiy asarlari insonparvarlik, adolat, muhabbat va vatan tuygʻusini targʻib qiladi. Bobur ijodida esa shoh va shoir ruhi uygʻun: “Boburnoma” orqali u oʻz davrining siyosiy hayoti, tabiati va urf-odatlarini jonli tasvirlab, tarix uchun bebaho manba qoldirdi.

Ikki buyuk ajdodimiz oʻz hayoti va ijodi bilan turkiy til va adabiyotni, xalqimiz tafakkurni boyitgani, oʻzligini mustahkamlagan bilan avlodlar uchun nihoyatda ahamiyatli va ibratlidir. Yoshlar uchun Navoiy va Boburni oʻrganish nutq madaniyatini oshiradi, oʻtmishdan ibrat olishga, maqsadga qatʼiyat bilan intilishga, milliy gʻurur va maʼnaviy masʼuliyatni his etishga undaydi.

14-sonli maktabdagi tadbir ham ana shu maqsadlarni oʻzida mujassam etdi. Mazmunli chiqishlar, sheʼrxonlik va sahna koʻrinishlari orqali oʻquvchilar nafaqat adabiy bilimlarini namoyon etdilar, balki milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz va maʼnaviy boyligimizga boʻlgan hurmatini ham ifoda etdilar. Kecha davomida oʻquvchilar tomonidan bildirilgan fikr va taassurotlar ularning buyuk ajdodlarimiz ijodiga qiziqishi tobora ortib borayotganini koʻrsatdi.

Mazkur tadbir yosh avlodni milliy adabiyot durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida vatanparvarlik va maʼnaviy kamolot tuygʻularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday maʼnaviy kechalar yoshlarning maʼnaviyatli va maʼrifatli shaxs boʻlib kamol topishiga xizmat qilishi bilan alohida qadrlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019