16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Jamiyat 👁 225

MAHALLADAGI XOTIRJAMLIK – EL FAROVONLIGINING GAROVIDIR

MAHALLADAGI XOTIRJAMLIK – EL FAROVONLIGINING GAROVIDIR

Jamiyatning eng muhim va tayanch boʻgʻini hisoblangan mahalla tizimida osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ushbu muhim hujjat ijrosi doirasida joylarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Amudaryo tumanidagi fuqarolar yigʻinlarida ishlab chiqilgan choraklik “yoʻl xarita”si bandlarining ijro etilishi hamda ijtimoiy profilaktika ahvoli tuman Prokuraturasi xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda, tanqidiy va tahliliy nuqtai nazardan oʻrganilmoqda.

Navbatdagi ana shunday chuqurlashtirilgan oʻrganishlar tumandagi Bosuv mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazildi. Statistik maʼlumotlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, ayni kunda mazkur hududda 3830 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 1455 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Mahalladagi 64 ta koʻchada joylashgan 764 ta xonadonda jami 937 ta oila hayot kechirmoqda. 2025-yil yakunlari boʻyicha jinoyatchilik darajasi boʻyicha “sariq” toifaga kiritilgan ushbu mahalla, joriy yil davomida jinoyat sodir etilmagani sababli yanvar oyi yakuniga koʻra “yashil” toifaga oʻtgan. Albatta, bu ijobiy koʻrsatkich, ammo raqamlar ortidagi haqiqiy manzara, ijtimoiy profilaktika ishlarining sifati talab darajasidami? Prokuratura oʻrganishlari jarayonida aynan shu savolga javob izlandi va, afsuski, bir qator jiddiy kamchiliklar, koʻz yumib boʻlmaydigan eʼtiborsizlik holatlari aniqlandi.

Jumladan, hududda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” tomonidan doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan 26 nafar ishsiz fuqaro bilan maqsadli ish tashkil etilmaganligi maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, uzoq muddat davomida xorijiy davlatlarda mehnat qilib yurgan 61 nafar shaxslar ham eʼtibordan chetda qolgan. Shuningdek, mahallada spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan 2 nafar shaxsni majburiy davolash muassasasiga joylashtirish koʻrsatilgan boʻlsa-da, shu kunga qadar bu ishlar paysalga solinib, toʻliq yakuniga yetkazilmagan. Yoshlar masalasida ham huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan qatlam bilan ijtimoiy profilaktika ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi, kelgusida noxush holatlarning oldini olish maqsadida ularning oilaviy ahvoli chuqur oʻrganilmaganligi tanqid ostiga olindi.

Yana bir achinarli holat xavfsizlikni taʼminlash vositalari bilan bogʻliq: hududdagi 15 ta ijtimoiy obʼektga “Hudud kamera nazoratida” degan stikerlar oʻrnatilgan boʻlsa-da, aslida uzluksiz videokuzatuv tizimi hanuzgacha ishga tushirilmagan. Muntazam ravishda tazyiq va zoʻravonlikka uchrab kelayotgan 2 nafar shaxs bilan tizimli ishlash, ularga ruhiy va huquqiy koʻmak berish yoʻlga qoʻyilmagan.

Gulzor mahallasida olib borilgan oʻrganishlar davomida ham shunga oʻxshash holat qayd etildi. Hududda 4144 nafar aholi yashaydi. Ularning 2244 nafarini ayollar va 970 nafarini yoshlar tashkil etadi. Mahalladagi 38 ta koʻchadagi 1038 ta xonadonda 1144 ta oila istiqomat qiladi. Gulzor mahallasi hududida oʻtgan yil davomida jami 3 ta jinoyat sodir qilingan boʻlib, shulardan 2 tasi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Garchi joriy yilning yanvar oyi yakuni boʻyicha hududda jinoyat qayd etilmagan va mahalla “yashil” toifaga kiritilgan boʻlsa-da, bu xotirjamlikka berilish uchun asos boʻla olmaydi. Aniqlanishicha, mazkur mahallada ham spirtli ichimlikka ruju qoʻygan shaxslarni majburiy davolash muassasasiga joylashtirish choralari koʻrilmagan. Eng xavotirli jihati shundaki, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 6 nafar xotin-qizga davlat tomonidan himoya orderi berilgan boʻlib, lekin ushbu ayollarning yashash xonadonlariga xavf tugʻilganda tezkor xabar berishga moʻljallangan tashvish tugmalari oʻrnatilmagan.

Bundan tashqari, mahalladagi ajrim yoqasiga kelib qolgan, nizoli oilalar, muntazam tazyiq va zoʻravonlikka uchragan hamda profilaktik hisobda turadigan xotin-qizlar bilan bugungi profilaktik ishlar tizimli tashkil qilinmagan. Oila buzilishi, notinchlik kabi muammolar esa jamiyatning tanazzuliga olib keluvchi eng xavfli omillardandir.

Amudaryo tuman Prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar yakunlari boʻyicha aniqlangan mazkur jiddiy kamchiliklarni bartaraf qilish hamda kelgusida ularning takrorlanishining oldini olish yuzasidan vakolatli organlarga taqdimnomalar kiritildi.

Jinoyatchilikdan xoli, xavfsiz muhitni yaratish faqatgina qogʻozdagi hisobotlar bilan belgilanmaydi. Asl xavfsizlik har bir insonning dardiga quloq tutish, ishsizlarni band qilish, adashganlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish va zoʻravonlikka uchraganlarni chin maʼnoda himoya qilish bilan taʼminlanadi. Bu ishlarga hissa qoʻshish esa har bir mahalla faolining burchidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019