16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Iqtisodiyot 👁 1,132

Ayoqchi mahallasida tashkil qilingan yoshlar sanoat zonasida oʻnlab yoshlarning bandligi taʼminlandi

Ayoqchi mahallasida tashkil qilingan yoshlar sanoat zonasida oʻnlab yoshlarning bandligi taʼminlandi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bugun yurtimizda 22 milliondan ziyod yoshlar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi oʻrin tutmoqda. Shu bois Prezidentimiz yaqinda yoshlar bilan uchrashuvida barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga oʻrgatish, sportga jalb etish, ularning gʻoya va startaplarini qoʻllab-quvvatlash, ishli va daromadli qilish boʻyicha yanada faol ishlashi shartligini alohida taʼkidlab oʻtdilar. Har yili 600 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotgani, 2030-yilga borib bu koʻrsatkich 1 millionga yetishi kutilayotgani esa yoshlar bandligini taʼminlash masalasini strategik ahamiyatga ega vazifaga aylantirmoqda.

Amudaryo tumanida ham tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada yoshlar sanoat zonalari muhim iqtisodiy maydonga aylanib ulgurdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Ayoqchi mahallasida tashkil qilingan ana shunday yoshlar sanoat zonasida oʻnlab yoshlarning bandligi taʼminlangan. Mahallada istiqomat qiluvchi Zafar Madrimov ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan yosh tadbirkorlardan. U yoshlar sanoat zonasidan har biri 10 sotix boʻlgan 3 ta yer maydoni olib, un tegirmoni faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bundan tashqari, oʻz mablagʻi evaziga kuz-qish mavsumida poliz ekinlari va mevalarni saqlash uchun sendvich panelli zamonaviy sovutgich qurdi. Bu tashabbus nafaqat yosh tadbirkorning daromadini oshirmoqda, balki hududda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash infratuzilmasini yanada yaxshilashga, bozorda narx barqarorligini taʼminlashga ham hissa qoʻshmoqda.

Yoshlar bandligini taʼminlashning ijtimoiy ahamiyati shundaki, ishli va daromadli yoshlar oila farovonligini taʼminlaydi, oilada va jamiyatda ijtimoiy muammolar kamayadi, sogʻlom muhit shakllanadi. Iqtisodiy jihatdan esa yangi ish oʻrinlari yaratilib, soliq tushumlari mamlakat taraqqiyotini ragʻbatlantiradi.

Ayoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi yana bir yosh tadbirkor Shohrux Oʻrazmetov ham yoshlar sanoat zonasida hunarmandchilik faoliyatini yoʻlga qoʻygan. U yogʻochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish bilan shugʻullanib, nafaqat oʻzining bandligini, balki 4 nafar tengdoshini ham ish bilan taʼminlagan. Yoshlar ishlari agentligi va hokim yordamchisining koʻmagi bilan kredit olib, faoliyatini kengaytirayotgan tadbirkorning hali rejalari koʻp.

Yogʻochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish sohasi bugungi kunda iqtisodiyotning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish va uy-joy bozorining kengayishi, aholi daromadlarining oshishi hamda zamonaviy intererga boʻlgan talabning yuqoriligi ushbu tarmoq rivojiga kuchli turtki bermoqda. Ayniqsa, mahalliy xom ashyodan samarali foydalanish orqali import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Buni anglab yetgan yosh tadbirkor oʻz faoliyatini yanada kengaytirib, yangi va zamonaviy uskunalar olib kelishni maqsad qilgan.

Javlonbek Qodirov rahbarligidagi “LAWA ENERGY GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham yoshlar sanoat zonasida samarali faoliyat yuritmoqda. Korxona aholi xonadonlari va ofislar uchun tejamkor isitish tizimlari, jumladan isitish qozonlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va import oʻrnini bosishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy gaz, koʻmir va elektr quvvati kabi resurslar sarfini kamaytirish masalasi dolzarb boʻlib borayotgan sharoitda zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega isitish qozonlariga talab kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, energiya tejovchi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega qozonlar xonadonlar hamda ofis binolari uchun qulay va iqtisodiy yechim hisoblanadi. Bu sohada mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish esa import oʻrnini bosish, mahsulot tannarxini pasaytirish va ichki bozorni barqaror taʼminlash imkonini beradi. Shuningdek, ushbu soha yangi ish oʻrinlari yaratish, muhandislik va texnik mutaxassislarni tayyorlashga yoʻl ochadi.

Yoshlar sanoat zonalari — imtiyozli yer maydoni, kredit, infratuzilma va maslahat koʻmagi taqdim etuvchi samarali mexanizmdir. Bu maydonlarda yoshlar oʻz gʻoyasini amalga oshirish, tadbirkorlikni boshlash va yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan yoshlar tadbirkorligi esa nafaqat iqtisodiyotni jonlantirib, innovatsiyalarni ragʻbatlantirmoqda, balki yoshlar bandligini taʼminlash va ularni jamiyatning faol aʼzosiga aylantirishdek xayrli maqsadlarga ham xizmat qilmoqda.

Bu kabi imkoniyat va imtiyozlar yoshlarimizni tadbirkorlik sohasida ish boshlashga, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyib, jamiyat, xalq va davlat ishonchini oqlashga undamoqda. Zero, oʻz ustida ishlagan har bir yosh kelajakda nafaqat oʻz shaxsiyatini rivojlantiradi, balki oilasi hamda Vatan kelajagini yuksaltirishga ham har tomonlama hissa qoʻshadi. Intilish, mehnat va davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar uygʻunligi esa muvaffaqiyat garovidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019