16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:38
Sport 👁 346

Bayram arafasida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol pedagoglar va umumtaʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi

Bayram arafasida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol pedagoglar va umumtaʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi

Amudaryo tumanida 8-mart – Xalqaro ayol qizlar kuni munosabati bilan taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol pedagoglar va umumtaʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi. Tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosi va sport zalida tashkil etilgan musobaqalar shaxmat, shashka, stol tennisi, darts va voleybol sport turlari boʻyicha oʻtkazilib, taʼlim tizimidagi ayollarning jismoniy faolligini oshirish, bayram munosabati bilan hamkorlik va raqobat ruhini kuchaytirish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratildi. Tadbir taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan tashkil qilinib, unda tumandagi turli umumtaʼlim maktablaridan oʻqituvchilar va boshqa taʼlim xodimlari faol ishtirok etdilar.

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bellashuvlar natijalariga koʻra hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblar aniqlandi. Shaxmat musobaqasida 1-oʻrinni 11-sonli maktab oʻqituvchisi Nazokat Gaipova egalladi. 2-oʻrin 80-sonli maktab oʻqituvchisi Goʻzal Kenjabayevaga, 3-oʻrin esa 45-sonli maktab oʻqituvchisi Tozagul Norboyeva hamda 64-sonli maktab oʻqituvchisi Gulchehra Allamovalarga nasib etdi. Bu musobaqa ayol pedagoglarning intellektual qobiliyatlarini namoyish etish uchun muhim platforma vazifasini oʻtadi.

Shashka musobaqalarida ham qizgʻin bahslar kuzatildi. 1-oʻrinni 85-sonli maktab oʻqituvchisi Sanobar Sharifboyeva qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin 16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Oygul Jumabayevaga, 3-oʻrin esa 29-sonli maktab oʻqituvchisi Gulnora Xudaybergenova hamda 75-sonli maktab oʻqituvchisi Ardax Saymaxanovalarga nasib qildi. Shashka oʻyini pedagoglar oʻrtasida mantiqiy fikrlash va taktik qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Stol tennisi boʻyicha musobaqalarda harakatchanlik va reaktsiya tezligi hal qiluvchi omil boʻldi. 1-oʻrinni 64-sonli maktab oʻqituvchisi Fotima Shomuratova egalladi, uning hujumkor oʻyin uslubi raqiblaridan ustunligini taʼminladi. 2-oʻrin 75-sonli maktab oʻqituvchisi Nafosat Bobojonovaga, 3-oʻrin esa 36-sonli maktab oʻqituvchisi Eʼtibor Bobojonova hamda 45-sonli maktab oʻqituvchisi Muhayyo Karimovalarga nasib etdi. Bu sport turi ayollar oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik va chaqqonlikni oshirishga muhim hissa qoʻshdi.

Darts musobaqalari yakunlariga koʻra 1-oʻrinni “Kelajak markazi” toʻgarak rahbari Shukurjon Jumamuratova qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin 80-sonli maktab oʻqituvchisi Nasiba Kamalovaga, 3-oʻrin esa 29-sonli maktab oʻqituvchisi Ozoda Doʻsmanova va 7-sonli maktab oʻqituvchisi Nilufar Kazakovalarga nasib qildi.

Voleybol musobaqasi ayollar oʻrtasida jamoaviy ruh va hamkorlikning eng yorqin namunasi boʻldi. Musobaqalar yakunlariga koʻra 28-sonli maktab jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin 22-sonli, 3-oʻrin esa 19- va 12-sonli maktablar jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa gʻoliblari va faol ishtirokchilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bu tadbir shunchaki musobaqa emas, balki ayol pedagoglarning mehnatiga yuqori baho berish, ularning jismoniy faolligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi. Ayollarning sport bilan shugʻullanishi ularning sogʻlom va stressdan holi, eng muhimi esa kasbiy faoliyatda yanada faol boʻlishlariga yordam beradi. Bunday tadbirlar tumandagi maktablar jamoalarini yanada jipslashtirib, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026