16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Jamiyat 👁 145

Mahalla — jamiyat tayanchi, inson qadrining mezoni

Mahalla — jamiyat tayanchi, inson qadrining mezoni

Amudaryo tumanida joriy yilning 22-mart kuni «Mahalla tizimi xodimlari kuni» munosabati tantanali bayram kechasi tashkil etildi. Ushbu tadbir yurtimizda mahalla institutiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir yorqin ifodasiga aylandi. Tumandagi “Diamond” restoranida tashkil etilgan ushbu tadbir nafaqat bayramona kayfiyat, balki eʼtirof va ehtirom uygʻunligi bilan ajralib turdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Bahram Masharipov, hokim oʻrinbosarlari, boʻlim va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini samimiy qutladilar. Ularning fidokorona mehnati, xalq bilan bir nafasda yashab, muammolarni joyida hal etishga intilayotgan saʼy-harakatlari alohida eʼtirof etildi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mahalla tizimi tom maʼnoda jamiyat va davlat oʻrtasidagi mustahkam koʻprikka aylanish yoʻlida izchil rivojlanib bormoqda. Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va tezkor bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash — bularning barchasi bugungi mahalla faoliyatining ajralmas qismiga aylandi.

Soʻnggi yillarda qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar mahalla tizimini tubdan yangilash, uning vakolat va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa oʻz navbatida mahallani aholining ishonchli suyanchi, dardiga malham boʻladigan maskanga aylantirishga zamin yaratmoqda.

Joriy yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilinishi bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi. Bu tashabbus mahalla institutini yanada mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi oʻrnini kuchaytirish, eng muhimi, inson qadrini ulugʻlashga xizmat qiladi. Zero, mahalla — bu nafaqat hududiy birlik, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va insoniy qadriyatlar mujassam boʻlgan maskandir.

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar orqali aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandlikni taʼminlash, muammolarni joyida hal etish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Eng chekka hududlargacha kirib borayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik esa davlat siyosatining markazida inson manfaatlari turganining yaqqol dalilidir.

Bugungi kunda mahalla tizimi xodimlari zimmasiga yuklangan vazifalar nihoyatda masʼuliyatli va sharaflidir. Ular har bir xonadonga kirib borib, odamlarning quvonchu tashvishlariga sherik boʻlmoqda, muammolarni yechishda koʻmakchi boʻlmoqda. Shu bois ularning mehnati har qancha eʼtirofga loyiq.

Tantanali tadbir davomida oʻzining fidoyiligi, tashabbuskorligi va samarali faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar tuman hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Bu esa soha vakillariga berilgan yuksak baho, ularning mehnatiga koʻrsatilgan ehtirom ifodasi boʻldi.

Bayram kechasi sanʼat va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etib, ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Mahalla — bu jamiyatning yuragi. Uning rivoji — yurt taraqqiyoti, uning obodligi — xalq farovonligidir.  Uning mustahkamligi, avvalo, unda faoliyat olib borayotgan insonlarning fidoyiligi, halolligi va masʼuliyatiga bogʻliq.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019