16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:38
Sport 👁 315

Yoshlar oʻrtasida harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi

Yoshlar oʻrtasida harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi

Vatan – muqaddas tushuncha. Uning tinchligi va osoyishtaligini asrash, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash hamda osmonimiz musaffoligini saqlash har bir fuqaroning, ayniqsa, kelajagimiz egalari boʻlgan barkamol yoshlarning eng oliy burchi sanaladi. Shu sababli ham bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk, intellektual jihatdan salohiyatli va eng muhimi, yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Aynan shu ezgu maqsad yoʻlida joylarda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, harbiy xizmatchilar va yoshlar uchrashuvlari muntazam ravishda yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Amudaryo tumanida ham oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida ona yurtga muhabbat, fidoyilik, mardlik va jasurlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumani Mudofaa boʻlimi tashabbusi bilan mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish, ularni chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari boʻyicha olgan nazariy bilim va koʻnikmalarini amaliyotda, real hayotiy vaziyatlarda qoʻllashga oʻrgatish maqsadida harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Musobaqa davomida tumandagi umumtaʼlim maktablaridan tashrif buyurgan, koʻzlarida oʻt chaqnab turgan yoshlar oʻzlarining chaqqonligi, merganligi, kuch va irodasini turli sinovlardan oʻtkazdilar. Maydonda hukm surgan sogʻlom raqobat muhiti, ishtirokchilarning gʻalabaga boʻlgan intilishi va ishtiyoqi mazkur sport tadbirining qanchalik ahamiyatli hamda hayajonli ekanligini yaqqol namoyon etdi.

Spartakiada dasturidan oʻrin olgan shartlar yoshlarning nafaqat jismoniy imkoniyatlarini, balki intellektual salohiyatini, tezkor fikrlashini ham sinovdan oʻtkazishga qaratildi. Ishtirokchilar belgilangan masofaga tezlik bilan yugurish, turnikda tortilish, arqon tortishish, avtomatni qismlarga ajratish va yigʻish hamda boshqa shartlar asosida bilimlarni, jismoniy imkoniyatlarini namoyish etishdi.

Har bir shart oʻquvchilardan yuksak masʼuliyatni, chaqqonlikni va albatta, chinakam oʻzaro hamjihatlikni talab etdi. Tadbirni katta qiziqish bilan kuzatib borgan tomoshabinlar, ustoz-murabbiylar va ota-onalar oʻz farzandlarining, shogirdlarining shiddatli harakatlaridan, ularning ertaga el-yurtga kamarbasta boʻladigan vatan himoyachisi degan sharafli nomga munosib boʻlib voyaga yetayotganidan cheksiz gʻururlandilar. Hakamlar hayʼati esa ishtirokchilarning har bir chiqishini odilona, xolis va qatʼiy mezonlar asosida baholab bordi.

Albatta, har qanday sport musobaqasida boʻlgani kabi, bu galgi sport va yoshlik bayramida ham eng kuchlilar, eng chaqqon va bilimlilar saralandi. Natijalarga koʻra, faxrli uchinchi oʻrinni oʻzining tezkorligi va jamoaviy jipsligi bilan koʻpchilikning eʼtiborini tortgan, nomiga monand harakat qilgan 19-sonli umumtaʼlim maktabining "Qalqon" jamoasi qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin esa barcha shartlarda birdek barqaror natijalarni qayd etgan, irodali va bilimdon oʻquvchilardan tashkil topgan 12-sonli maktabning "Vatanparvar" jamoasiga nasib qildi. Eng yuqori – faxrli birinchi oʻrin esa musobaqa davomida chinakam yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, jismoniy va maʼnaviy jihatdan boshqalardan tengsiz ekanligini yaqqol isbotlagan 40-sonli maktabning "Yurt posbonlari" jamoasiga nasib qildi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar tuman Mudofaa boʻlimi hamda tadbir tashkilotchilari tomonidan maxsus diplomlar, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Bu kabi keng qamrovli musobaqalar nafaqat oʻsmirlarning jismoniy chiniqishiga, balki ularda jamoa boʻlib ishlash, qiyin va nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish, sabr-matonatli boʻlishdek eng muhim insoniy xususiyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026