16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:03
Siyosat 👁 1,080

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi

Har bir yurtning tarixida muhim sanalar va voqealar boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ana shunday tarixiy kunlardan biri, shubhasiz, Konstitutsiya qabul qilingan sanadir. Bundan roppa-rosa 33-yil muqaddam, yaʼni 1993-yilning 9-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi. Oʻtgan davr mobaynida Konstitutsiya koʻp millatli xalqimizning hamjihatligi va doʻstligini mustahkamlovchi, ularni ulugʻ bunyodkorlik ishlariga boshlovchi asosiy hujjat boʻlib xizmat qilmoqda.

Ushbu sana respublikaning barcha shahar va tumanlarida keng nishonlanmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan ushbu tantanali marosimda deputatlar, tuman hokimligining masʼullari, hududdagi korxona va tashkilotlar vakillari, taʼlim muassasalari xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Bayramning rasmiy qismi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

Tantanali tadbirni Xalq deputatlari tuman Kengashining kotibiyati mudiri Mansur Oʻrozboyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz nutqida Konstitutsiyamizning davlat va jamiyat taraqqiyotini, xalq jipsligini taʼminlashdagi beqiyos oʻrni va ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstituiyasi — koʻp millatli xalqimizning oʻzaro hamjihatligi, doʻstligi va totuvligini mustahkamlovchi, ularni birdamlikka daʼvat etuvchi muhim huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya nafaqat davlat tuzilishini, balki har bir fuqaroning qadr-qimmati, shaʼni va kelajagini himoya qiladigan qalqondir. Oʻtgan 33-yil ichida erishilayotgan barcha yutuqlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi oʻzgarish va yangilanishlar, xalqimizning turmush darajasi yuksalishi bevosita mana shu Konstitutsiyamizda belgilangan normalarning hayotiy ifodasidir.

Yurtimizning bugungi taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, iqtisodiyotimizning yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan oʻzgarayotgani barchamizni quvontiradi. Bu yutuqlar zamirida inson manfaatlarini hamma narsadan ustun qoʻyuvchi chuqur va puxta oʻylangan strategik maqsadlar mujassam.

Ayniqsa, keyingi yillarda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan alohida farmon va qarorlar, davlat dasturlari hayotimizda muhim burilish yasadi. Ushbu hujjatlar asosida respublikaning eng chekka hududlarigacha yetib borayotgan islohotlar, yangidan barpo etilayotgan zamonaviy turar joylar, ijtimoiy soha obʼektlari, maktab va bogʻchalar, tibbiyot maskanlari xalqimizning ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Amudaryo tumani misolida ham ana shunday ulkan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarining guvohi boʻlish mumkin. Bularning barchasi Konstitutsiyamizda muhrlangan tamoyillarning amaldagi ijrosidir.

Konstitutsiya bayramiga bagʻishlangan tadbirning badiiy qismi ham nihoyatda mazmunli va rang-barang boʻldi. Tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar, milliy raqslar va badiiy chiqishlar orqali xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlarimiz yana bir bor namoyish etildi.

Shu oʻrinda aytish joizki, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni eʼzozlash va hayotimizga tatbiq etish yurt tinchligi va taraqqiyotining eng toʻgʻri yoʻlidir. Bugungidek shodiyonalar esa xalqimizning yakdilligini oshirib, ezgu maqsadlar sari yangi kuch-gʻayrat bagʻishlaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019