16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:31
Iqtisodiyot 👁 1,226

O‘zLiDeP tadbirkor ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlamoqda

O‘zLiDeP tadbirkor ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlamoqda

Bugungi kunda Oʻzbekistonning agrar salohiyatini yuksaltirish va qishloq xoʻjaligida innovatsion yondashuvlarni joriy etish davlat siyosatining eng muhim strategik yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarni zamonaviy dehqonchilik madaniyatiga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish masalasi diqqat markazida turibdi. Bu jarayonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan xayrli tashabbuslar islohotlarning hayotiy ifodasi sifatida namoyon boʻlmoqda. Xususan, «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasidagi loyihalar joylarda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda, odamlarning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Amudaryo tumanining Tosh yop ovuli bugun ana shunday ijobiy oʻzgarishlar markaziga aylandi. Bu yerda «MANG‘IT INVEST PLYUS» masʼuliyati cheklangan jamiyati bazasida tashkil etilgan «Yosh fermerlar maktabi» loyihasi yuzlab yigit-qizlar uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi. Yaqinda partiyaning hududiy va tuman Kengashlari masʼullari, deputatlar, tajribali fermerlar hamda tashabbuskor yoshlar mazkur tadbirkorlik obʼektiga tashrif buyurishdi.

Loyihaning bosh maqsadi — yosh avlodni faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki qishloq xoʻjaligining ilgʻor, ilm-fanga asoslangan usullariga oʻrgatish va ularning amaliy koʻnikmalarini boyitishdan iboratdir. «Yosh fermerlar maktabi» tinglovchilari uchun oʻquv poligoni vazifasini oʻtayotgan mazkur «MANG‘IT INVEST PLYUS» korxonasining tarixi va faoliyati har qanday yosh tadbirkor uchun katta maktab boʻla oladi. Korxonaning muvaffaqiyat yoʻli 2017-yilda «Asaka Bank» tomonidan ajratilgan 477 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlaridan boshlangan edi. Bu sarmoya evaziga bir gektar maydonda eng zamonaviy issiqxona majmuasi barpo etildi. Bugungi kunga kelib, ushbu issiqxona tumanning eksport salohiyatini oshirishga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda. Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, korxona tomonidan shu kungacha qiymati 2 million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan sarxil meva-sabzavot mahsulotlari qoʻshni Qozogʻiston va boshqa davlatlarga eksport qilindi. Bu nafaqat valyuta tushumi, balki mahalliy mahsulotning xalqaro bozordagi nufuzi demakdir.

Ayni paytda bu yerda 25 nafar mahalla aholisi doimiy ish oʻrniga ega boʻlib, ularning aksariyatini xotin-qizlar tashkil etadi. Mavsumiy ishlar paytida esa ishchilar soni bir necha barobarga ortadi. «Yosh fermerlar maktabi» ishtirokchilari issiqxonada qoʻllanilayotgan Xitoy texnologiyalari, sugʻorish va oziqlantirishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan tanishar ekan, yuqori hosildorlikka erishishning sirlarini bevosita amaliyotchi mutaxassislardan oʻrganmoqdalar. Bunday zamonaviy agrotexnologiyalarning afzalliklarini oʻz koʻzi bilan koʻrgan yoshlarda yerga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgarmoqda.

Amudaryo tumanidagi islohotlar faqat yoshlar bandligi bilan cheklanib qolmay, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda. O‘zLiDeP tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan «Mahallaning ishbilarmon ayoli» loyihasi xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashda muhim poydevor boʻlib xizmat qilmoqda. Loyihaning bosh gʻoyasi ayollarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni kasb-hunarga oʻqitishdan iborat. Bu borada Toshyop ovulida istiqomat qiluvchi tikuvchi Shahodat Yusupovaning faoliyati ham tahsinga loyiq. U «ustoz-shogird» anʼanasi asosida har yili 50 nafardan ortiq mahalladosh ayollarni tikuvchilik sirlariga oʻrgatib, ularning daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashib kelmoqda.

Bu kabi tashabbuslar zamirida bir buyuk maqsad mujassam: u ham boʻlsa, qishloq xoʻjaligida va tadbirkorlik sohasida raqobatbardosh, bilimli va zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan yangi avlod kadrlarini tarbiyalash. Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan «Yosh fermerlar maktabi» va «Mahallaning ishbilarmon ayoli» kabi loyihalar nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilashga, balki odamlarning ijtimoiy turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Oʻz imkoniyatlariga ishongan yoshlar va iqtisodiy jihatdan mustaqil ayollar qatlami shakllanayotgani esa mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam kafolatidir. Bunday ezgu ishlarning izchil davom ettirilishi kelgusida yurtimiz dalalarida ilm-fan yutuqlarining yanada keng quloch yoyishiga va har bir xonadonda farovonlik qaror topishiga zamin yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026