16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Qishloq xoʻjaligi 👁 139

Dala chetlari — qoʻshimcha daromad manbai: tuman fermerlarining tajribasi Qoraqalpogʻiston miqyosida ommalashtirilmoqda

Dala chetlari — qoʻshimcha daromad manbai: tuman fermerlarining tajribasi Qoraqalpogʻiston miqyosida ommalashtirilmoqda

Yer — bebaho xazina, undan oqilona va samarali foydalanish toʻkinlikni va farovonligini taʼminlovchi bosh omildir. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasida har bir qarich yerdan unumli foydalanish, bogʻ qator oralari va dala chetlarini boʻsh qoldirmaslik bugungi kunda zamon talabiga aylangan.

Shu maqsadda 22-aprel kuni Amudaryo tumanidagi Oq oltin ovuli hududida joylashgan «Mangʻit bogʻboni» fermer xoʻjaligi dalasida koʻrgazmali seminar tashkil etildi. «Bogʻ qator orasi hamda dala chetlaridan samarali foydalanish ilgʻor tajribalarini qishloq xoʻjaligi korxonalari orasida targʻib qilish» mavzusida oʻtkazilgan tadbirda soha mutasaddilari, Amudaryo tumani fermerlari kengashi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi vakillari ishtirok etishdi. 14 ta tumandan tashrif buyurgan fermerlar kengashi agronomlari va bogʻdorchilik xoʻjaliklari rahbarlari uchun bu uchrashuv tajriba almashish va yangi bilimlarni egallash maydoniga aylandi.

Seminar davomida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Oʻzbekiston Fermerlar kengashining boʻlim boshligʻi Mehriddin Muhammadiyev, Qoraqalpogʻiston Fermerlar kengashi raisining oʻrinbosari Allaniyaz Ajimov va boshqalar soʻzga chiqib bugungi kunda qishloq xoʻjaligi oldida turgan dolzarb vazifalar, yer va suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish zarurligini alohida taʼkidladilar.

Qayd etish joizki, bogʻ qator oralari va dala chetlarini oʻzlashtirish — oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va aholi daromadlarini oshirishda muhim boʻgʻin hisoblanadi. Ilgʻor tajribalar va ilmiy xulosalar shuni koʻrsatmoqdaki, toʻgʻri tashkil etilgan agrotexnik tadbirlar hisobiga umumiy hosildorlikni 10-15 foizgacha oshirish va qoʻshimcha mahsulot yetishtirish imkoniyati mavjud. Bu esa fermer va dehqon uchun ham iqtisodiy barqarorlikka erishish demakdir.

Bugungi kunda Amudaryo tumanidagi qishloq xoʻjaligi korxonalarida jami 1096 gektar maydonda mevali bogʻlar mavjud boʻlib, shundan 761 gektari hosilli bogʻlar boʻlsa, 335 gektarini yangi barpo etilgan maydonlar tashkil etadi. Joriy yilga belgilangan rejaga koʻra 60 gektar maydonda intensiv mevali bogʻlar va 20 gektarda yangi uzumzorlar barpo etish koʻzda tutilgan. Sohaga berilayotgan eʼtibor natijasida tumanda bogʻdorchilikka qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Eng muhimi, Yoshlar ishlari agentligi va Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida bogʻlarda ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyilgani ijtimoiy masalalar yechimida ham qoʻl kelmoqda.

Maʼlumki, bogʻ qator oralariga ekin ekish — mevali daraxtlar toʻliq hosilga kirgunga qadar yerdan maksimal foydalanishning eng samarali usulidir. Yangi barpo etilgan 3-4 yillik bogʻlarda pomidor, bodring, sabzi, kartoshka yoki dukkakli ekinlardan mosh va noʻxat yetishtirish tuproq unumdorligini oshirish bilan birga qoʻshimcha daromad keltiradi. Intensiv bogʻlarda esa texnika harakatiga xalaqit bermaydigan, oʻsuv davri qisqa boʻlgan piyoz va sarimsoq kabi ekinlarni «toʻqsonbosti» usulida ekish tavsiya etiladi. Bunda eng muhim shart — ekilgan mahsulot asosiy daraxtning ildiz tizimi va ozuqasiga sherik boʻlmasligi, sugʻorish va ishlov berish jarayonlariga toʻsqinlik qilmasligidir.

Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq, endilikda dala chetlari, aholi tomorqalari va hatto koʻp qavatli uylar atrofidagi boʻsh yerlarda mahsulot yetishtirish tartibi belgilandi. Davlat tomonidan bunday tashabbuskorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ichki fitosanitariya sertifikati bepul berilishi, shuningdek, «in-vitro» usulida yetishtirilgan koʻchatlar xarajatining bir qismi subsidiya sifatida qoplab berilishi fermerlar va dehqonlar uchun katta ragʻbatdir. Oʻz navbatida yerga boʻlgan masʼuliyat ham shunga yarasha kuchaytirildi. 2026-yildan boshlab dala chetlariga belgilangan muddatda ekin ekilmasa, yer ijarachisiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik va soliq stavkalarining 3 baravar oshirilishi kabi choralar koʻzda tutilgan.

Dala chetlari va zovurlar atrofiga eksportbop olcha, behi, bodom, uzum va terak koʻchatlarini ekish nafaqat iqtisodiy foyda, balki ekologik barqarorlikni ham taʼminlaydi. Daraxtlar tuproqni shamol eroziyasidan himoya qiladi va yerning shoʻrlanishini kamaytiradi. Xulosa qilib aytganda, bogʻ qator oralari va dala chetlariga maqbul ekinlarni ekish — bu shunchaki majburiyat emas, balki zamonaviy qishloq xoʻjaligining daromad keltiruvchi asosiy manbaidir.

Bugun Amudaryo dalalarida amalga oshirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlar ertangi toʻkinlik va xalqimiz farovonligining mustahkam poydevori boʻlib xizmat qiladi. Zero, yer — unga mehr berganni, uning har bir qarichini qadrlaganni hech qachon rizqsiz qoldirmaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019