16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:26
Sport 👁 109

Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan ommaviy sport tadbirlari oʻtkazildi

Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan ommaviy sport tadbirlari oʻtkazildi

Yurtimizda har yili keng nishonlanadigan 9-may — Xotira va qadrlash kuni nafaqat oʻtganlarni xotirlash, ularning jasorati oldida bosh egish, balki bugungi tinch, erkin va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, shu bilan birga, kelajak egalari boʻlmish yoshlarni sogʻlom va barkamol qilib tarbiyalash maqsadlarini ham oʻz ichiga oladi. 8-may kuni Amudaryo tumanida ham shu maqsadda ommaviy sport tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Tuman hokimligi hamda tuman Sport maktabining oʻzaro hamkorligida tashkil etilgan mazkur sport bayrami aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va bayram shukuhini yanada oshirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qildi. Ushbu ommaviy musobaqa doirasida ishtirokchilar sportning velomarafon hamda yengil atletika turlari boʻyicha oʻz kuch, tezlik va imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Sport bellashuvlarida umumiy hisobda 200 dan ortiq mahalla yoshlari faol ishtirok etib, oʻzlarining mustahkam irodasi, jismoniy tayyorgarligi va gʻalabaga boʻlgan cheksiz intilishlarini namoyish etishdi. Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki chinakam doʻstlik va salomatlik bayramiga aylanib ketdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning xavfsizligi, tibbiy muhofazasi va salomatligini taʼminlash masalasiga ham tashkilotchilar tomonidan katta etibor qaratildi. Xususan, Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasining maxsus tez tibbiy yordam mashinalari va malakali hamshiralari butun tadbir davomida shay holatda, hushyor turdi. Shuningdek, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlarining bevosita nazorati ostida jamoat tartibi va harakat xavfsizligi taʼminlanib, bellashuvlarning yuqori surʼatda, hech qanday noxush holatlarsiz oʻtishiga erishildi.

Juda qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra turli yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Yengil atletika yoʻnalishida erkaklar oʻrtasida kechgan shiddatli bahsda Azamat Oʻrozboyev marra chizigʻini hammadan oldin kesib oʻtib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Undan keyingi natijalarni esa Diyorbek Shomuratov va Alibek Oʻrazmetovlar band etishdi. Qizlar oʻrtasidagi yengil atletika musobaqasida Oybek mahallasidan tashrif buyurgan Dinora Ozodova barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-oʻringa sazovor boʻldi. Amir Temur nomli ovul vakili Tovus Murotboyeva 2-oʻrinni, Xolimbeg ovulidan kelgan Barchinoy Zaripboyeva esa 3-oʻrinni egalladi.

Velomarafon bahslarida esa Navoiy mahallasi vakili Ahmad Oʻrozboyev eng tezkor natija qayd etib, 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, Olmazor mahallasi sharafini himoya qilgan Javohir Maqsetov hamda Bunyod Bahodirovlar mos ravishda 2 va 3-oʻrinlarga loyiq deb topildi va shohsupaga koʻtarildi.

Tashkilotchilar tomonidan nafaqat gʻoliblar, balki oʻzlarining faolligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlgan qatnashchilar ham munosib eʼtirof etildi. Jumladan, Xolimbeg ovulidan Javohir Yoʻldoshev va Oʻrta qalʼa ovulidan Bobur Jumaboyevlar musobaqaning eng yoshi kichik ishtirokchilari sifatida alohida eʼtiborga tushdi va ragʻbatlantirildi. Shuningdek, Haytiboy Chovdirov velomarafon boʻyicha, Rufat Babajanov esa yengil atletika boʻyicha “Eng yoshi katta ishtirokchi” nominatsiyalariga munosib koʻrildi.

9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan mazkur sport tadbiri tuman aholisining jismoniy tayyorgarligi va sogʻlom turmush tarziga boʻlgan mehrini namoyish etish bilan birga, ular qalbida vatanparvarlik, oʻzaro oqibat, hurmat va milliy anʼanalarimizga boʻlgan sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bu kabi keng qamrovli ommaviy tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlabgina qolmay, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishdek eng muhim vazifani bajarishi bilan ham beqiyos ahamiyatga egadir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019