16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Jamiyat 👁 148

Amudaryo tumanida voyaga yetmaganlar xavfsizligi: tungi reydlar va natijalar

Amudaryo tumanida voyaga yetmaganlar xavfsizligi: tungi reydlar va natijalar

Amudaryo tumanida yoshlarning kelajagi va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda nazoratsiz qolishi hamda turli koʻngilochar maskanlarda qonuniy vakillarisiz boʻlishining oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan.

Shu maqsadda, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar tomonidan keng koʻlamli tungi reydlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Navbatdagi shunday tadbir avvalida ham tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sharapat Joldasbayev tomonidan shaxsiy tarkibga aniq va qatʼiy koʻrsatmalar berildi. Mazkur topshiriqlarga koʻra, har bir tekshiruv fuqarolarning huquqlarini hurmat qilgan holda, yuksak xizmat madaniyati asosida olib borilishi qatʼiy belgilandi. Shuningdek, 18 yoshga toʻlmagan shaxslar aniqlanganda ularning hujjatlarini tekshirish, muloyim va tarbiyaviy ruhda suhbatlashish hamda ularni oʻz ota-onalariga topshirish jarayonida kattalar bilan ham jiddiy tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatildi. Koʻngilochar maskanlar egalariga esa qonunchilik talablarini yana bir bor tushuntirish orqali takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Tungi reydlar davomida ichki ishlar organlari xodimlari internet-kafelar, kompyuter klublari, restoranlar, kafelar, barlar va tungi klublar kabi qator obʼektlarni koʻzdan kechirdilar. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi yoshlarni jazolash emas, balki ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, tunda nazoratsiz yurib jinoyat qurboniga yoki ishtirokchisiga aylanib qolishining oldini olishdir.

Maʼlumki, soat 22:00 dan to 06:00 ga qadar voyaga yetmagan fuqarolarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar hamrohligisiz bunday joylarda boʻlishi qatʼiyan taqiqlanadi. Kompyuter zallari va internet-kafelar ham oʻz navbatida yoshlarga oʻquv vaqtida va tunda xizmat koʻrsatmasligi shart. Agar ushbu taqiqlar buzilsa, qonunchilikda qatʼiy javobgarlik choralari koʻzda tutilgan.

Xususan, farzandining tunda nazoratsiz yurishiga yoʻl qoʻygan ota-onalarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi asosida chora koʻriladi. Voyaga yetmaganlarni tunda ichkariga kiritgan maskan egalari esa ushbu kodeksning 1882-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki ularning faoliyati cheklanishi va hatto toʻxtatilishi mumkin.

Koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi raqamlarda ham oʻz aksini topmoqda. 2026-yilning dastlabki 4 oyi davomida Amudaryo tumani hududida jami 82 marotaba tungi reyd tadbirlari amalga oshirildi. Bu tekshiruvlar davomida 15 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, maskan egalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tungi vaqtda maqsadsiz yurgan 42 nafar voyaga yetmagan shaxslar aniqlanib, ularning ota-onalariga kodeksning 47-moddasi asosida tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi. Eng achinarlisi, ushbu yoshlarning 10 nafari mutlaqo qarovsiz va nazoratsiz qolganligi sababli ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtirildi va ularning qonuniy vakillari zudlik bilan chaqirtirildi.

Bugungi kunda oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar faqatgina huquqbuzarliklarni aniqlash va qayd etish bilan cheklanib qolmaydi. Uning negizida yoshlarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish, ularning xavfsizligini taʼminlash va jamiyatda sogʻlom muhitni shakllantirishdek ulugʻvor maqsad yotibdi. Har bir fuqaro, ayniqsa ota-onalar va tadbirkorlar bu borada hushyorlik va yuksak masʼuliyatni his etishlari lozim. Zero, bugun amalga oshirilayotgan har bir saʼy-harakat va nazorat tadbiri ertangi kunimiz egalari boʻlgan yosh avlodning porloq va bexatar kelajagi uchun qoʻyilgan eng muhim qadamdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019