16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Qishloq xoʻjaligi 👁 110

Amudaryoda fermerlar bilan ochiq muloqot: yangi farmonlar qishloq xoʻjaligida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Amudaryoda fermerlar bilan ochiq muloqot: yangi farmonlar qishloq xoʻjaligida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan ushbu ochiq muloqot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan PF–82-sonli hamda lalmi va yaylov yerlaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish boʻyicha PF–83-sonli Farmonlari mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bagʻishlandi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligi vaziri Kamiljan Aytbayev ishtirok etib, fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan yaratilayotgan yangi moliyaviy imkoniyatlar hamda fermerlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi farmonlar qishloq xoʻjaligi tarmogʻida iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarga berilayotgan moliyaviy imtiyozlar fermerlarning manfaatdorligini yanada kuchaytirishi qayd etildi.

Farmonga muvofiq, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan imtiyozli kredit foizlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. Xususan, paxta yetishtirish uchun ajratilgan kreditlarni belgilangan muddatda qaytargan xoʻjaliklarga foiz toʻlovining 2,5 foizlik punkti, yil yakunigacha toʻliq qaytarganlarga esa 5 foizlik punkti qoplab beriladi. Bugʻdoy yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni 1-avgustga qadar toʻliq qaytargan xoʻjaliklar uchun esa foiz toʻlovining 4 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi.

Bu esa, avvalo, fermerlarning kredit yukini kamaytirish, ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda yangi mavsumga yanada puxta tayyorgarlik koʻrishiga zamin yaratadi.

Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham alohida yengilliklar nazarda tutilgan. Endilikda paxta xomashyosini xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha toʻlangan foizlarning bir qismi davlat tomonidan qoplanadi. Bu esa ishlab chiqarish zanjirida uzluksizlikni taʼminlash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda dizel yoqilgʻisi xarajatlarini kamaytirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilishicha, 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yoqilgʻisi qiymatining 13 million soʻmdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu imkoniyat qishloq xoʻjaligi texnikalaridan samarali foydalanish, mavsumiy ishlarni oʻz vaqtida bajarish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir davomida lalmi va yaylov yerlaridan samarali foydalanishning yangi tartiblari ham batafsil tushuntirildi. Mutaxassislar tomonidan ushbu yer maydonlarini iqtisodiy aylanishga kiritish, chorvachilik va yem-xashak bazasini mustahkamlash, suv tanqisligi sharoitida samarali agrotexnologiyalarni qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berildi.

Fermerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kredit olish, subsidiya ajratish, yer maydonlaridan foydalanish hamda hosilni realizatsiya qilish masalalarida mutasaddilardan batafsil javob oldilar. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuv soha vakillari uchun muhim axborot va tajriba almashuv maydoniga aylandi.

Taʼkidlash joizki, mazkur farmonlar nafaqat fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, balki qishloq xoʻjaligida samaradorlikni oshirish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda ham muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019