16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Salomatlik 👁 8,074

ASORATI OFIR XASTALIK

ASORATI OFIR XASTALIK

Ona boʻlish ayol kishinig baxti, farzand esa uning kelajagidir. Xalqimiz "Ona bilan bola-gul bilan lola”, deb bejiz aytmagan. Dunyoga kelgan yangi mehmon - farzand oilaga oʻzi bilan olam-olam quvonch, baxt, shirin turmush, oʻzaro totuvlik olib keladi.

 Mamlakatimizda sogʻlom avlodni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilyapti. Chaqaloqqa havo qanchalik zarur boʻlsa, ona suti ham shunchalik zarur. Ona sutida yuqumli kasalliklarga qarshi antitelolar boʻladi. Ular bolani turli kasalliklardan saqlashda muhim muhofaza rolini bajaradi. Ona sutining yana bir muhim tomoni shundaki, unda bola organizmi uchun zarur juda koʻp vitaminlar boʻladi. Ona sutidagi barcha oziq moddalarni goʻdak juda yaxshi hazm qiladi. Demak, bolani koʻkrak suti bilan boqish uning sihat-salomat boʻlishida muhim ahamiyatga ega. Biroq, ona chilla davri kasalliklariga uchrasa, koʻkrak uchi qiyilsa, sut bezlari yalligʻlansa (mastit), goʻdakni emizishda ancha azob tortadi.
  Mastit koʻpincha chilla davrining 10 kunida koʻproq, keyingi kunlarda esa ancha kam uchraydi. Bu kasallik sport va jismoniy ish bilan mashgʻul boʻlgan ayollarga qaraganda jismonan zaif, chiniqmagan ayollarda koʻproq uchraydi. Natijada bunday ayollarda organizmning himoya kuchi pasayib ketadi va har xil kasalliklarga chalinadigan boʻlib qoladilar.

   Mastit kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bolani notoʻgʻri emizishdir. Ayrim onalar, ayniqsa bizning issiq iqlim sharoitida terlab turib, gigiyena qoidalariga rioya qilmasdan emizadilar. Yosh ona hali tajribasiz boʻlganidan bola har gal yigʻlaganda pala-partish emizaveradi. Albatta bu notoʻgʻridir. Bolani har uch soatdan emizishga odatlanish kerak. Kasallik koʻpincha badan uvishishi bilan boshlanadi, harorat koʻtariladi, ayrim vaqtlarda harorat 39 darajadan ham oshib ketadi. Sut bezlari kattalashib ketadi, kuchli ogʻriq paydo boʻladi, koʻkrak terisi biroz qizaradi, agar 3-4 kun ichida qoʻllangan davo choralari natijasida isitma tushmasa, yiring toʻplanib, kasallik zoʻrayib ketadi. Yiring toʻplanganda ogʻriq yana ham zoʻrayadi, harorat koʻtariladi, natijada onaning ahvoli ogʻirlashib, hatto bolani emiza olmay qoladi. Yalligʻlanish jarayoni natijasida organizmda toʻqimalarda yot moddalar toʻplanib, mastitga aylanib ketadi.

   Koʻpgina onalar yalligʻlangan koʻkrakni sogʻib tashlamasdan, bolani emizaveradilar, aslo bunday qilmaslik kerak, sababi yalligʻlangan koʻkrakdan qon va limfa tomirlari orqali onaning sutiga mikroblar oʻtib bolaning ham kasallanishiga olib keladi. Mastitni koʻkrakga sut kelmay qolishidan ajrata bilish kerak. Sut toʻxtab qolganda koʻkrak kattalashib ketadi. Terisi sal qizaradi, harorat 37,5 - 38 daraja atrofida boʻladi. Agar sut toʻxtab qolsa, uni sogʻib tashlash bilan birga surgi dorilar ichish kerak.

   Chilla davrida harorat koʻtarilganda albatta vrachga borib, maslahat olish kerak. Ayrim vaqtlarda kasallikning oʻz vaqtida oldi olinib, vrach maslahati bilan davolanilsa harorat tushadi. Shunda baʼzi ayollar davolanishga eʼtibor bermay qoʻyadilar. Binobarin, kasallik zoʻrayib dori-darmonlar yordam bermay qoʻyadi va sut bezlarini operatsiya qilishdan boshqa chora qolmaydi.

   Mastit bilan ogʻrigan bemor vrach maslahati bilan oʻz vaqtida toʻla-toʻkis davolanganda 10-12 kun ichida sogʻayib ketadi. Yiringli mastit bir oy va undan ham koʻproq vaqtga choʻziladi. Ayrim ayollar koʻkrak uchi qiyilganda va mastit bilan ogʻrib qolganda vrach maslahatisiz har xil malhamlar qoʻyadilar. Bu esa infektsiyaning chuqur qatlamga kirishiga yordam beradi.

   Emizikli ayollar albatta gigiyena qoidalariga rioya qilishlari lozim. Bolani har safar emizishdan oldin qoʻlni sovunlab yuvib, koʻkrak uchini furatsilin eritmasi bilan, hech boʻlmasa qaynab sovigan suv bilan yuvib emizishi kerak. Umuman, mastit boʻlganda albatta vrachga murojaat qilish zarur.


Mavlonbergan TAJIBOYeV,

tuman koʻptarmoqli poliklinikasi jarrohi,

QRda xizmat koʻrsatgan sogʻlikni saqlash xodimi.

(Foto - http://soglom.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019