16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Fan va taʼlim 👁 159

21-may — Kutubxonachilar kuni munosib nishonlandi

21-may — Kutubxonachilar kuni munosib nishonlandi

Maʼnaviyat va maʼrifat har qanday jamiyat taraqqiyotining poydevori hisoblanadi. Bu poydevorni mustahkamlashda esa kitobning, mutolaa madaniyatining oʻrni beqiyosdir. Insoniyat yaratilgan dastlabki davrlardan boshlab oʻz tajribasi, bilimi va kashfiyotlarini qogʻozga tushirishga, ularni kelajak avlodlarga yetkazishga intilib kelgan. Ana shunday buyuk vazifani oʻz zimmasiga olgan, asrlar qaʼridan yetib kelgan durdona asarlarni, ilm-fan yutuqlarini asrab-avaylab, kitobxonlarga yetkazib beradigan moʻʼtabar kasb egalari — kutubxonachilar mehnati har qanday tahsinga sazovordir.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalari asrida ham anʼanaviy kitob va kutubxonaning qadri aslo yoʻqolgani yoʻq, aksincha, ularning jamiyat hayotidagi, ayniqsa, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kutubxonachi faqatgina kitob beruvchi shaxs emas, u oʻquvchining dunyoqarashini shakllantiruvchi, uning qiziqishlarini toʻgʻri yoʻnaltiruvchi va maʼnaviy olamini boyitishga xizmat qiluvchi maʼnaviy ustozdir.

Shu boisdan ham yurtimizda ushbu sharafli kasb egalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib qadrlash va ragʻbatlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur hujjatga muvofiq mamlakatimizda 21-may sanasi "Kutubxonachilar kuni" sifatida keng nishonlanishi belgilangan. Qarorda ushbu sana munosabati bilan oʻzining boy tajribasi, kasbiga boʻlgan sadoqati bilan ajralib turadigan, sohada halol mehnat qilib, axborot-kutubxona tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi xodimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularni ragʻbatlantirish masalasi alohida koʻzda tutilgan.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim sohasini yanada takomillashtirish va tizimdagi islohotlarni jadallashtirish maqsadida may oyida "Muhim oylik" eʼlon qilingan boʻlib, mazkur oylik doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan. Ushbu “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek, kutubxonachilarning jamiyatdagi oʻrnini keng targʻib qilish maqsadida 20-may kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Kutubxonachilar kuni" munosabati bilan maʼrifiy anjuman tashkil etildi.

Ushbu bayram tadbiriga hududdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining kutubxona mudirlari va xodimlari taklif etildi. Tadbirga yigʻilgan hamkasblar nafaqat kasb bayramini nishonladilar, balki oʻzaro tajriba almashdilar, sohadagi yangiliklar va kelgusidagi rejalar haqida qizgʻin fikrlashish imkoniga ega boʻldilar.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar kutubxonachilarning maktab hayotidagi, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning tarbiyasidagi beqiyos oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar. Anjuman doirasida yil davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashgan, oʻquvchilarni kitob mutolaasiga jalb qilishda turli xil innovatsion usullardan foydalangan, kutubxona fondini boyitish va uni tizimli tashkil etishda alohida jonbozlik koʻrsatgan umumtaʼlim maktablarining eng faol va ilgʻor kutubxonachilari eʼtirof etildi. Ularga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Bunday ragʻbat, eʼtirof va mukofotlar ularning yillar davomidagi zahmatli mehnatlariga berilgan bahodir.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan taʼlim sohasiga, shu jumladan, axborot-kutubxona markazlarini eng zamonaviy texnologiyalar va boy kitob fondlari bilan taʼminlashga juda katta mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Bu yaratilgan shart-sharoitlarni oʻquvchilarga toʻgʻri va samarali yetkazishda aynan kutubxonachining oʻrni oʻta muhimdir. Ularsiz har qanday zamonaviy kutubxona ham shunchaki kitoblar saqlanadigan omborxonaga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday ekan, 21-may sanasi faqatgina kutubxonachilarning emas, balki kitobni sevuvchi, qadrlovchi va undan maʼnaviy ozuqa oluvchi barcha ziyoli insonlarning kasb bayrami hisoblanadi.

Jamiyatning ziyo maskanlari boʻlmish kutubxonalar va ularning fidoyi xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi yuksak eʼtibor kelajak avlodning yanada bilimli, maʼnaviyati yuksak va dunyoqarashi keng insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, kitobga, ilm-fanga va maʼrifatga qaratilgan eʼtibor — bu avvalo kelajakka, millatning ertangi kuniga yoʻnatirilgan eng katta va bebaho sarmoyadir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019