16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 306

“Adliya sayli” va “Yoshlar sayli” tadbirlari oʻtkazildi

“Adliya sayli” va “Yoshlar sayli” tadbirlari oʻtkazildi

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, avvalo, aholining huquqiy ongi, fuqarolik masʼuliyati va yoshlarning faolligi bilan chambarchas bogʻliq. Shu maʼnoda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Adliya sayli” hamda “Yoshlar sayli” tadbirlari nafaqat huquqiy-maʼrifiy loyiha, balki xalq bilan ochiq muloqot, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamiyatda sogʻlom muhitni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platformaga aylandi.

Mazkur tadbirlar aholining barcha qatlamlarini qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularni Vatanga sadoqat, qonunga hurmat va faol fuqarolik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir davomida Adliya vazirligi masʼullari hamda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning jamiyatdagi oʻrni haqida fikr bildirdi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va davlat xizmatlarini xalqchil tizim asosida tashkil etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.

Tadbir doirasida oʻtkazilgan “Salomatlik uchun besh ming qadam” ommaviy yurish aktsiyasi sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholi oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish hamda birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Sport musobaqalari esa yoshlarni chiniqish, irodali boʻlish va jamoaviy hamjihatlik ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.

Shuningdek, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi koʻrgazmali chiqishlar yoshlarda milliy gʻurur va Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada kuchaytirdi. Harbiy texnika va maxsus vositalar namoyishi, vatanparvarlik mavzusidagi chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Sayl davomida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik, kitob va mahsulotlar yarmarkalari esa milliy qadriyatlarimizni targʻib qilish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qildi. Koʻrgazmalar hamda madaniy dasturlar tadbirga oʻzgacha ruh va fayz bagʻishladi.

Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tashkil etilgan sayyor qabullar tadbirning eng muhim jihatlaridan biri boʻldi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan aholining murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy yordamlar koʻrsatildi. Bu esa davlat idoralari va xalq oʻrtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi globallashuv davrida huquqiy savodxonlikni oshirish, yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. “Adliya sayli” va “Yoshlar sayli” ana shu maqsadlarni amalga oshirishda muhim ijtimoiy loyiha sifatida namoyon boʻldi.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur tadbirlar aholiga huquqiy axborotni yetkazish, davlat xizmatlarini xalqchil va qulay shaklda taqdim etish, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda jamiyatda qonunga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bunday loyihalar inson manfaatlari ustuvor boʻlgan yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019