16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:54
Jamiyat 👁 248

Amudaryo tumanida Qurbon hayiti keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Qurbon hayiti keng nishonlandi

Muqaddas qadriyatlarimiz, mehr-oqibat va chin insonparvarlik tuygʻularini oʻzida mujassam etgan ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti jonajon yurtimiz boʻylab oʻziga xos shukuh, fayz va koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olindi. Mamlakatimizning har bir goʻshasi va mahallalarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham ushbu muborak bayram keng miqyosda nishonlandi. Xususan, 27-may kuni erta sahardan boshlab Mangʻit shahrida joylashgan “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi hamda tuman hududidagi barcha boshqa masjidlar yurtdoshlarimiz bilan toʻldi.

Minglab yurtdoshlarimiz dastlab Hayit namozidan oldingi maʼrifiy va ruhiy tarbiyaga boy boʻlgan maʼruzalarni katta eʼtibor bilan tingladilar. Ushbu taʼsirchan maʼruzalar davomida Qurbon hayitini munosib nishonlash, bu qutlugʻ kunni ulugʻ bayram sifatida koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish lozimligi alohida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, ulamolarimiz tomonidan bu bayramning asl mohiyati faqatgina ibodat va marosimlar bilan cheklanmasligi, balki insonlarga ato etilgan behisob va bebaho neʼmatlarga shukronalik bildirish, yon-atrofimizdagi koʻmakka muhtoj insonlarga beminnat yordam qoʻlini choʻzish, oilalarga quvonch va shodlik ulashishdan iborat ekanligi keng tushuntirildi.

Davlatimiz rahbarining Qurbon hayiti munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigida ham ayni shu muhim jihatlarga alohida urgʻu berildi. Tabrikda taʼkidlanganidek, tinchlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami hisoblangan Qurbon hayiti muqaddas dinimiz mohiyatida mujassam boʻlgan ezgu gʻoya va insonparvar amallarni yaqqol ifoda etadi. Bu oliyjanob jihatlar hozirgi kunda mamlakatimiz boʻylab insonparvarlik ruhida, avvalo inson qadrini ulugʻlash maqsadida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning maʼno-mazmuniga toʻla uygʻun hamda hamohang ekanligi bilan barchamiz uchun yanada aziz va qadrlidir.

Chindan ham, bu yilgi Qurbon hayiti bayramini oʻtkazishga yurtimizda har qachongidan ham oʻzgacha tayyorgarlik koʻrildi. Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan ushbu muborak ayyom arafasida keng koʻlamli xayriya va muruvvat tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, ogʻir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi murakkab kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi. Bundan tashqari, onkologik, gematologik va onkogematologik tashxisi qoʻyilgan 2 300 nafar bemorni chuqurlashgan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularni zamonaviy usullarda davolash va kerakli murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish ishlari boshlandi. Shuningdek, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi kabi oʻta murakkab amaliyotlar bajariladi.

Bayram kunlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramogʻidan butunlay mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qahramonlarcha qurbon boʻlgan ota-onalarning farzandlari uchun ularning shaxsiy omonat hisobvaraqlariga 200 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻlari oʻtkazib berilmoqda. 500 ta masjidda aholi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, zamonaviy tahoratxonalar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash, shu bilan birga, joylardagi qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, davlat taʼminotidagi oilalar, oʻzgalar mehri va parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar maxsus kundalik oziq-ovqat toʻplamlari bilan taʼminlanmoqda. Mazkur muruvvat va xayriya chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 690 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Ushbu munavvar kunlarda 15 ming nafardan ziyod vatandoshlarimiz Saudiya Arabistonida muqaddas haj amallarini ado etmoqdalar. Ayniqsa, bu yil tariximizda ilk marta “Prezident hojilari” deb nomlangan maxsus dastur joriy etilgani barcha moʻmin-musulmonlarni birdek quvontirdi va qalblarini gʻururga toʻldirdi. Ushbu dasturga muvofiq, el-yurtimizga sidqidildan, halol va fidokorona xizmat qilgan 100 nafar yurtdoshimiz, yaʼni el orasida hurmatga sazovor boʻlgan ulamolar, piru badavlat nuroniylar, mahalla faxriylari hamda ularning oila aʼzolari davlatning toʻlaqonli koʻmagida muborak haj safariga borishdek imkoniyatga ega boʻldilar.

Amudaryo tumanidagi barcha masjidlarda Qurbon hayiti namozi toʻliq ado etilgach, yigʻilgan minglab yurtdoshlarimiz duoga qoʻl ochdilar. Ular shunday dorilomon, yorugʻ va farovon tinch kunlarga eson-omon, sogʻ-salomat yetkazgani uchun Yaratganga behisob shukronalar va hamdu sanolar aytdilar. Bundan tashqari mustaqil yurtimizga barqaror tinchlik-xotirjamlik, doimiy yuksalish, mehnatkash va bagʻrikeng xalqimizga esa omonlik, qut-baraka va farovonlik tilab eng ezgu duolar qildilar.

Muborak ayyom kunlarida yurtdoshlarimiz tomonidan mamlakatimizning turli goʻshalaridagi moʻtabar ziyoratgohlar, qabristonlar va tarixiy qadamjolarning ziyorat qilinishi esa yurtdoshlarimizning oʻtgan ajdodlar ruhiga boʻlgan chuqur ehtiromi hamda boy madaniy, maʼnaviy merosimizga boʻlgan yuksak hurmatining yorqin ifodasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019