16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Sport 👁 122

“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sovrindorlari tantanali taqdirlandi

“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sovrindorlari tantanali taqdirlandi

Amudaryo tumanida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining tuman bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Bayramona ruhda oʻtgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar rahbarlari, yoshlar yetakchilari, sport sohasi vakillari, musobaqa ishtirokchilari, keng jamoatchilik hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida sport maydonlarida oʻz mahorati, matonati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etgan yoshlarning yutuqlari munosib eʼtirof etildi.

Musobaqalar yakunlariga koʻra, oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol bahslarida Toʻlqin ovuli jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Kuyuk koʻpir ovuli jamoasiga nasib etgan boʻlsa, Namuna mahallasi jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi mini futbol musobaqalarida esa Qilichboy ovuli jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritdi. Oybek mahallasi jamoasi ikkinchi, Boʻston mahallasi yoshlari esa uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Qiz bolalar oʻrtasidagi mini futbol bahslari ham murosasiz va qiziqarli kechdi. Yakuniy natijalarga koʻra, Xolimbeg ovuli jamoasi musobaqa gʻolibiga aylandi. Oq oltin ovuli jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Qipchoq shaharchasi jamoasi uchinchi oʻrin bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hamda tadbirda ishtirok etgan rahbarlar sportning yoshlar hayotidagi oʻrni va ahamiyatiga alohida toʻxtalib, musobaqa davomida yuksak natijalarni qayd etgan sportchilarni samimiy muborakbod etdilar. Shuningdek, ular yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishi va intilishi yildan-yilga ortib borayotgani, bu esa kelgusida yurtimiz sharafini himoya qiladigan isteʼdodli sportchilar safining kengayishiga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Tantanali marosim davomida sovrindor jamoalar ketma-ketlikda sahnaga taklif etildi. Ularga diplomlar, medallar, sport anjomlari hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Ayniqsa, musobaqalarda faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalarga chempionlik kubogining topshirilishi tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biriga aylandi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov gʻolib jamoalarga kuboklarni tantanali ravishda topshirar ekan, ularning mehnati, intilishi va gʻalabaga boʻlgan ishonchini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir davomida yosh sportchilarning yutuqlari keng jamoatchilik oldida eʼtirof etilib, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishiga tilak bildirildi. Shuningdek, sport orqali doʻstlik, hamjihatlik, vatanparvarlik va sogʻlom turmush tarzi gʻoyalari targʻib etilayotgani alohida qayd etildi.

Taqdirlash marosimi tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom ettirildi. Respublika miqyosida tanilgan sanʼatkorlar hamda tumanimizning isteʼdodli va umidli xonandalari ijrosidagi shoʻx-shodon kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Musiqiy chiqishlar, joʻshqin taronalar va bayramona muhit sportchilar hamda mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Sport va sanʼat uygʻunligida oʻtgan ushbu tantanali tadbir nafaqat musobaqa gʻoliblarini eʼtirof etish, balki yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirish, ularni sogʻlom va faol hayot tarziga chorlaydigan muhim maʼnaviy-maʼrifiy tadbir sifatida ham katta ahamiyat kasb etdi. “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, isteʼdodlarni kashf etish va ularni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi muhim loyihalardan biri boʻlib qolishi, shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019