16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Salomatlik 👁 148

Muzqaymoq va salqin ichimliklar sifati nazorat qilinmoqda

Muzqaymoq va salqin ichimliklar sifati nazorat qilinmoqda

Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan inson organizmining salqin ichimliklar va muzqaymoq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji tabiiy ravishda ortib boradi. Biroq, jazirama issiqda bunday mahsulotlarni isteʼmol qilish nafaqat rohat bagʻishlaydi, balki maʼlum sanitariya qoidalariga rioya etilmasa, salomatlik uchun jiddiy xavf tugʻdirishi ham mumkin.

Aynan shu jihatlarni hisobga olgan holda, mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan tuman markazi hamda chekka hududlardagi savdo doʻkonlari va koʻchma shoxobchalarda keng qamrovli oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarilgan joyi va saqlash sharoitlari nomaʼlum boʻlgan, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning savdoga chiqarilishiga chek qoʻyishdir. Jarayon davomida boʻlim mutaxassislari mahsulotlardan namunalar olib, ularni laboratoriya sharoitida kimyoviy hamda bakteriologik tekshiruvdan oʻtkazadi va tegishli xulosalar beradi.

Sut va sut mahsulotlari, xususan, muzqaymoq tez va oson buziluvchi mahsulotlar toifasiga kiradi. Uni ishlab chiqarish va sotish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilmaslik ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkinligi sababli nazorat tadbirlari kuchaytirilmoqda.

Muzqaymoq ishlab chiqarishda faqatgina belgilangan sovitish haroratiga amal qilish kifoya emas. Korxonalarda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, uskuna va anjomlarni muntazam tozalab turish, jarayonda tozalikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, ishlatiladigan tabiiy va quruq sutlar hamda turli qoʻshimchalarning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi maxsus sertifikatlari boʻlishi qatʼiy talab qilinadi. Tayyor mahsulot qadogʻida esa ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlanish sharoitlari aniq koʻrsatilishi shart. Ushbu mahsulotlar faqat turgʻun savdo shoxobchalarida, maxsus sovutgichlarda saqlangan holda mijozlarga taqdim etilishi lozim.

Mahsulot xavfsizligi bilan birga savdo xodimlarining sanitariya holati ham muhim ahamiyatga ega. Muzqaymoq va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi hamda sotuvchi xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus buyrugʻi asosida muntazam ravishda davriy tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlishlari, maxsus toza kiyimda ishlashlari va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishlari kerak. Qolaversa, ichimliklar va muzqaymoqlar mijozlarga faqat bir marotaba ishlatiladigan idishlarda quyib berilishi, foydalanib boʻlingach, ushbu idishlar yaroqsiz holatga keltirilib, maxsus konteynerlarda yigʻilishi shart.

Shu oʻrinda, mutaxassislar barcha fuqarolarni yanada ogoh boʻlishga chaqiradi. Yozning issiq kunlarida quyosh nuri tik tushadigan ochiq sharoitda saqlangan, polietilen idishlardagi chanqoqbosdi ichimliklarni xarid qilishdan saqlaning. Shuningdek, koʻcha-koʻylarda uy sharoitida tayyorlangan, sanitariya talablariga javob bermaydigan nomaʼlum idishlarga solingan oʻrik sharbati, ayron, goʻja, mors va kvass kabi ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Bunday mahsulotlar issiqda oʻzining sifati va xavfsizligini tezda yoʻqotadi hamda oʻtkir yuqumli ichak kasalliklariga sabab boʻlishi mumkin. Xarid jarayonida erib qolgan, qadogʻining butunligi buzilgan yoki har xil uskunalarda tayyorlangan shubhali muzqaymoqlarni aslo sotib olmang.

Isteʼmol qilayotgan mahsulotingizning saqlash sharoitiga va yaroqlilik muddatiga doimo eʼtibor qaratish orqali oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini mustahkam himoya qilgan boʻlasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019