16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Sport 👁 142

Amudaryolik yoga murabbiylari Jahon chempionatida munosib ishtirok etdi

Amudaryolik yoga murabbiylari Jahon chempionatida munosib ishtirok etdi

Bugungi kunda sogʻlom turmush tarzi, jismoniy faollik va ruhiy salomatlikni mustahkamlash masalalari jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biriga aylanib bormoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilib kelayotgan amudaryolik professional yoga murabbiylari — ona-bola Gulchiroy Karimova va uning qizi Farangiz Jabbarbergenova nafaqat tumanimiz, balki butun mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib qaytishdi.

Ular tarixda ilk marotaba Hindistonning Ahmadobod shahrida oʻtkazilgan Yogasana boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, yurtimiz vakillari safida munosib natijalarni qoʻlga kiritdilar. Bu esa Amudaryo tumani sport va salomatlik harakati tarixida muhim voqea sifatida eʼtirof etilmoqda.

2026-yil 4-8-iyun kunlari Hindistonning Ahmadobod shahridagi zamonaviy EKA Arena majmuasida ilk bor “World Yogasana Championship 2026” — Yogasana boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Nufuzli musobaqada dunyoning 60 dan ortiq davlatidan 400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etib, yoga sanʼati va sport mahorati borasida oʻzaro bellashdilar. Ushbu chempionat yogasananing xalqaro sport turi sifatidagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida qatnashgan Gulchiroy Karimova va Farangiz Jabbarbergenovaning jahon arenalaridagi ishtiroki yurtimizda, xususan, Amudaryo tumanida yoga sportining rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ularning ushbu muvaffaqiyati yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar uchun katta ragʻbat va oʻrnak boʻlib xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova tumanning Navoiy nomli mahallasida tashkil etilgan yoga klubiga tashrif buyurib, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari, tajribali yoga murabbiylari Gulchiroy Karimova va Farangiz Jabbarbergenovani Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida ona-bola murabbiylarning yurtimiz sporti va xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari yuksak baholandi. Shuningdek, kelgusida yoga sportini yanada rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasida ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish borasidagi vazifalar haqida fikr almashildi.

Amudaryo tumanida yoga bilan shugʻullanishga qiziqayotgan xotin-qizlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu borada professional yoga murabbiyi Gulchiroy Karimovaning xizmatlari alohida eʼtiborga loyiq. U sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ayollar salomatligini mustahkamlash va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻlida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Murabbiy oʻz tashabbusi va saʼy-harakatlari bilan Toʻlqin ovuli, Navoiy nomli mahalla hamda Qipchoq shaharchasida xotin-qizlar uchun yoga klublarini tashkil etib, yuzlab ayollarni sogʻlom hayot sari yetaklamoqda. Ushbu klublarda nafaqat jismoniy mashqlar oʻrgatiladi, balki sogʻlom turmush madaniyati, ruhiy xotirjamlik va hayotiy faollikni oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar ham muntazam olib boriladi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yoga inson organizmiga koʻplab foyda keltiradi. U mushaklar va boʻgʻimlarning moslashuvchanligini oshiradi, qomatni tiklaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, stress va ruhiy zoʻriqishlarni kamaytiradi. Ayniqsa, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, homiladorlik, onalik davridagi jismoniy va ruhiy holatni yaxshilashda yoga mashgʻulotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kunda Amudaryo tumanida ushbu sport turi bilan shugʻullanuvchilar safi tobora kengayib bormoqda.

Shubhasiz, Gulchiroy Karimova va Farangiz Jabbarbergenovaning xalqaro maydondagi ishtiroki Amudaryo tumani uchun katta faxrdir. Ularning mehnati va fidoyiligi tufayli bugun koʻplab xotin-qizlar sogʻlom hayot sari dadil qadam tashlamoqda. Jahon chempionatida qoʻlga kiritilgan yutuqlar esa nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki yurtimizda yoga sportining rivojlanishi, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash va sogʻlom avlodni tarbiyalash yoʻlidagi saʼy-harakatlarning amaliy natijasidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019