16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 181

Global iqlim oʻzgarishi va ekologik xavfsizlik: harakatni oʻzimizdan boshlaylik

Global iqlim oʻzgarishi va ekologik xavfsizlik: harakatni oʻzimizdan boshlaylik

Bugungi kunda xalqaro siyosiy minbarlar va nufuzli sammitlarning asosiy kun tartibini belgilayotgan asosiy mavzu — bu ekologik xavfsizlik va global iqlim oʻzgarishidir. Ekologiya muammosi allaqachon shunchaki tabiatshunoslarning tor doirasidagi tadqiqot obʼekti boʻlishdan chiqqan. Hozirgi davrda u global geosiyosatning va butun insoniyatning yer yuzida yashab qolishini taʼminlaydigan eng muhim omilga aylandi.

Global isish, muzliklarning erishi va tabiiy ofatlarning koʻpayishi dunyo xaritasining har bir nuqtasida oʻz aksini topmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, Oʻzbekiston ham bu keskin oʻzgarishlarning ogʻriqli zarbasini his qilmoqda. Orol dengizining qurishi sababli yuzaga kelgan global fojia, choʻllanish jarayonining tezlashishi, bahor va yoz fasllarida tez-tez takrorlanayotgan kuchli chang-qum boʻronlari hamda suv resurslarining yildan-yilga kamayib borishi — barchamizni ogohlikka chaqiruvchi jiddiy signaldir. Ekologik inqiroz endi uzoqdagi nazariy xavf emas, balki har bir yurtdoshimizning ostonasiga yetib kelgan real tahdiddir.

Ushbu murakkab vaziyatda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash davlatning eng ustuvor vazifasiga aylangan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida millionlab daraxt koʻchatlari ekilmoqda, Orolning qurigan tubida yashil oʻrmonzorlar barpo etilmoqda. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish koʻlami tobora kengaymoqda. Bu kabi tizimli qadamlar kelajak avlod oldidagi yuksak masʼuliyatning amaliy ifodasidir.

Biroq, jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, eng mukammal qonunlar va yirik moliyaviy dasturlar ham jamiyat aʼzolarining dunyoqarashi oʻzgarmas ekan, kutilgan natijani bermaydi. Afsuski, hamon oramizda suvni behuda isrof qilayotgan, chiqindilarni duch kelgan joyga tashlayotgan va daraxtlarni shafqatsizlarcha kesayotgan kimsalar uchrab turibdi.

Shu bois, ekologik madaniyatni bogʻcha, maktab va oiladan boshlab shakllantirish hayotiy zaruratdir. Suv va energiya resurslarini tejash faqatgina iqtisodiy masala emas, balki tabiatning cheklangan neʼmatiga nisbatan yuksak hurmat belgisidir.

Atrof-muhit tozaligiga rioya qilish, chiqindilarni saralash va har bir inson daraxt ekib, uni parvarish qilishi vijdon amriga aylanishi shart. Tabiat siyosiy chegaralarni tan olmaydi, biz nafas olayotgan havo va ichayotgan suvimiz hamma uchun umumiydir. Atrof-muhitni asrash faqatgina masʼul tashkilotlarning emas, balki oʻzini shu vatan farzandi deb bilgan har bir fuqaroning burchidir. Agar biz kelajak avlodlarga toza va xavfsiz dunyoni qoldirishni istasak, bugunning oʻzida tabiatga munosabatimizni tubdan oʻzgartirib, harakatni aynan oʻzimizdan boshlashimiz kerak.

Madina Safarbaroyeva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019