16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Jamiyat 👁 229

Qoraqalpogʻistonda ichimlik suvi taʼminoti nazorati: qoidabuzarliklar va koʻrilgan choralar

Qoraqalpogʻistonda ichimlik suvi taʼminoti nazorati: qoidabuzarliklar va koʻrilgan choralar

Toza ichimlik suvi taʼminoti aholi salomatligi hamda turmush farovonligining eng muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Shu boisdan ham, mazkur sohadagi infratuzilma obʼektlarining barqaror ishlashini taʼminlash va nazorat qilish doimiy eʼtibor markazidadir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, oqova suv tizimlaridan toʻgʻri foydalanish va qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida keng koʻlamli oʻrganish hamda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning yanvar-may oylari davmida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ichimlik suvi sifati boʻyicha jami 608 ta tahlil namunalari olindi. Oʻtkazilgan laboratoriya tekshiruvlari natijasida 5 ta holatda salbiy koʻrsatkichlar aniqlanib, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatiga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qatʼiy koʻrsatmalar kiritildi.

Shuningdek, inspektsiya hamda Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi oʻrtasida imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga asosan, hududlardagi 99 ta mahalla fuqarolar yigʻinida oʻrganishlar olib borildi. Ushbu jarayonda 17 ta mahalla hududida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlarida turli muammo hamda kamchiliklar borligi maʼlum boʻldi. Mazkur holatlar yuzasidan ham jamiyatga tegishli koʻrsatmalar berilib, muammolarning joyida hal etilishi taʼminlandi. Inspektsiya mutaxassislari Chimboy tumanida joylashgan Pashenttaoʻ mahallasi hududida ham oʻrganishlar oʻtkazib, aholiga ichimlik suvini uzluksiz va sifatli yetkazib berish holati bilan yaqindan tanishdilar.

Suv ishlab chiqarish va uni zararsizlantirish obʼektlarining holati ham inspektsiyaning doimiy nazoratidadir. Xususan, joriy yilning dastlabki besh oyi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida yer osti ichimlik suv quduqlaridan foydalanish hamda sanitariya muhofaza hududlarini saqlash qoidalariga amal qilinishi yuzasidan “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati balansida boʻlgan 84 ta yer osti qudugʻi chuqur inventarizatsiyadan oʻtkazildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, 21 ta quduqda sanitariya va texnik talablarga zid boʻlgan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar taqdim qilindi.

Bundan tashqari, ichimlik suvi taʼminoti inshootlaridagi 40 ta zararsizlantirish uskunasining texnik holati koʻzdan kechirilganda, ularning 12 tasida nosozlik va qoidabuzarliklar borligi tasdiqlandi va tegishli choralar koʻrildi. Aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish bilan bir qatorda, tarmoqlardagi avariyalarning oldini olishga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, yil boshidan buyon inspektsiya tomonidan jami 15 ta, yaʼni 14 ta ichimlik suvi va 1 ta oqova suv tarmoqlaridagi avariya holati aniqlanib, ularni normativ talablar asosida oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Tarmoqqa noqonuniy ulanish va resurslardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish holatlariga qarshi kurashish inspektsiya faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Joriy yil boshidan buyon tizimda jami 202 ta noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Ularning 107 tasi bevosita ichimlik suvi tarmoqlariga, 3 tasi oqova suv tarmoqlariga ulanish va 92 tasi suv hisoblagichlaridagi plombalarga shikast yetkazish bilan bogʻliq. Ushbu qonunbuzilishlar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 172 million soʻmni tashkil qildi. Shuningdek, ruxsatnomasiz ichimlik suvidan foydalanish boʻyicha 2 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan 3,3 million soʻm jarima rasmiylashtirildi.

Umumiy hisobda, yil boshidan beri sohadagi turli qoidabuzarliklar uchun 222 ta maʼmuriy ish ochilib, salkam 900 million soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar belgilandi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 9 ta jinoiy ish materiallari yuborildi. Mazkur ishlar boʻyicha aniqlangan zarar summasi salkam 2 milliard soʻmni tashkil etmoqda va hozirgi kunda bu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, suv bu faqatgina tabiiy resurs emas, balki xalqning bebaho boyligidir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari sohada qonun ustuvorligini taʼminlashga, yoʻqotishlarni kamaytirishga va eng asosiysi, isteʼmolchilarning toza ichimlik suvidan muntazam bahramand boʻlishiga xizmat qiladi. Kommunal sohadagi tartib va intizom esa farovon hayot va sogʻlom jamiyatning asosiy kafolati sanaladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019