16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Jamiyat 👁 213

Ayoqchi mahallasi: ehtiyojmand aholi manfaatlari — himoyada

Ayoqchi mahallasi: ehtiyojmand aholi manfaatlari — himoyada

Inson qadrini ulugʻlash, ehtiyojmand qatlamlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning hayot darajasini yaxshilash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Ushbu ezgu maqsadlarning amaldagi ijrosini har bir hudud, har bir xonadon misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Xususan, Amudaryo tumanining Ayoqchi mahallasida olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy himoya ishlari buning yorqin ifodasidir. Mazkur hududda mahalla ijtimoiy xodimi Nigora Palvanova boshchiligida aholining yordamga muhtoj qatlami bilan manzilli va tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, bugungi kunda Ayoqchi mahallasida jami 949 ta xonadon mavjud boʻlib, ularda 1512 ta oila istiqomat qiladi. Mahallaning umumiy aholi soni esa 4617 nafarni tashkil etadi. Ushbu katta jamoa ichida alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlikka muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar 116 nafardan iborat. Ularning 27 nafari 1-guruh, 77 nafari 2-guruh va 12 nafari 3-guruh nogironlari hisoblanadi. Bunday toifadagi insonlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, sogʻligʻini tiklashi va kundalik hayotda qiynalmasdan yashashi uchun davlat va homiylar tomonidan doimiy ravishda zarur yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Davlat taʼminotidagi oilalar roʻyxatida turgan Nodira Tilovmurotova xonadonida yaqinda quvonchli voqea yuz berdi. Uning farzandi Umidjon Oʻrozmatovning salomatligini tiklash, xususan, murakkab jarrohlik amaliyotini oʻtkazish maqsadida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 13 million 857 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻi toʻliq oʻtkazib berildi. Bu esa bir oilaning ertangi kunga boʻlgan ishonchini oshirdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi Aynura Jumaniyozovaning matonati ham koʻpchilikka oʻrnak boʻla oladi. U nogironligi boʻlgan farzandi Bunyodbek Murodboyevga doimiy qarab, uy sharoitida tikuvchilik bilan shugʻullanib kelmoqda. Oilaning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalla tomonidan subsidiya hisobiga zamonaviy tikuv mashinasi olib berildi. Tadbirkorlik tashabbusini yanada kengaytirish uchun esa hozirda unga 30 million soʻm miqdorida foizsiz kredit ajratishga koʻmaklashilib, oʻz ishini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini yengillashtirish yoʻlidagi amaliy saʼy-harakatlar 1-guruh nogironi Roza Rahimova hayotiga ham quvonch olib kirdi. Mahalla ijtimoiy xodimi va saxovatpesha homiylarning yaqindan koʻrsatgan yordami natijasida unga nogironlik aravachasi topshirildi.

Mahallada yashovchi Dilfuza Jumatovaning farzandi Davronbek Davlatbayevning Toshkent shahridagi bolalar shifoxonasida “Vaqf” xayriya jamoat fondi homiyligi asosida davolangani va yurak operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani qanchadan-qancha insonlarning duosi va amaliy harakatlari natijasidir.

Bundan tashqari, Ayoqchi mahallasi ijtimoiy xodimining bevosita tashabbusi bilan hududdagi nogironligi boʻlgan fuqarolarning sogʻligʻini tiklash borasida ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Xususan, ularning 8 nafariga maxsus reabilitatsiya markazlarida sifatli davolanishlari uchun zarur amaliy yordamlar berildi. Keksalik gashtini surayotgan nuroniylar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj insonlar ham doimiy eʼtiborda. Hududdagi 6 nafar yolgʻiz keksa va 1-guruh nogironlariga maxsus qarovchilar biriktirilgan boʻlib, ularga mahalla faollari va homiylar tomonidan muntazam ravishda moddiy va maʼnaviy koʻmak berib kelinmoqda.

Ushbu amaliy ishlar jamiyatda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasligini, davlatning ijtimoiy siyosati har bir muhtoj xonadonga kirib borayotganini tasdiqlaydi. Ijtimoiy himoya instituti va uning fidoyi xodimlari tomonidan koʻrsatilayotgan bunday begʻaraz yordamlar va manzilli ijtimoiy xizmatlar aholi farovonligini taʼminlashga, odamlar qalbida ertangi yorugʻ kunga boʻlgan umid va ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019