16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 209

Aholiga qonunchilikdagi yangi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi

Aholiga qonunchilikdagi yangi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi

Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarni joyiga chiqqan holda hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar oʻtkazilishi anʼanaga aylangan. Xususan 24-iyun kuni Amudaryo tumanining Amir Temur ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida ham ana shunday huquqiy muloqot boʻlib oʻtdi. Tadbirda jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi sudyasi Muhabbat Qaypova, shuningdek, Prezident xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Sanʼat Avezov, "Madad" tashkiloti yuristi Davron Pirmanov hamda mahalla raisi Shohrux Qodirovlar ishtirok etib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim izladilar.

Ochiq muloqot davomida dastlab ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda sud qarorlarining ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev taʼkidlaganidek, tabiiy muhitni asrash va resurslardan oqilona foydalanish umummilliy vazifa boʻlib, suv va havo ifloslanishi, oʻrmonlarni noqonuniy kesish kabi holatlarga qarshi kurashda sud tizimi qatʼiy pozitsiyani namoyon qilmoqda.

Sud raisi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 11-iyun kuni imzolangan qonun bilan giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarga ham toʻxtalib oʻtdi. Mazkur oʻzgarishlardan keyin Jinoyat kodeksiga "Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar" deb nomlangan yangi bob kiritildi. Endilikda narkotiklar bilan bogʻliq jinoyatlar shunchaki jamoat xavfsizligiga emas, balki millat sogʻligʻi va kelajak avlod taqdiriga qilingan tahdid sifatida baholanadi. Yangi kiritilgan yana bir moddaga asosan gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etganlik uchun 5-yildan 20-yilgacha, bu kabi jinoyatlarga homiylik va rahnamolik qilgan mansabdorlar uchun esa 5-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Shuningdek, giyohvand moddalarni tarqatish uchun bangixona saqlaganlar 3-yildan 12-yilgacha, voyaga yetmaganlarni bu illatga jalb qilganlar esa 5-yildan 10-yilgacha qamalishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

Endilikda 1 gramm yoki 50 kilogramm boʻlishidan qatʼi nazar, narkotik moddani har qanday shaklda tarqatish 10-yildan 20-yilgacha boʻlgan qamoq jazosiga sabab boʻladi. Shu bilan birga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, jamoat joylarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilganlik uchun 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilandi. Maʼlumotlarga qaraganda, soʻnggi 4-yil ichida giyohvandlik jinoyatlarini takroran sodir etganlar soni 125 foizga oshgani sababli, Jinoyat kodeksining 73-moddasiga binoan ayrim oʻta ogʻir narkojinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish tartibi bekor qilindi.

Sayyor qabul davomida fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi sudyasi Muhabbat Qaypova tomonidan yer va suv resurslaridan foydalanish bilan bogʻliq nizolar tahlil qilindi. Qishloq xoʻjaligida ekin maydonlarining chegarasi, sugʻorish tarmoqlarini toʻsib qoʻyish yoki suv limitlariga rioya etmaslik eng koʻp uchraydigan nizolar sirasiga kiradi. Qonunchilikka koʻra, bunday holatlar dastlab muqobil tartibda suv xoʻjaligi organlari va mahalliy hokimliklar yordamida, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud orqali hal etiladi. Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga asosan gʻayriqonuniy harakatlar oqibatida zarar yetkazilgan taqdirda, masalan, suv sizib chiqishi oqibatida yerning botqoqlanishi yoki ekinlarning qurib qolishi holatlarida, aniq zarar miqdori aybdordan undirib berilishi tushuntirildi. Kelgusida bunday muammolarning oldini olish uchun raqamlashtirishni joriy etish va suv hisoblagichlarni oʻrnatish eng maqbul yechim ekanligi qayd etildi.

Tadbir yakunida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan barcha huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilib, toʻlaqonli va asosli javoblar oldilar. Prezident xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti yuristi tomonidan ham oʻz vakolatlari doirasida ishtirokchilarga zaruriy huquqiy maslahatlar berildi. Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan ushbu ochiq muloqot aholining qonunlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlash va joylardagi huquqiy muammolarga vaqtida yechim topish borasida oʻzining yuksak samarasini koʻrsatdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019