16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:54
Iqtisodiyot 👁 520

Jayhun mahallasida aholi bandligini taʼminlash maqsadida va tadbirkorlik loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Jayhun mahallasida aholi bandligini taʼminlash maqsadida va tadbirkorlik loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Amudaryo tumanining Jayhun mahallasida bugungi kunda 3946 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi mavjud mehnat resurslarini toʻgʻri yoʻnaltirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida 2026-yil uchun aniq va manzilli rejalar ishlab chiqilgan. Joriy yilda jami 70 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash maqsad qilingan boʻlib, bu orqali hududdagi 52 nafar ishsiz hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishi koʻzda tutilgan. Bu jarayonda 2025-yil 19-martdan buyon mahallada faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamchisi Xursand Hayitboyevning hissasi katta.

Mahalla uchun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 2026-yilga jami 1,384 milliard soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit limiti ajratilgan. Hozirgi kunga qadar ushbu mablagʻlar hisobidan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va chorvachilik yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida 50dan ortiq ishsiz fuqaroga 700 million soʻmdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi.

Mahallada yashovchi Alisher Abdullayev ushbu dastur asosida 33 million soʻm imtiyozli kredit olib, milliy non va patirlar tayyorlash faoliyatini yoʻlga qoʻydi. U ajratilgan mablagʻ evaziga zamonaviy pech va xamir tayyorlash uskunalarini xarid qilib, oʻz oilaviy tadbirkorligini muvaffaqiyatli boshladi.

Dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan ushbu mahallada tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Maʼrifat koʻchasida istiqomat qiluvchi Bekbergan Tulubayev ajratilgan imtiyozli kredit hisobidan oʻz tomorqasining 7 sotix maydonida zamonaviy issiqxona barpo etdi. Tadbirkor ushbu maydonning 5 sotixiga bodring, qolgan 2 sotixiga esa pomidor koʻchatlarini ekkan. Buning natijasida u hozirgi kunda har oyda 4 tonna bodring va 3,5 tonna pomidor yetishtirib, mahalliy bozorlarni sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga hissa qoʻshib kelmoqda.

Bu kabi tizimli saʼy-harakatlar mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirishda oʻzining yaqqol natijasini bermoqda. Hozirda mahalladagi kambagʻallik reyestrida 48 ta oila roʻyxatda turadi va yuqorida taʼkidlangan tadbirkorlik loyihalari, imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalar ajratish orqali joriy yilda 30 ta oilani ushbu roʻyxatdan chiqarish choralari koʻrilmoqda.

Jayhun mahallasida olib borilayotgan bunday keng koʻlamli va manzilli ishlar aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlarini oshirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilib, mahalladoshlarning farovon hayoti uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Maqset Habibullayev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019