16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Salomatlik 👁 123

Bepul kardioskrining: mobil angiograf yordamida murakkab diagnostika amaliyotlari oʻtkazilmoqda

Bepul kardioskrining: mobil angiograf yordamida murakkab diagnostika amaliyotlari oʻtkazilmoqda

Yurak-qon tomir kasalliklari butun dunyoda eng koʻp uchraydigan va inson hayotiga jiddiy xavf tugʻdiradigan xastaliklar sirasiga kiradi. Shu bois, kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olgan maʼqul, degan tamoyil asosida yurtimizda keng koʻlamli profilaktika ishlari olib borilmoqda. Inson qadrini ulugʻlash va uning sogʻligʻini asrash maqsadida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bugun oʻzining amaliy natijalarini bermoqda. Ana shunday xayrli va muhim tadbirlardan biri Amudaryo tumanida tashkil etildi.

Poytaxtdan, xususan, Milliy tibbiyot markazidan kelgan yuqori malakali bir guruh mutaxassislar Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasida boʻlib, zamonaviy va maxsus uskunalar yordamida mahalliy aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar. Ushbu tibbiy koʻrikning asosiy yoʻnalishi xalq orasida kardioskrining deb ataluvchi oʻta muhim jarayon, yaʼni koronarografiya amaliyotini bajarishga qaratildi. Mutaxassislar tomonidan olib kelingan maxsus mobil angiograf apparati yordamida yurakning koronar tomirlarini aniq va tezkor tekshirish imkoniyati yaratildi.

Tibbiyotda ushbu amaliyot infarktgacha boʻlgan holatlarni erta aniqlash va oʻlimga olib keluvchi ogʻir yurak xurujlarining oldini olishda eng samarali usul sifatida baholanadi. Milliy tibbiyot markazi shifokorlarining chekka hududlarga tashrifi esa bunday murakkab tekshiruvlarni markazga bormasdan, bemorlarning bevosita yashash joyida amalga oshirish imkonini bermoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, koronografiya bu yurakni oziqlantiruvchi qon tomirlarining holatini maxsus kontrast modda va rentgen apparati yordamida tekshirishning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Jarayon davomida malakali shifokor bemorning qoʻl arteriyasi orqali ingichka kateter kiritadi va yurak tomirlariga kontrast modda yuboriladi. Natijada rentgen monitori orqali tomirlarning ichki holati, ulardagi tiqilish yoki torayish darajasi juda aniq koʻrinadi. Odatda 15 yoki 30 daqiqa davom etadigan bu tekshiruv koʻkrak qafasida ogʻriq yoki siqilish his qilgan, jismoniy harakat vaqtida hansirashdan aziyat chekadigan, shuningdek, yurak infarkti gumon qilingan bemorlar uchun oʻta zarur amaliyot sanaladi. Ushbu aniq tashxislash usuli shifokorlarga keyingi davolash taktikasini toʻgʻri tanlashga, zarur hollarda esa tomirlarga stent qoʻyish orqali bemor hayotini saqlab qolishga yaqindan yordam beradi.

Eng quvonarlisi shundaki, mazkur chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik va murakkab diagnostika amaliyotlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda. Jarayonda birinchi navbatda barcha nafaqadagi fuqarolar, 1- va 2-guruh nogironligi bor shaxslar, shuningdek, ijtimoiy reyestrda kambagʻal oila sifatida roʻyxatga olingan yurtdoshlarimiz qamrab olindi. Ulardan tashqari, Afgʻon urushi hamda Chernobil halokati qatnashchilari ham ushbu bepul kardioskrining dasturiga kiritilgan boʻlib, zarurat tugʻilganda ularga tibbiy sugʻurta doirasida bepul stent qoʻyish amaliyoti ham bajarilishi koʻzda tutilgan. Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik aholining davlatga va ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

Inson salomatligi bebaho boylikdir. Oʻz vaqtida oʻtkazilgan toʻgʻri va aniq tekshiruvlar koʻplab ogʻir asoratlarning oldini olishga, eng muhimi, inson hayotini asrab qolishga xizmat qiladi. Amudaryo tumanida tashkil etilgan bu galgi tibbiy aktsiya ham yurtdoshlarimizni oʻz sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlishga chaqirib, davlatimiz tomonidan xalq salomatligi yoʻlida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlarning yana bir amaliy ifodasi boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019