16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:59
Jamiyat 👁 250

Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Yurtimiz boʻylab eng ulugʻ va eng aziz ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng koʻlamda nishonlashga puxta hozirlik koʻrilmoqda. Ozod va obod yurtimizning barcha goʻshalarida katta shodiyona oldidan oʻziga xos tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin pallaga kirgan. Bu yilgi bayram tadbirlari “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan elu yurtni birlashtiruvchi, qalblarga faxr va iftixor tuygʻularini baxsh etuvchi ezgu gʻoya ostida nishonlanadi. Ushbu shonli sanani har tomonlama munosib hamda yuqori saviyada kutib olish maqsadida butun respublikamiz hududlarida boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida ham keng koʻlamli obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Hududlarda olib borilayotgan ushbu keng qamrovli obodonlashtirish tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad, eng avvalo, mahalla ahli uchun yanada qulay, toza-ozoda va har tomonlama fayzli muhit yaratishdan iboratdir. Qolaversa, chekka hududlar va mahallalarning sanitariya holatini tubdan yaxshilash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ekologik barqarorlikni taʼminlash ustuvor vazifalar qatorida belgilangan. Shu orqali eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz boʻlmish Mustaqillik ayyomini barcha xonadonlarda, mahalla va koʻchalarda munosib, koʻtarinki hamda oʻziga xos bayramona kayfiyatda kutib olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Obodlik koʻngildan boshlanadi, deganlaridek, bugun yurtdoshlarimizning qalbidagi poklik ularning yon-atrofni goʻzallashtirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarida oʻz aksini topmoqda.

Amudaryo tumanining barcha ovul va mahallalarida ham umumxalq hasharlari qizgʻin davom etmoqda. Jumladan, tumandagi Choykoʻl ovulida ham bayram oldidan tayyorgarlik ishlari avjida. Jarayonlarni bevosita nazorat qilish va xalq bilan hamnafas boʻlish maqsadida Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari Jasur Yaxshimov oʻzi masʼul qilib biriktirilgan ushbu ovulda boʻldi hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, mahalla faollari va aholi vakillari bilan yaqindan muloqot qildi. Bundan tashqari, jarayonlarni yanada jadallashtirish uchun zarur boʻlgan barcha tashkiliy hamda texnik yordamlarni koʻrsatdi. Hududlarga maxsus texnikalar jalb qilinib, ogʻir qoʻl mehnati talab etiladigan ishlarda aholiga yaqindan yordam koʻrsatilmoqda.

Choykoʻl ovuli aholisi oʻzaro hamjihatlikda milliy qadriyatimizga aylangan hashar yoʻli bilan hovlilari, koʻcha va guzarlarni tartibga keltirmoqdalar. Barcha xonadon egalari bayramni koʻtarinki ruhda kutib olish maqsadida ahillik va birdamlikda mehnat qilmoqda. Koʻcha boʻylari va ichki yoʻllar chetidagi manzarali hamda mevali daraxtlarga shakl berilib, oqlanmoqda. Shu bilan birga, suv yoʻllarining ravonligini taʼminlash, ekinlarni sugʻorishda muammolar kelib chiqmasligi uchun ariq va zovurlar turli chiqindilardan, xas-choʻplardan tozalanmoqda. Keksayu yoshning hamjihatlikda qilayotgan bunday mehnati natijasida butun hudud obod va koʻrkam qiyofa kasb etmoqda.

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami oldidan olib borilayotgan bu kabi bunyodkorlik va tozalik tadbirlari nafaqat koʻcha va mahallalarimizning qiyofasini tubdan yaxshilamoqda, balki odamlarning ruhiyatiga yuqori kayfiyat, qalbiga esa yurtga boʻlgan cheksiz muhabbat tuygʻularini baxsh etmoqda. Ovul ahlining yuz-koʻzlaridagi tabassum va ertangi kunga boʻlgan mustahkam ishonch elu yurtimizning "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" degan oliy maqsad yoʻlida jipslashganining amaliy ifodasidir. Zero, oʻz mahallasi va goʻshasini obod qilgan insonning hayoti ham, kelajagi ham albatta farovon boʻladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019