16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:18
Jamiyat 👁 485

Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz boʻylab “Dolzarb 40 kun” umumxalq aktsiyasi davom etmoqda. Joriy yilning 28-iyulidan 6-sentyabriga qadar oʻtkaziladigan mazkur tashabbus doirasida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish, atrof-muhit musaffoligini taʼminlash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan ushbu ezgu tashabbuslar Amudaryo tumanida ham qizgʻin pallaga kirgan. Tumanning barcha hududlarida koʻchalar, mahallalar, jamoat maskanlari, taʼlim muassasalari va tashkilotlar atrofini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Obodonlashtirish tadbirlari nafaqat hududlar qiyofasini yanada chiroyli va fayzli etishga, balki aholi uchun sogʻlom, ozoda va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. Tozalik va tartib-intizomni taʼminlash, daraxt va manzarali butalarni parvarishlash, sugʻorish tarmoqlarini tartibga keltirish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish kabi ishlar izchil tashkil etilayotgani tumanning yanada obod va koʻrkam qiyofa kasb etishini taʼminlamoqda.

Mazkur tadbirlarda Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Boʻlim xodimlari oʻzlariga biriktirilgan hududlarda hashar tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etib, bino atrofi va yondosh hududlarni tartibga keltirmoqdalar. Ariq va zovurlar loyqa hamda chiqindilardan tozalanib, begona oʻtlar oʻrib tashlanmoqda, hududlar obodonlashtirilib, ozoda va koʻrkam maskanga aylantirilmoqda. Bunday amaliy ishlar sanitariya holatini yaxshilash bilan birga, fuqarolar salomatligini mustahkamlash va ekologik muhitni asrashga ham xizmat qilmoqda.

Shuningdek, tuman Sport boʻlimi hamda Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari ham umumxalq obodonlashtirish tadbirlarida faol qatnashmoqda. Ular hududlarni tozalash, yashil maydonlarni parvarishlash, daraxt koʻchatlarini ekish va mavjud koʻkalamzor hududlarni asrab-avaylash ishlariga munosib hissa qoʻshmoqdalar. Turli soha vakillarining hamjihatlikda olib borayotgan saʼy-harakatlari tumanda bunyodkorlik muhitini yanada mustahkamlab, aholining ekologik masʼuliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bunday umumxalq hasharlari insonlarda ona tabiatga mehr-muhabbat, Vatanga daxldorlik va yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshish tuygʻularini yanada kuchaytiradi. Zero, ozoda va obod mahalla, pokiza koʻcha hamda yashil hududlar — sogʻlom turmush tarzi, qulay hayot va farovon kelajakning muhim omilidir.

Mustaqillik bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari Amudaryo tumanining yanada chiroy ochishiga, aholi kayfiyatining koʻtarilishiga va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshilmoqda. “Dolzarb 40 kun” aktsiyasi doirasidagi ezgu tashabbuslar kelgusida ham izchil davom etib, tumanning har bir mahallasi, har bir koʻchasi va har bir maskani yanada obod, fayzli hamda yashash uchun qulay hududga aylanishiga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026