16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:49
Jamiyat 👁 2,177

XONADON FAYZI MEHNAT BILAN

XONADON FAYZI MEHNAT BILAN

Pillachilik – yetti xazinaning biri. Ipak qurti boqilgan xonadonda esa hamisha fayz-baraka boʻladi. Bu moʻʼjizakor jonivorning nainki pilladan olinadigan ipagi, balki pillachilik sanoatida qayta ishlovdan keyingi chiqindisigacha noyob sanaladi.

Men salkam 35-yildan beri har yilgi ipak qurti boqish mavsumida 1,5-2 quti ipak qurtini parvarishlab, har quti qurt urugʻidan 70-75 kilogrammdan hosil olaman. Ipak qurti boqish juda nozik va izchil mehnat talab qiladigan ish. Mavsum  davomida butun oila – oʻgʻil-qizlarim, nevaralarim – barchamiz hamjihatlikda ishlaganimiz uchun unchalik muammo boʻlmaydi. Ayni kunda nafaqat ipak qurti boqish, balki, mavsumning oʻziga xos ishlari – tomorqa, paxta dalalaridagi yumushlar eng qizgʻin pallaga kirgan. Buning ustiga aprel oyining seryogʻin kelishi dehqonchilikda jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Azal-azaldan dehqonlarimiz tabiat injiqliklariga qarshi kurashib, muammolarni fidoyi mehnatlari bilan yengib kelishgan. Ushbu gʻanimat damlarning har bir lahzasidan unumli foydalanib, dehqonchilikdagi kechiktirib boʻlmas muammolarni yuksak aql-zakovat bilan yengib oʻtish esa millatimizga xos fazilat.

Bizning oilada ishga yaroqli har bir inson mehnatga hamdam. Men kelinlar va qizlarim bilan ipak qurti parvarishiga qaraymiz. Sifatli barg yetkazib berish bilan esa oʻgʻillarim shugʻullanishadi. Keltirilgan tut barglarini saranjomlab taxlash ham anchagina mehnat talab qiladigan jarayon. Boz ustiga bu yil tut barglarini shira bosgan. Uni yuvib, yuvilgan barglarni qurtxonalarga kiritishdan oldin qayta-qayta suv purkab, keyin ipak qurtiga berayapmiz. Yana bir-ikki kundan soʻng ipak qurtlariga dasta qoʻyamiz, pilla oʻrash davri boshlanadi.

Ipak qurti boqish, gʻoʻzaning qatqalogʻini yumshatish tashvishlari deb tomorqa xoʻjaligimizni unutib qoʻyganimiz yoʻq. Chunki  oilamizning iqtisodini koʻtaradigan yana bir manba – tomorqa yerlarimiz. Meva-cheva, sabzavot va poliz ekinlarining ilk, ertapishar navlari allaqachon dasturxonimizga tushdi.

Mehnat qilgan elda aziz, - deyishadi. Ochigʻi, mehnat qilgan odam avvalo toʻq va farovon, obod yashaydi. Xudoga shukur, kamtarin mehnatimiz orqasidan elda obroʻ topib, boy-badavlat hayot kechirayapmiz. Yangi imoratlar qurib, eng zamonaviy uy jihozlari sotib olayapmiz. Bundan ortiq toʻkinlik boʻlmasa kerak. Mehnatni inson avvalo oʻzi, oilasi, farzandlari baxti, osoyishtaligi va farovonligini taʼminlash uchun qiladi. Oilalar obod, farovon, farzandlar ilmli boʻlsa, ovul-elimiz, yurtimiz ham obod, xonadonlarimiz fayzli boʻladi.

Donagul BERDIBOYeVA,

pillakor,

 Kuyuk koʻpir ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026