16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:56
Jamiyat 👁 2,575

OʻTEPBERGEN OGʻANING JASORATI

OʻTEPBERGEN OGʻANING JASORATI

Urushning dastlabki yillarida haddan tashqari juda koʻp qurbonlar berildi. Negaki, dushman taraf mazkur yillarda harbiy texnika, harbiy-taktik tayyorgarlik va jangchilar soni jihatidan bizdan ikki-uch baravar ustun turardi. Shu bois ogʻir chekinishlar, ogʻir talofatlar va ogʻir qurbonlar juda koʻp boʻldi. Mana shunday tahlikali yil boʻlgan 1942-yilning iyun oyi oxirida Nazarxon ovulidan bir qancha navqiron yigitlar dushmanga qarshi jangga otlandilar.

 Ular orasida Adil ogʻaning endi oʻn toʻqqiz yoshga kirgan sevimli oʻgʻli Oʻtepbergen ham bor edi. U oʻz tengqurlari orasida aqlliligi, bilimliligi varus tilini yaxshibilishi bilan alohidaajralib turardi. Bu yoshyigitlar eng avvaloNukus shahar harbiy  komissariatida tibbiy vaharbiy koʻrikdan oʻtib, Amudaryoorqali paroxodda Moʻynoqqayetib keldilar. Keyin MoʻynoqdanOrol dengizi orqaliAralsk katta  portiga kelib tushib, bu yerdanpoyezdda uch mingdanziyod boʻlgʻusi jangchiaskarlar Rossiya tomonshoshilinch ravishda yoʻloldilar. Oʻtepbergen Adilov va uning quroldosh doʻstlari 1-Belorus frontida harakat qilayotgan 320-artilleriya polkiga kelib tushdi. Bu polk jangchilari frontning oldingi qatorida turib, tish-tirnogʻigacha qurollangan nemis-fashist bosqinchilari ustiga toʻplardan oʻq yogʻidirar va ular safiga jiddiy talofatlar yetkazib, chekinishga majbur qilardilar. Mana shunday shiddatli janglarning birida – 1943-yil yanvar oyida epchil toʻpchiga aylangan Oʻtepbergen Adilov oʻng oyogʻidan yarador boʻldi va koʻchma dala gospitalida 1943-yil apreligacha davolandi. Endilikda u toʻp otish harbiy kasbini sharoit taqozosi bilan oʻzgartirib, 339-batalonda kabel simli telefon aloqachisi boʻlib xizmat qildi. Bunda ham uning rus tilini yaxshi bilganligi juda qoʻl keldi. Bu davrga kelib jasur jangchilar Belorussiyani, Litva, Latviya va Estoniyani dushmandan ozod qilib, oʻzlarining xaloskorlik missiyasini boshlagan edilar va Polshadan yovuz bosqinchilarni beayov haydab chiqarib, ularni Germaniya tomon betoʻxtov quvib borardilar. Shiddatli janglarda toblangan tajribali jangchi Oʻtepbergen Adilov jasur quroldosh doʻstlari bilan 1945-yilning aprel oyida Germaniya hududiga ham kirib bordi.

Nihoyat uzoq kutilgan Germaniya fashizmi ustidan butunlay va uzil-kesil gʻalaba qozonilgan kun – 9-may yetib keldi. Butun Yevropada, hattoki butun jahonda bu olamshumul tarixiy Gʻalaba kunini yer yuzi xalqlari alohida quvonch, betakror shodiyonalik bilan keng nishonladilar. Mard jangchi Oʻtepbergen Adilovga ham bunday umumjahon bayramini nishonlash nasib etdi.

U 1948-yil boshida oʻzi tugʻilib oʻsgan Nazarxon ovuliga, ota-onasi bagʻriga  sogʻ-salomat yetib keldi. Urushdan keyingi yillarda u savdo shoxobchalarida ishladi va 1957-yilda Nazarxonning suluv qizi Olmagul Bayimbetovaga uylandi. Oilali boʻlgach, Mangʻit shahriga koʻchib keldi. Ularning bagʻri Uzoqboy, Bozorboy, Klara, Venera va Gulshod kabi solih farzandlar bilan toʻldi. Baxtiyor ota  Oʻtepbergen Adilov 1950-60-yillarda tuman savdo shoxobchalarida keyin, 1970-80-yillarda tuman suv xoʻjaligi tarmoqlarida mehnat qildi. Toʻqson uchinchi bahorni shodu xurram qarshilayotgan qahramonimiz Oʻtepbergen ogʻa Adilov oʻz oʻgʻil-qizlari, nevara va evaralari davrasida saodatli hayot nashidasini surmoqda.

 

Qobul ShOMURODOV.

 

Suratda: Oʻ.Adilov.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019