16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,232

KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

3-mart kuni tumanimizda Respublika Hukumati tomonidan belgilab berilgan qishloq xoʻjaligiga oid 11 ta ustuvor yoʻnalishdagi ishlarni tashkil qilish masalalariga bagʻishlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Yangi tashkil qilingan fermerlar Kengashi faoliyatini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarida debitor va kreditorlik hisob-kitoblarni yuritish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, texnikalarni yangi mavsumga tayyorlash va yangilarini sotib olish, irrigatsiya, agrotexnika tadbirlarini sifatli oʻtkazish, meva-sabzavot, uzumchilik va bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik, pillachilik sohalarini rivojlantirish, dehqon bozorlarini tartibga solish, narx-navoning asossiz oʻsib ketishining olldini olish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzoq muddatga saqlovchi sigʻimlar tashkil qilish hamda hududlarda yengil sanoatni rivojlantirish masalalari seminar kun tartibida boʻldi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Respublikaga Vazirlar Mahkamasidan biriktirilgan vakil Shuhrat Teshayev, Vazirlar Kengashi raisi Bahodir Yangiboyev, vazirlik va idoralar xodimlari hamda boshqalar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tumanimiz hokimi Rajabboy Yoʻldoshev boshchiligida dastlab tumanimizdagi «Amudaryo Agrotexservis» masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlishib, qishloq xoʻjaligi texnikalarining yangi mavsumga tayyorgarligini koʻzdan kechirdilar va mazkur parkka yangidan olingan texnikalar boʻyicha maʼlumotga ega boʻldilar. Soʻngra «Tursunboyeva Umida» fermer xoʻjaligida bugʻdoyni oziqlantirish ishlari bilan tanishib, erta bahorda bugʻdoy tarbiyasida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻldilar.

"Choykoʻl” ovulida aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish boʻyicha qilinayotgan ishlar hamda «Yoʻldoshev Oʻrozboy» fermer xoʻjaligida meliorativ tadbirlarlarni amalga oshirish jarayoni bilan tanishdilar.

Seminar ishtirokchilari tumanimizdagi «Amu sohili» fermer xoʻjaligida ham boʻlishib, bu yerda yangi tashkil etilgan chorva kompleksi faoliyati bilan tanishdilar. Ishtirokchilar "Choykoʻl” ovulidagi «Amudaryo biomahsulot» biolaboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mazkur ovul hududida tashkil qilingan yangi bogʻda intensiv usulda ekilgan nihollar parvarishi, bogʻlarda bahorgi agrotexnika tadbirlarining bajarilishi va bogʻdorchilikni rivojlantirishga oid boshqa masalalar boʻyicha fikr almashildi.

Qishloq xoʻjaligida faqat mahsulot yetishtirish emas, yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash va eksportga chiqarish shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Seminar qatnashchilari «Aziya Silk» shoʻʼba korxonasida boʻlishib, bu yerda tumanimizda yetishtirilgan pillani toʻliq qayta ishlash imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Seminar Qilichboy ovulidagi «Amirxon» fermer xoʻjaligida davom etdi. Bu yerda fermer xoʻjaliklarini koʻp tarmoqli xoʻjalikka aylantirish masalalari muhokama qilindi. Soʻngra koʻrgazmali seminar tuman hokimligi binosiga koʻchdi. Unda tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hamda tuman fermerlar Kengashining xonalari koʻzdan kechirilib, bu yerga tashrif buyuruvchilar va ishlovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuqori baholandi.

Seminar hokimlik binosida ishtirokchilarning yakuniy uchrashuvi bilan nihoyasiga yetdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019