16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Jamiyat 👁 3,160

DUNYoDA BOLAM, DEB YaShAYMIZ

DUNYoDA BOLAM, DEB YaShAYMIZ

Dunyoda bizning xalqimizchalik bolajon, fidoyi xalq yoʻq. Azal-azaldan qonqonimizga singib ketgan bu odatimiz davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi darajasiga koʻtarilgan.

Ha, mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar, ularning ham jisman, ham maʼnan barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni hech bir mamlakatda uchratolmaymiz. Hech bir mamlakatda bizdagidek bepul 12 yillik taʼlim berish yoʻlga qoʻyilmagan. Hech bir mamlakatda taʼlim-tarbiya uchun bizning mamlakatimizdagi kabi yalpi yillik daromadining 10 foizi miqdorida (bu eng rivojlangan davlatlarda 4-6 foizni tashkil etadi) mablagʻ ajratilmayapti.

Bularni inobatga olgan holda yoshlarni umumtaʼlim maktabidan soʻng uzluksiz taʼlimning keyingi bosqichiga yaʼni litsey, kollejlarga toʻla jalb etib, kasb-hunarli boʻlishiga erishish, hayotda kasb-kori tufayli zoriqmay, farovon yashashiga zamin yaratish, bugungi bolalarimizga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish – soha xodimlarining ham, ota-onalarning ham zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir.

Ayni kunda tumanimizda 8 ta kasb-hunar kollejlari, 1 ta akademik litsey umumtaʼlim maktablarining 9-sinflarini tugatayotgan  3200 nafardan ziyod oʻsmirlarni toʻla qamrab olish imkoniyatiga ega ekanligi quvonchli holdir. Bu 16 yoshli oʻgʻil-qizlar oʻz ota-onalari nazoratidan uzoqlashmagan holda uzluksiz taʼlimni davom ettirish imkoniyatiga ega, deganidir.

Davlatimizning ana shunday ulkan gʻamxoʻrliklarini his qilmay, oʻz farzandlari taqdiriga befarq qarayotgan, kasb-hunar kollejlariga borishiga toʻsqinlik qilib, ertasini oʻylamay, boshqa shaharlarga ishga joʻnatayotgan ota-onalar ham uchrab turadi oramizda.

Avvalo ota-onalar shuni unutmasligi kerakki, bolasi 12 yillik uzluksiz taʼlimni oʻqishi, kasb-hunar oʻrganishi – bu bolaning ham, ota-onaning ham burchi, masʼuliyati. Endilikda kollejga oʻgʻli, qizini yubormay, uy ishlariga yo boshqa ishlarga jalb qilgan ota-onalar qonun yoʻli bilan javob beradilar. Chunki kasb-hunar oʻrgangan yosh ertaga hayotda qoqilmaydi, qiynalmay oila tebratadi. Hunari orqali obroʻ-eʼtibor qozonib, oʻz yoʻlini topadi. Qoʻlidan hech ish kelmaydigan yigit-qiz toʻgʻrisida ham shunday deya olamizmi? Albatta, yoʻq.

Oʻsmir yoshlar xususida oʻylaganimizda kishini tashvishga soladigan yana bir muammo borki, bu – yoshlarning erta turmush qurishidir. Koʻz oʻngimizda voyaga yetmay, hunar, kasb egasi boʻlmay turib oila qurib, ertaga boshi berk koʻchaga kirib qolayotgan, hatto ajrashib ketayotgan oilalar afsuski, yoʻq emas. Ota-onalar baʼzan orzu-havas deb shoshilsa, yigit-qizlar bir-birlariga koʻr-koʻrona intiladilar, oila masʼuliyatini his qilmaydilar.Oila - jamiyat asosi, u nafaqat shaxsiy masala, balki ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini anglab yetmaydilar. Toʻy qilsak boʻldi, baxtiyor boʻlamiz, deb oʻylaydilar. Ularga oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim boʻgʻini sifatida oʻziga xos bola tarbiyasi, keksalarga hurmat, kichiklarga gʻamxoʻrlik qilish, er-xotinning bir-biriga muomala madaniyati, sharqona anʼanalarni saqlash va ularga rioya qilish kabi muhim ahamiyatga ega boʻlgan maʼnaviy munosabatlar mujassamlashadigan maskan boʻlishini tushuntirishimiz bizning zimmamizdagi eng dolzarb vazifalarimizdandir.

Yoshlarning erta oila qurishida baʼzan ota-onalar ham aybdor boʻladilar. Oilali boʻlsa, aqli kirib qoladi, deb juda xato oʻylashadi. Qizlarni erta turmushga berish oqibatida, hatto nogiron boʻlib qolayotgan hollar ham uchrayotgani gʻoyat achinarlidir.

Bu kabi salbiy holatlarga chek qoʻyish maqsadida Yurtboshimiz tomonidan 2013-yil 30-aprel kuni imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nikoh yoshiga amal qilmaslikka qarshi chora-tadbirlar kuchaytirildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishganlik eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

- Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan qiz erga berilsa, yigit uylantirilsa, eng kam ish haqining 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

- Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish – eng kam ish haqining 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 17-moddasi, toʻrtinchi qismi "Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish haqida”gi 1251-modda bilan toʻldirildi. Unga koʻra, yuqoridagi qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻygan va shu boisdan maʼmuriy jazo qoʻllanilgan shaxslar qonunni takror buzsalar, ularga quyidagi jazo choralari koʻriladi:

- Maʼmuriy jazo olgan va nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh qurgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima yoki 1-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 oygacha qamoq jazosiga tortiladi.

- Maʼmuriy jazo olgan boʻlishiga qaramay, nikoh yoshiga yetmagan farzandini erga bergan yoxud uylantirgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga eng kam oylik ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoxud 4 oylik qamoq jazosi qoʻllaniladi.

- Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan diniy nikodan oʻtgan, shunday qilmishi uchun avval maʼmuriy jazo olgan shaxslarga eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazolari belgilanadi.

Respublikamiz ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotganidan koʻzlangan maqsad - voyaga yetib kelayotgan yosh avlod taqdiriga ota-onalarning va boshqa shaxslarning ham masʼuliyatini oshirishdir. Axir yoshlar kelajagimiz. Ularni nechogʻlik barkamol, aql-zakovatli, yurtimizga, mahallamizga, oilamizga mehrli qilib tarbiyalasak, kelajagimizni shunchalik ishonchli qoʻllarga topshirgan boʻlamiz. Bu ulugʻvor vazifalarning amalga oshirilishida ota-onalarga  ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari maslahatchilari eng yaqin koʻmakdosh boʻladilar, deb ishonamiz. Chunki elimiz toʻylari ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari va maslahatchilari ishtirokisiz oʻtmaydi.

 

M.AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

(Foto- xs.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019