16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:15
Adabiyot 👁 2,445

BAHOR SALOMI

 Bu olamda inson zoti bor ekan, nimanidir kutib, unga intilib yashaydi. Ertagi kunimizdan benihoya umidlar qilamiz. Xuddiki, erta bugungi kunimizdan ham yorugʻroq kelar, degan niyatda. Umrning past-u baland soʻqmoqlarida mana shu baxt ulashuvchi kun uchungina sabr-bardoshli boʻlib, dadil qadam tashlaymiz. Bir kam dunyoning tashvishlari boshimizni gangitib qoʻygan paytlarda ham mana shu kutayotgan lahzalarimizni oʻylasak, bu dunyoning oʻtkinchiligini unutganday boʻlamiz. Xoʻsh, ushbu tariflashga til ojiz boʻlgan kunning sehrli onlarining qanday qudrati borki, inson oʻsha kezlarni oʻylasa, xuddi yangidan tugʻilgan chaqaloqdek his qiladi oʻzini.

 Va qiziqarlisi shuki, bu qaysi kun?! Bir fikrlab koʻraylik-a!!? Bu - BAHOR. Yosh-u qarining orziqib kutgani - BAHOR. Yasharish fasli kirib kelishi bilan daraxtlar xuddi goʻdak onasiga talpingandek, BAHORning quchogʻiga oʻzini uradi. Koʻklam ham ona farzandiga mehr koʻrsatgani kabi mayin koʻllari ila daraxtlarning boshini silab rostmana uygʻotadi. Iliq tafti ila uning koʻzlarini ochib, goʻzal hayotga kulib boqishga undaydi. Butun borliqqa baxmal gilam yoyadi. Qushlar oʻzlarining sogʻinchli qoʻshiqlarini joʻr boʻlib kuylab, kishini maftun qiladi. Butun olam betakror chiroy ochadi, inson qalbini xayajonga soluvchi ifor taratib turadi. Naqadar maftunkorsan BAHOR!

Shu sababdan boʻlsa kerak, BAHOR faslida bayramlar koʻp va xoʻp. Olamni munavvar qilguvchi, taʼrifiga til ojiz boʻlgan munis ayollar bayrami, qadim zamondan milliy urf-odat va anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan NAVROʻZI OLAMning, ayniqsa, oʻrni boʻlak. Doshqozonlarda biqirlab qaynayotgan sumalak elimiz tinchligidan, oilamiz birdamligidan, dasturxonimiz toʻkin, turmushimiz farovonligidan darak beradi.

BAHORning xushboʻy iforidan toʻyib-toʻyib nafas olgan kishining hayotga boʻlgan ishonchi, umidi yanada ortib boradi. Begʻubor bolalikning shoʻx-quvnoqligini, begʻuborligini osmon uzra parvoz qilayotgan varraklar timsolida koʻramiz.

Ey, Ona zamin, ey mustaqil diyorim, mehnatkash xalqim! Ushbu yangilanish, yasharish fasli boʻlmish BAHOR sizga muborak boʻlsin! Qalbimizni shukronalik, bir-birimizga boʻlgan BAHORning taftidek iliq mehr-oqibat hech qachon tark etmasin.

Salomat KARIMOVA,

NDPI talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019