16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:54
Adabiyot 👁 3,930

ILONLAR OʻChI

ILONLAR   OʻChI

Bu voqeani menga akam hikoya qilib bergandi. Hozir ham eslasam, hamon etim junjikib ketadi.

- Kichik paytlarimizda roʻy bergan bir voqea sabab hanuzgacha ilonlardan qoʻrqaman, - degandi u. - Bolalik paytlarim edi oʻshanda. Sinfimizda  Ahmad degan bir oʻrtogʻimiz boʻlardi. U hech kimning  yetti uxlab tushiga ham kirmagan narsalarni oʻylab yurardi. Bir kuni qoʻliga ilonning terisidan qilingan tasma taqib keldi. Tasma chiroyli va gʻaroyib edi. Hammamiz uning atrofini oʻrab oldik. U ogʻzini toʻldirib biz yashaydigan joydan  chamasi bir-bir yarim chaqirimcha yoʻl naridagi qabriston yaqinidan ilonlarning uyasini topganini, u yerda ilonlarning bolachalari koʻpligini, ularni biror ogʻzi bostiriladigan idishga solib olib kelsa boʻlishini aytib, ichimizni qizitdi.

-Men ularning terisidan yasadim bu tasmani, - maqtandi u. - Agar bilsangizlar, hozir bunday ilon terisidan qilingan narsalar urfga kirgan.

Bunisini eshitgach, ikkita joʻram bilan birga soʻnggi   ikki soat darsni nasiya qildik-da yashirincha uyga joʻnadik. Kitoblarimizni deraza oldiga tashlab, velosipedga mingashib,  Ahmad aytgan Qubatogʻ qayerdasan, deb uchalamiz  yoʻlga tushdik. Kun peshindan oqqan edi. Izlab-izlab haqiqatan ham Ahmad aytgan ilonlarning uyasini topdik. Bu togʻda qabriston boʻlib, turkmanlar ham, oʻzbeklar ham mayyitlarni shu qabristonga koʻmishardi. U paytlarda chegaralar ochiq edi. Tezda har birimizning bilagimizga moʻljallab kichkina ilonlarni tutib, bankaga joylab, toʻrva xaltaga soldikda uyga joʻnadik. Uyga kela solib bankani un xaltaning orqasiga yashirdim. Joʻralarimga: "ovqatlanib boʻlgach, ogʻilxona oldiga kelinglar, shu yerda ilon tasma tayyorlaymiz”, - deb tayinladim. Endi choy ichaman, deb piyolani ogʻzimga olib borgandim, oshxona tarafdan onamning qichqirigʻi eshitildi. Hammamiz shu tarafga yugurdik. Onam rangi oppoq boʻlib qoʻli bilan  ilonli bankaga  ishora qilardi. Men  ilonlarni tasma qilib taqish uchun Qubatogʻdan olib kelganimizni aytdim. Onam hoziroq ilonlarni toqqa olib borib, uyasiga qoʻyib kelishimizni, aks xolda ilonlar oʻch olishini aytdi. Biz uch joʻra Ahmadning gapiga kirganimizga ming pushaymon boʻlib toqqa joʻnadik. Biz u yerga yetib borgunimizcha  kech kira boshlagan edi. Saldan soʻng  har yer har yerda doʻppaygan qabrlar, sal naridagi qum barxanlari koʻzimizga ancha vahimali koʻrina boshladi. Ilonlarni bankadan olib uyasiga  qoʻydik. Shu payt mening koʻzimga chamasi ikki metrcha naridagi barxanlar orasidan kimdir lip etib chiqib, narigi barxanlar orqasiga oʻtib ketganday tuyuldi. Saldan keyin  haligi sharpa lip etib biz tarafdagi barxanlar orqasiga oʻtdi. Shunda hammamiz bir-birimizga "yalt” etib qaradik. Sharpaning boshida qora shlyapa,ustida uzun qora plash bor,  yuzi esa koʻrinmasdi. Hammamiz dodlagancha velosipedimizga minib, uyimizga tomon goʻyoki uchib keta boshladik. Orqamizga qarashga qoʻrqardik. Uyimizga yetib kelganimizda allaqachon kech tushgandi. Otam meni  kechqurun shunday joyga yuborgani uchun onamni soʻkib oʻtirgan ekan. Kirib kelishim bilan onam meni quchoqlab oldi. Tilim kalimaga kelmasdi. Onam darhol isiriq tutatdi. Issiq choy ichirib, koʻrpaga oʻrab yotqizdi. Oʻsha kech tushimga ilonlar kirdi. Ular goh ilon, goh shlyapali odamga aylanib, ustimga bostirib kelardi. Men alahsirab, baqiraman. Ertasiga uchchalamiz ham labimizga uchuq toshib darsga bordik...

Koʻp vaqtlargacha bu voqeani hech kimga aytmadik. Agar yana bir dahshatli voqea boʻlmaganda umuman aytmagan boʻlardik. Bir kuni Ahmad darsga kelmadi. Ahmadga nima boʻlganini bilish uchun bizni sinf rahbarimiz uning uyiga yubordi. Biz ikki-uch  sinfdosh doʻstlar darsdan soʻng uning uyi tomon yoʻl oldik. Ahmadlar yashaydigan koʻchada mahalladoshlari guras-guras boʻlib ketishayotganlarini koʻrib hayron boʻldik. Shoshilib ketayotgan odamlarning barchasi Ahmadlarning hovlisi tomon burilishdi. Yaqinlashganimizda esa...

Darvoza oldida Ahmadning otasi, akalari bellarini bogʻlab, yigʻlab turishar, ular orasida Ahmad yoʻq edi. Keyin bilsak, Ahmad bir kun avval uyidan chiqib ketib, qaytmabdi. Uni qavm-qarindoshlari, hatto  militsiya xodimlari ham bir kecha-kunduz izlab topisha olmabdi. Quba-togʻdagi qabristonga dafn etish uchun mayyitni olib borgan hassakashlar bu yerdagi eski qabr yonidan Ahmadning oʻligini topishibdi. Uning boʻyni va oyoqlarida ilon chaqqan izlar bor ekan...

Zebo RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019