16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Jamiyat 👁 4,677

AMUDARYo TELEVIDENIYeSI: tezkor xabarlar, qiziqarli koʻrsatuvlar

AMUDARYo TELEVIDENIYeSI: tezkor xabarlar, qiziqarli koʻrsatuvlar

 

Jamiyatimizdagi bugungi mislsiz taraqqiyotni, hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Hammamiz ham gazeta-jurnal oʻqiymiz, televizor qarshisida soatlab oʻtiramiz. Bular bizning axborotga boʻlgan ehtiyojimizni qondiradi, yangiliklardan boxabar etadi, shuurimiz oydinlashadi. Va shu barobarida ertangi kunimizni, kelajagimizni toʻgʻri tasavvur eta olishga, toʻgʻri rejalashtira olishga muvaffaq boʻlamiz.

Bugungi tezkor zamonamizda ommaviy axborot vositalarining oʻrni va ahamiyati yanada ulkan. Toʻgʻri, mamlakatimizda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan gazeta-jurnallar, telekanallar yurtdoshlarimizga saviyasi yuksak, mazmunli va qiziqarlilarini tanlab oʻqish, tomosha qilish imkonini berayapti.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng kenja ommaviy axborot vositalaridan biri boʻlgan Amudaryo televideniyesi ilk koʻrsatuvlarini efirga uzata boshlaganiga istiqlol bayrami arafasida uch yil toʻladi. Uch yil mobaynida tumanimiz hududini qamrab olgan va tumanimiz hayotiga oid eng soʻnggi yangiliklar, turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yanada rivojlanishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar xususida tayyorlanayotgan xabarlar, tumanimiz xalqining oʻziga xos hayoti, turmush tarzi, erishayotgan yutuqlari va bularning asosi – istiqlolimiz bergan imkoniyatlar haqida hikoya qiluvchi, bolajonlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etuvchi koʻrsatuvlar muxlislar qalbidan joy olib ulgurdi. Haftaning 6 kunida efirga uzatiladigan Amudaryo televedeniyesi koʻrsatuvlarini endilikda tumanimiz xalqi mushtoqlik bilan kutadigan boʻlishdi.

Telekanal ishga tushganidan beri oʻtgan uch yilga yaqin vaqt ichida 440 dan ortiq efirda 1400 soatdan ziyod koʻrsatuvlar namoyish qilindi. Shu jumladan 146 ta "Zamin” informatsion dasturida tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalaridan 600 ga yaqin xabar-lavhalar berildi. Telekanal faoliyati davomida 300 gayaqin turli mavzularda kunning dolzarb mavzulariga oid maxsus koʻrsatuvlar tayyorlandi.

Shuningdek tumanimizning taniqli sanʼatkorlari, sanʼat olamiga endi kirib kelayotgan iqtidorli yoshlarning qoʻshiqlari tomoshabinlarga havola etilmoqda. Bu yurtdoshlarimizga juda maʼqul boʻlayotgani quvonch bilan eʼtirof etishga arziydi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi internet shaklidagi ommaviy axborot vositasi       www.amunews.uz  veb-saytining muassisi - "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati "Amudaryo televideniyesi” bilan mustahkam ijodiy hamkorlik oʻrnatgan boʻlib, tahririyat xodimlari koʻrsatuvlar tayyorlash jarayonida yelkama-yelka turib mehnat qilmoqdalar. Televideniye – tuman jurnalistlari uchun oʻz qobiliyatlarini namoyish etishga bir minbar boʻldi, desak, adashmagan boʻlamiz.

Televideniyeda yoʻlga qoʻyilgan eng soʻnggi koʻrsatuvlardan biri - "Bugunning nafasi” dasturining 15 dan ortiq sonida 30 tadan ziyod tezkor xabarlar efirga berildi. «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasining internetdagi veb-sayti - www.amunews.uz  bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan mazkur koʻrsatuvda veb-saytning 150 dan ortiq xabarlari efirga uzatildi.

Tumanimiz xalqining istiqlol yillarida amalga oshirgan, oshirayotgan keng koʻlamli bunyodkorliklari, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, yurtimizni gullab-yashnagan obod maskanga aylantirish yoʻlidagi izchil odimlarini baholi qudrat yoritib, ularni yanada ezgu ishlarga daʼvat etishda televideniye xodimlari zahmatli jarayonlarni amalga oshirishadi. Ularning mehnatlari mahsuli - rang-barang mavzulardagi koʻrsatuvlar muxlislar qalbidan teran joy olmoqda.

Ayni paytda koʻrsatuvlar faqat tuman hududiga uzatilayotgan boʻlsa, kelgusida kuchli quvvatli teleuzatkichlar oʻrnatish orqali teledasturlarni butun respublikamizga uzatish moʻljallanayapti va davriyligi hozirda haftaning olti kunida kunlik 3 soatdan 18 soatni tashkil qilayotgan boʻlsa, kelgusida efir vaqtini har kuni 6 soatga yetkazish rejalashtirilayapti.

Mamlakatimiz, tumanimizda boʻlayotgan ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tezkorlik bilan yoritib borish, yoshlar qalbiga milliy istiqlol gʻoyalarini singdirish, ularni ona yurtimizni eʼzozlashga oʻrgatish, erkin va ilgʻor fikrli barkamol yoshlarni voyaga yetkazishga hissa qoʻyish, aholining madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy xodimlari oʻz oldlariga ulkan rejalarni qoʻygan.

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining maslakdoshi, tumanimiz hayotini oʻzida baholi qudrat aks ettirayotgan Amudaryo televideniyesining fidoyi ijodiy va texnik xodimlarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, ularning faoliyatiga yangidan-yangi ijodiy yutuqlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

Suratda: Amudaryo televideniyesining operatori Saparboy Nurullayev va suxandon hamda montajchi Shoira Bozorboyeva ish ustida.

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019