16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Iqtisodiyot 👁 2,617

QAROR IJROSI TAʼMINLANMOQDA

QAROR IJROSI TAʼMINLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvar kungi PQ-1914-sonli «Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy toʻlov vositasi boʻlmish milliy valyutaning maqomini yanada mustahkamlash, naqd xorijiy valyutaning muomala doirasini tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni soʻzsiz bajarish, shuningdek valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki va tijorat banklarining 2013-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish mexanizmi joriy  etildi. Yangi tartibga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - jismoniy shaxslarga naqdsiz xorijiy valyutani sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti - jismoniy shaxs vakolatli bankda oʻrnatilgan tartibda xalqaro toʻlov kartasini ochadi.

Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti - jismoniy shaxs xorijiy valyutani sotib olish uchun vakolatli bankka shaxsini tasdiqlovchi hujjat-pasport, guvohnomasi yoki harbiy xizmatchilar uchun harbiy biletini, shuningdek valyuta ayriboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun depozit hisobida milliy valyutadagi zarur pul mablagʻlari mavjud boʻlgan shaxsiy bank plastik kartasini taqdim etadi.

Vakolatli bank shaxsiy bank plastik kartasida milliy valyutadagi pul mablagʻlari yetarli ekanligini tekshiradi, xorijiy valyutani operatsiya amalga oshirilgan kuni belgilangan ayriboshlash kursi boʻyicha xalqaro toʻlov kartasiga oʻtkazadi hamda jismoniy shaxsga xorijiy valyutani sotib olganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi maʼlumotnomani beradi.

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxslardan va norezidentlardan xorijiy valyutani sotib olish vakolatli banklar tomonidan, qoida tariqasida, vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida, mehmonxonalarda, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni belgilash boshqarmalari (boʻlimlari)da, shuningdek bojxona postlarida joylashgan ayriboshlash shoxobchalari orqali cheklanmagan miqdorda amalga oshirilmoqda.

 

Ye.AYTNIYoZOV,

OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti QR boshqarmasi katta inspektori.

B.KOChKAROV,

OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti QR tuman boʻlimi boshligʻi, adliya kichik maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019