16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
👁 4,384

ULUGʻVOR TUYGʻULARGA SODIQLIK

ULUGʻVOR TUYGʻULARGA SODIQLIK

Xalqimizda: "Erni er qiladigan ham, qora yer qiladigan ham ayol”, degan gʻoyat ibratli hikmat bor. Aynan shu hikmatga mos ravishda "Er bilan xotin – oilaning qosh-u koʻzi” degan iborani ham koʻp ishlatamiz. Aslini olganda, ayoli oqila yigitning hamisha obroʻsi, izzat-nafsi baland, oilasida esa xotirjamlik, fayz-u baraka hokim.

- Oilada koʻp narsa ayolga bogʻliq, - deydi "Choykoʻl” qishlogʻining "Uch ogʻoch” mahallasida yashovchi hoji ona Oʻroloy momo Ahmedova. – ayol aql bilan ish yuritgan joyda aslo muammo boʻlmaydi. Qaysi oilada muammolar qalashib yotsa, demak, bu xonadon bekasida intizom va masʼuliyat yoʻq. Oila bekasi masʼuliyatni unutdimi, bilingki, oʻsha xonadondan fayz-baraka ham koʻtariladi.

 Oʻroloy momo bunday pand-u nasihatlarni takrorlashdan koʻra umri davomida aynan shunday sifatlarni oʻz oilasida mujassam etishga intilib yashagan ayollardan. Shundanmi, u el ichra izzat, obroʻ topdi. Oʻgʻil-qizdan, kelin-u nevara va kuyovlardan, quda-andalardan hurmat va eʼtibor koʻrdi. Eng muhimi, kalbi yaxshilikka limmo-lim bu onaxon Allohning ulugʻ mukofotiga sazovor boʻldi – hojilik martabasiga erishdi. Ayol zoti uchun bundan ulugʻ siylov bomikan?! Agar bor boʻlsa...

Ha, agar bundan-da ulugʻ siylov bor boʻlsa, "Choykoʻl” qishlogʻilik hoji ona Oʻroloy momoga yana bir bor nasib etarmidi!

Oʻroloy momo rahmatlik umr yoʻldoshi Yoʻldoshboy ota bilan turmush qurganlarida qishloqda hayot ancha ogʻir, ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish yillari edi. Yosh kelinchak chillasidayoq kolxoz dalasiga ishga chiqdi. Eng ogʻir ishlar qoʻlda bajarilardi: qish boʻyi aravada kolxoz dalasiga goʻng, nombor tashib, toʻkishardi,  ariq-zovurlarning toʻngini koʻchirib, qazib-tozalashardi. Erta bahordan kech kuzgacha yosh kelinchakning qoʻlidan bel, ketmon, oʻroq tushgan emas oʻsha ogʻir yillari. Yil – oʻn ikki oy kolxoz ishidan boʻshamasdi dehqon degani. Kunduzlari paxta terib charchagan Oʻroloy uyiga kelib qozon-tovogʻiga, mol-holiga qarardi, qoʻl tegirmonida un tortib, tongda tandirga oʻt qalardi. Bu ishlarning orasida kir-chirini yuvib, bir xalta koʻsakni qaynona-qaynotasi koʻmagida chuvir, ertalab paxtani brigada xirmoniga olib borib toʻkardi.

- Ana shunday ogʻir mehnatlar ichida oʻgʻil-qizlarim dunyoga keldi, - mamnuniyat bilan soʻzlaydi hoji ona. – Yusufboy oʻgʻlimiz tugʻilganida dunyoga qaytadan kelganday, yasharib ketganday his etdim oʻzimni.

Har safar farzandlari tugʻilganida Yoʻldoshboy ota bilan Oʻroloy momoning qalblari quvonchga, xonadonlari nurga toʻlib boraverdi. Koʻz ochib-yumguncha bu oila gujumday tomir otdi. "Choykoʻl” qishlogʻining "Uch ogʻoch” mahallasini toʻldirib turgan, oilalarning deyarli yarmi Yoʻldosh ota bilan Oʻroloy momoning oʻgʻil-qizlari, nevaralarining oilalari.

Mehnat insonni nainki ulugʻlaydi, balki boy-badavlat, aqlli, mehr-oqibatli, saranjom-sarishta qilarkan-da, deymiz har gal "Uch ogʻoch” mahallasiga yoʻlimiz tushganida. Boisi, umr boʻyi mehnat qilib charchamagan Oʻroloy momoning xonadonida mehnatga munosabat tamoman boshqacha.

Momo yashaydigan hovli bilan chorbogʻlari tutashib ketgan Yusufboy, Quvvatboy, Bozorboy, Hayitboy, Omonboy ismli oʻgʻillari hamisha ahil, bir tan-u bir jon. Onalari duosini olmay, hech bir ishga qoʻl urmaydigan 8 nafar oʻgʻil-qiz, kelin-u nevaralar barcha yumushlarni hamkorlikda bajarishga oʻrganib qolishgan. Kelinlari Hayitbika, Davlatbika, Aziza, Muyassarxon va Muhabbatlar esa onaxonning qizlariday sevimli. Biri issiq patir yopsa, yana biri ustiga tovuq goʻshti bosilgan palov damlashga odatlangan kelinlarning ahilligidan bu katta xonadon xamisha obod. Mehnat esa bayramday ular uchun. Shaxsiy mablagʻlarini oʻrtaga yigʻib, MTZ rusumli traktor sotib olishganlari esa nur ustiga aʼlo nur boʻldi.

- Farzandlarimning   tomorqasi gullab ketdi-ya, - deb suyunadi momo shukronalik bilan.

Tomorqaning gullagani Oʻroloy momo xonadonining iqtisodini koʻtardi. Don-dun, poliz-u sabzavotdan katta xirmon koʻtargan oʻgʻil-qizlarining oilalariga fayz, baraka yogʻildi. Qoʻralari mol-hol-u parrandaga toʻldi. Bu yogʻini soʻrasangiz, Oʻroloy momoning katta xonadonidan gujumday ildiz otib, shoholagan 8 nafar farzandning oilalarida bugun chiroyli turmush hokim. Oʻzaro ahil, inoq va mustahkam sakkizta oilaning shakllanishida, oʻgʻil-qizlarining el ichra hurmat va eʼtibor topishlarida, qizlar Tozagul, Raʼnoxon va Barnoxonlarning tinib-tinchib ketishlarida katta xonadonning pir-u badavlat sohibasi Oʻroloy momo Ahmedovaning xizmati beqiyos.

- Farzandlarim omon boʻlishsin, - har tong duo qiladi onaxon. – hech qachon, xatto qiynalgan paytlarimda ham nolimaganman. Oʻgʻil-qizlarimga ham har doim shuni oʻrgatib keldim. Nolish – noshukurlik, qolaversa, Allohning neʼmatlaridan norozilik – doʻzaxiylik boʻladi. Bahouddin Naqshbandiy hazratlari: "Dil ba yoru dast ba kor – yaʼni, diling Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin”, deya taʼlim berganlar. Topgan bir burda noning mehnating mevasimi, demak, sen Haqning nazaridasan, koʻngling Alloh bilan. Ulugʻ Egam halol mehnat qilgan har bir moʻmin-musulmonni mukofotlaydi. Mening umr boʻyi topganlarim – halol mehnatim evaziga kamolga keltirgan farzandlarim, ularning ahil, inoq oilalari. Shular tufayli men 2011-yilda Muqaddas haj ziyoratida boʻldim. Koʻnglimni toʻldiruvchi ham, hayotimni munavvar etuvchi ham shu farzandlarim, katta oilamning oʻzi Kaʼbatulloq kabi muqaddas, unga til tekkizish gunoh boʻladi.

Baxtiyor oila sohibasi – hoji ona Oʻroloy momo nazarimizda oila haqida eng muxtasar fikr aytdilar. "Oila – Kaʼbatulloh kabi muqaddas, unga til tekkizish gunoh”, - dedilar.

Ha, azizlar chunki bu maskanda Hazrati Inson dunyoga keladi! Buyuk orzu – umidlar tugʻiladi. Millat shakllanadi, kelajak uchun zamin yaraladi bu kichik maskanda. Va...Va ushbu kichik makonning ostonasini hatlab chiqib biz Vatanni kashf etamiz. Yuragimizda Vatan muhabbati bilan bogʻliq ulugʻvor tuygʻular shu ostonadan boshlanadi! Oilaga til tekkizish – Vatanga til tekkizishdir.

Oʻroloy momoni hojilik martabasiga yetishtirgan qudrat ham ana shu ulugʻvor tuygʻularga sodiqlik emasmi!

Zotan,

Oila – Ayolning Kaʼbatullohi,

Misli Tangridur va Paygʻambari.

Shul buyuk haqiqat sobitkan toki,

Ayol eng mukarram, eng sanobari.

Misli bir sarv qaddu sanobar boʻlib,

Kaʼbasin koʻzida asrasa Ayol.

Bu dunyo ketardi shodlikka toʻlib,

Hayotga aylanib har ezgu hayol.

Oila – Ayolning Kaʼbatullohi.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amu news” ning maxsus muxbirlari.

Suratlarda: 1. Oʻroloy momo Ahmedova farzandlari va nevaralari davrasida. 2. Oʻroloy momo nevaralariga oʻtmish haqida hikoyalar aytib berishdan, bugungi dorilomon zamonning qadriga yetish  kerakligi haqida nasihatlar qilishdan aslo charchamaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019